Topshirdi: Asqarova I
Matematikadan sinfdan tashqari ish turlari
Download 93.25 Kb.
|
Asqarova Inobat 19-13 guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bob Matematikadan sinfdan tashqari ish turlari. 3.1 Matematik o’n minutlik
- Qiziqarli matematika soatlari.
Matematikadan sinfdan tashqari ish turlari.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga baho qo’yilmaydi, ammo mulohazalarni asoslab berish, topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning rasional usullaridan foydalanish rag’batlantirilishi kerak.Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning turlari quyidagidan iborat: Qiziqarli matematika soatlari va minutlari. Matematik to’garaklar uyushtirish. Matematika gazetasini chiqarish. Ekskursiya o’tkazish. Matmatik burchak tashkil qilish. Matematika kechalari o’tkazish. Matematika olimpiadasini o’tkazish. Sinfdan tashqari ishlarning qaysi turini o’tkazmaylik, kichik yoshdagi o’quvchilarning ertaklarga va har xil qiziq va quvnoq voqealarga qiziquvchan bo’lishlarini unutmasligimiz lozim. Shunga ko’ra sinfdan tashqari mashg’ulotlarning III bob Matematikadan sinfdan tashqari ish turlari. 3.1 Matematik o’n minutlik Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o’nminutliklardir. O’n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o’quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi. O’qituvchi o’n minutlik uchun shunday masala, misol, mashq va o’yinlar tanlashi kerakki, ular hajm jihatdan kichik bo’lsin, lekin o’quvchilarning aktivligini oshirsin, o’quvchilarning kelajakda umumiy bilish faoliyatini hamda nutuq madaniyatining kamol topishiga yo’naltiruvchi vosita bo’lib qolsin. O’n minutlik faqat sinfda o’tkazilmasdan balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar bilan tevarak -atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin -asta mushohada qilish asosida o’tkaziladi. Qiziqarli matematika soatlari. Mashg’ulotning bu turi nisbatan ko’proq vaqtga mo’ljallangan bo’lib qiziqarli o’yin, sonli topishmoqlar, she’riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalalardan tarkib topadi. O’quvchilar bilan o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarni oldin ularning talabiga ko’ra so’ngra yechiladigan misol va masalalar, o’yin, topishmoqlar sonining ko’payishiga va ularga qiziqishning ortishiga qarab oyida ikki marta sistemali o’tkazib turish mumkin. Chunki dasturni bajarishda bunday qiziqarli masalalarni yechish o’yinlarni tashkil qilish, topishmoqlar topish, tez hisoblash va eng yaxshi hisoblash mashgulotlarini darsda ko’proq o’tkazishga imkoniyat yo’q, shuning uchun vaqti -vaqti bilan qiziqarli matematika soatlarini o’tkazish mumkin. O’quvchilar qiziqarli matematika soatlarida odatdagi darsga qaraganda kamroq charchaydilar va ko’tarinki ruh bilan ishlaydilar. Bunday mashg’ulotni tashkil qilish va jihozlash qiziqarli bo’lishi kerak. Bu masalalarda qiziqarli matematikaga doir ko’rsatma qurollar, sanash jadvallari, stol ustida o’ynaladigan o’yinlar, rebus va krossvordlar va boshqalar o’quvchilarga katta yordam beradi. Mashg’ulotlarni o’tkazishga ketadigan vaqt ularga qo’yilgan maqsadga qarab aniqlanadi. Mashg’ulotlar murakkablashib ketsa uni o’tkazish uchun taxminan bir soat vaqt ajratish mumkin. Materiallar hamma vaqt o’quvchilarning hisoblash malakalarini oshishiga muvofiq qilib tanlanadi. Masalalar esa shu sinf uchun dasturda ko’rsatilgan masalalarning ko’rinishi va tipiga qaraganda boshqachoroq bo’lishi ham mumkin ziyraklik masalalari esa bu chegaradan chetga chiqishi va shuning bilan birga masala yechishni o’rganishga muvoffaqiyatli yordam berishi mumkin. Download 93.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling