O’zingizning HTML xujjatlaringizni yaratishdan oldin ularni ko’ribchiqishga
imkon beradigan brouzerlar deb ataladigan dasturlar bilan tanishib chiqishingiz foydadan xoli bo’lmaydi. Brouzerlar nafaqat HTML xujjatlarni ko’rib chiqish vositasi sifatida, balki pochta programmalari va FTP protokoli orqali fayllarni yuklash vositasi sifatida xam ishlatiladi. Lekin brouzerlarning biz uchun zarur bo’lgan ikki funktsiyasi mavjud, ular Web-saxifalarni ko’rib chiqish xamda ularning HTML elementlarini taxrirlashdir. Xozirgi paytda eng ko’p ishlatiladigan brouzerlar Microsoft Internet Explorer va Netscape Communicator bo’lib, ular dunyo miqyosida tanildilar va ko’pchilik tomonidan ishlatiladilar. Microsoft Internet Explorer brouzeri Windows operatsion sistemasining tarkibiy qismi bo’lib, u bilan ishlash Internetga ulanishdan boshlanadi. Agarda barcha kerakli fayllar kompyuterdagi qattiq diskda mavjud bo’lsa, avtonom ravishda ishlash xam istisno qilinmaydi. Uning uskunalar panelidagi “Adres” deb nomlangan darchada URL ko’rsatiladi va u IP-adres bilan mos tushishi mumkin yoki bu darchada biror birxujjat aniqlanilishi uchun zarur bo’lsa, qo’shimcha ma’lumotlar xam ko’rsatilishi mumkin.
Xulosa
Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bolmoqda. Hamma Internet tarmogidan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop etish malakasi yozuv mashinasidan foydalanish kabi har bir, hatto orta malumotga ega bolgan insonning qolidan keladi. Mazkur malumotlar web-hujjatlarni yaratish, ularni Internetda chop etish, web-hujjatni korkamlashtirish, qiziqarli va oziga tortuvchi qilib yaratish, vaqti kelsa malumotlarmi yangilash kabi vazifalarni orgatishga moljallangan.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati
1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/HTML
2.https://uz.eyewated.com/html-nima/
3https://www.terabayt.uz/uz/post/html-haqida-tushuncha
4 http://ask.ziyonet.uz/uz/question/5079
Do'stlaringiz bilan baham: |