Тopshirdi: Qabul qildi: Urganch-2023
Download 22.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu A14 Mехнат бозори статистикаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urganch-2023 Reja
- Mehnat bozori statistikasi
Urganch RANCH texnologiya Universiteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) fakulteti 2103-IQ-S-guruh talabasi Rahmonberdiyev Xursandning Statistika fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Mehnat bozorini statistik o‘rganish Тopshirdi: _________________ Qabul qildi: _____________ Urganch-2023
Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat.Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat. Mehnat bozori statistikasi oldida mehnat resurslari, iqtisodiy faol va nofaol aholi, aholini bandligi, ishsizlik terminlarini izohlash asosida statistik ko’rsatkichlarni aniqlash metodologiyasini takomillashtirish, hisoblash va tahlil qilish, korxona va tashkilotlarda xodimlar sonini, tarkibini, unumdorligini o’rganish vazifalari turadi. Buni ustiga, mehnat bozorini holati bilan aholini tanishtirish va boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash, statistik organlarining ham o’ta muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari Mustaqillikning dastlab yillaridanoq mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun eng ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida aholi bandligini oshirish va yangi ish o’rinlarini yaratish masalasiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, respublikamiz bo’yicha mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, kichik biznesni qo’llab-quvvatlash kabi ko’rilayotgan barcha chora-tadbirlar aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan. Zamonaviy iqtisodiy nazariyalarda mehnat bozori mavjud resurslarning bir qismini sotuvchi yoki bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi va unda amal qiluvchi xom ashyo va materiallar, qimmatli qog’ozlar, valyuta, sug’urta, investitsiya va boshqa bozorlardan biri sifatida qaraladi. Uning mavjudligiga qarashlar turli tuman bo’lib, ularni quyidagilarga bo’lish mumkin: 1) Yangi klassik nazariya tarafdorlari bo’lgan J.Perri, P.Samuelson, R.Xoll, D.Tilder va boshqalarning qarashlari mehnat bozori boshqa bozorlar singari bahoning muvozanati asosida harakat qiladi; 2) Keynscha nazariya tarafdorlari bo’lgan J.Keyns, R.Gordon va boshqalarning fikricha baho (mehnat bozorida ish haqi) bozorni asosiy regulyatori bo’la olmaydi; 3) Monetaristik nazariya tarafdorlari M.Fridman, R.Lukas, J.Mutlarning yondashuvlari bozor muvozanatini saqlash uchun pul-kredit siyosati vositalarini qo’llashni taklif etadi; 4) Institutsionalistlar maktabi vakillari J.Gelbreyt, R.Meydner va boshqalar kontseptsiyasiga asosan ishchi kuchi va tegishli ravishda ish haqining tarkibida kasbiy va tarmoq farqlarini tahlil qilish kerak; 5) Sotsialistlarning (K.Marks, F.Engels va boshqalar) fikriga ko’ra ishchi kuchi mehnat jarayonida qiymat yaratsa, boshqa resurslar mehnat orqali yangi qiymatga o’tadi. Ushbu yondashuvlar bir–birini to’ldiradi va ularning har biri mehnat bozorini alohida tarkibiy qismlarni ifodalaydi. Uning mavjudligini to’liq va aynan baholash qiyin, chunki mehnat bozori maxsus bozor bo’lganligi bilan boshqa bozorlardan farqlanadi va unda regulyator vazifasini nafaqat makro va mikroiqtisodiy omillar, balki ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik omillar ham bajaradi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, fikrimizcha, umumiy ko’rinishda mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat. Mehnatga bo’lgan talab mamlakatda ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni ifodalaydi. Talab ishchilar soni bilan baholanadi. Mehnat taklifi ishchi kuchining umumiy sonidir. Mehnatning bozor narxi ish haqi bo’lib, yollanib ishlovchilarga ma’lum vaqtda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga qarab to’lanadi.Mavjud mehnat bozorlarini tahlil qilish asosida xulosa qilish mumkinki, mehnat bozorining ushbu ko’p segmentli tarkibi ko’p davlatlarda mavjuddir. O’zbekistonning mehnat bozori yuqori darajada segmentlashtirilgan bozorlardan biri bo’lib hisoblanadi. Ta’kidlash zarurki, hatto rivojlangan mamlakatlarda ham mehnat bozori davlat tomonidan boshqarilib boriladi. Ushbu qoida bizning respublikamizda ham to’liq amal qiladi, chunki bozor iqtisodiyotiga o’tish va iqtisodiyotni qayta qurish davrida bo’shaladigan ish o’rinlari soni katta miqdorda bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy-mehnat sohasini davlat tomonidan boshqaruvi rolining oshishi noiqtisodiy omillar ta’sirda ham bo’lishi mumkin. Masalan, mamlakatda sodir bo’ladigan demografik jarayonlar. Ma’lumki, Markaziy Osiyo mamlakatlarida tabiiy ko’payish darajasining an’anaviy yuqoriligi mehnat bozorini samarali amal qilishi uchun davlatni faol aralashuvini talab qiladi. Bulardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, hozirgi zamonda mehnat bozori samarali va eng asosiysi egiluvchan bozor bo’lishi kerak. Shunday qilib, samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo o’zgarib boruvchi tizim, aniqrog’i o’zida quyidagi xarakteristikalarni mujassamlashtiruvchi model tushuniladi: – ishga yollanuvchi va ish beruvchining faoliyati shaxsiy manfaatlarni maksimal qondirilishiga yo’naltirilgan. Sotib oluvchida u foyda summasi bo’lsa, sotuvchida u juda murakkab tarkibga ega; – ishchi kuchini sotuvchi va sotib oluvchi turli variantlar mavjudligi haqida ma’lumotlarga ega va o’zi uchun eng manfaatlisini tanlash qobiliyatiga ega; – mehnat bozorida bir xil tipdagi mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, aniqrog’i ishchilar bir biridan deyarli farq qilmaydi; – ishchi kuchiga qilinadigan xarajatlar faqat vaqtga mos ravishda ish haqlaridan tashkil topadi, mehnat unumdorligi esa doimiy miqdor bo’lib hisoblanadi va ish vaqtining uzunligiga bog’liq emas; – mehnat xizmatlarini sotib olish va sotish faqat raqobat asosida amalga oshiriladi. Buning asosiy sharti sifatida bozorda bir biriga bog’liq bo’lmagan ko’plab sotuvchi va sotib oluvchilarning qatnashishi hisoblanadi. Download 22.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling