Тopshirdi: Qabul qildi: Urganch-2023


Download 22.25 Kb.
bet2/2
Sana22.03.2023
Hajmi22.25 Kb.
#1286902
1   2
Bog'liq
Mavzu A14 Mехнат бозори статистикаси

Mehnat resurslari - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlayotgan shaxslar. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi - ishlamayotgan birinchi va ikkinchi guruh nogironlaridan hamda va yoshiga ko’ra imtiyozli shartlarda pensiya oluvchi shaxslardan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar (16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar). “Mehnat kodeksi”ga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24 maydagi № 106 sonli “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan bandbo’lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga binoan mehnat resurslarining quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi esa erkaklar uchun 60, ayollar uchun 55 yosh deb qabul qilingan. Metodika shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholi sonini mintaqalar bo’yicha hisoblab chiqish va shu asosda mehnat resurslari balansini ishlab chiqish tartibini belgilaydi. Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan belgilangan me’yorlaridan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlash va mehnat bozorining o’ziga xos xususiyatlarini ham hisobga oladi.
Ushbu metodikada "ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholi" tushunchasi xalqaro standartlarda nazarda tutilgan "ishsizlar" tushunchasiga teng deb qaraladi. Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholini hududlar bo’yicha hisoblab chiqishda va mehnat resurslari balansini tuzishda axborot bazasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining statistika ma’lumotlaridan hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan o’tkaziladigan ish bilan ta’minlash masalalarini o’rganib chiqish natijalaridan foydalaniladi.
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi mehnat bozorining holati va ish bilan bandlik to’g’risida tezkor va xolisona axborot olish hamda tumanlar va shaharlar bo’yicha alohida mintaqalar bo’yicha, shuningdek umuman respublika bo’yicha ishga joylashtirishga muhtoj bo’lgan shaxslar sonini aniqlash maqsadida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qo’mitasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Mehnat resurslari hisob-kitob balansi asosida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (hokimliklar) tomonidan aholini ish bilan ta’minlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan, hududlar bo’yicha ish o’rinlari tashkil etish parametrlarini ishlab chiqish va zarurat bo’lganda, unga tuzatishlar kiritish, shuningdek ishsizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlariga yo’naltiriladigan moliyaviy resurslar hajmini aniqlash amalga oshiriladi. Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi quyidagilardan kelib chiqqan holda yilning har choragida ishlab chiqiladi: ish bilan band bo’lganlar toifalarining soni to’g’risida davlat statistika hisobotining dastlabki ma’lumotlari; norasmiy sektorda ish bilan band bo’lgan shaxslar soni va chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar soni; iqtisodiy faol bo’lmagan aholi soni; ish bilan band bo’lmagan aholi soni; emigrant mehnatchilar soni. Bunda tumanlar, shaharlar, viloyatlar bo’yicha mehnat resurslari balansi hisob-kitobida ish bilan bandlik bo’yicha uy xo’jaliklarini o’rganib chiqishga kiritilgan mehnat emigratsiyasi yuzasidan modul savollariga javoblar bo’yicha olingan chet eldagi migrant mehnatchilar to’g’risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi. Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi hududlar bo’yicha ishlab chiqiladi. Tumanlar (shaharlar) bo’yicha mehnat resurslarining hisob-kitob balansi tegishli Bandlikka ko’maklashish markazlari tomonidan hisobot choragining oxirgi oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay ishlab chiqiladi va Qoraqalpog’iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Tosent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga, shuningdek Davlat statistika qo’mitasining hududiy boshqarmalariga yuboriladi. Hududiy boshqarmalarga taqdim etiladigan hisob-kitob balansiga tumanlar va shaharlar bo’yicha uy xo’jaliklarini o’rganib chiqish natijalarining tartibga solingan ma’lumotlari (jadval shakllarida) ilova qilinadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo’mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda olingan ma’lumotlar asosida har bir tuman (shahar) bo’yicha hisob-kitob balanslarini ishlab chiqadilar. Bunda umuman respublika bo’yicha mehnat resurslari yig’ma balansini ishlab chiqishda takomillashtirilgan bojxona deklaratsiyasi bo’yicha statistika hisoboti ma’lumotlari, mehnat emigratsiyasi masalalari bo’yicha o’rganish materiallari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik muassasalari ma’lumotlari asosida olingan emigrant mehnatchilar to’g’risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.Mehnat resurslarining hisobot balansi har bir yil yakunlari bo’yicha tasdiqlangan statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat statistika qo’mitasi tomonidan ishlab chiqiladi. Mehnat resurslarining hisobot balansi davlat statistika hisoboti ma’lumotlari aniqlashtirilishi hisobga olingan holda hisob-kitob balanslari ma’lumotlariga asoslanadi. Mehnat resurslarining prognoz balansi bo’lajak davr uchun (maqsadlarga bog’liq holda - 1 yilga, 5, 10 yilga va hokazo) Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Mehnat resurslarining prognoz balansini ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinadi: ishga joylashtirishga muhtoj bo’lgan mehnat bilan band bo’lmagan aholining (ishsizlarning) amaldagi va kutilayotgan soni; ishlayotganlar sonining belgilangan parametrlari, ish bilan bandlikning o’sishi va investitsiya dasturlarini, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning mo’ljallangan natijalari munosabati bilan ish bilan bandlikning o’sishi va uning tarkibiy o’zgarishi; mehnat resurslari sonini va iqtisodiy faol bo’lmagan aholi turli toifalarini (o’quvchilar, bola parvarishi bo’yicha ta’tilda bo’lgan ayollar va boshqalar) shakllantiradigan kelgusidagi demografik jarayonlar dinamikasi. Mehnat resurslarining prognoz balansidan mintaqalarning demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish o’rinlari tashkil etishga ehtiyojlarni va kelgusida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlari parametrlarini aniqlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalaniladi. O’zbekiston mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasi jihatdan eng yuqori bo’lgan mintaqalar qatoriga kiradi. Ayniqsa aholining tarkibida mehnat qilish yoshida bo’lgan kishilar soninng nisbatan tezroq o’sishi Respublika mehnat resurslarining jadal o’sishiga olib kelmoqda.
Download 22.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling