Topshirdi: Рахматов Садриддин Санақулович 4-курс bxa 58-2 toshkent–2022 reja


Download 140.79 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi140.79 Kb.
#1018737
  1   2
Bog'liq
Сугурта иши фанидан мустакил иш


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Sugʼurta ishi” fanidan
Mavzu: Jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulklarni sug‘urtalash mexanizmi va uni takomillashtirish masalalari
 
Topshirdi: Рахматов Садриддин Санақулович
4-курс BXA 58-2
TOSHKENT–2022
R E J A :
1.Umumiy sug‘urta tarmog‘ining mol-mulklarni sug‘urtalashga oid klasslari.
2.Yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtasida ishtirok etayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlari.
3.Sug‘urta hodisasi yuz berganda tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish.
1.Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash sug‘urta tashkilotlari tomonidan “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ga muvofiq, umumiy sug‘urta tarmog‘ining 8-klassi - “Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish”da qayd etilgan shartlarda, ya’ni yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur klassifikatorning 9-klassi ham mol-mulklarni sug‘urta qilishga oid bo‘lib, u “Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish” deb ataladi. 9-klassning mazmuni 8-klassda ko‘rsatilmagan do‘l, qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jamidan iborat.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urta qilish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 8 va 9-klasslar bo‘yicha litsenziya olgan barcha sug‘urta tashkilotlari haqlidir.
Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urta qilish sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urta qilish sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Sug‘urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy munosabatlarini belgilab beruvchi xujjatdir. Shartnomada franshiza qo‘llanilishi mumkin. Franshiza-yuridik shaxslar ko‘rgan zararning muayyan qismi bo‘lib, sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta tashkiloti ana shu qism doirasida javobgar bo‘lmaydi va u to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta qoplamasidan chegirib tashlanadi.
Sug‘urtalovchi yuridik shaxslarga tegishli mol-mulklarni yong‘in, zilzila, toshqin, suv bosishi, ko‘chki, bo‘ron, yer cho‘kishi, ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilishi natijasida to‘liq yoki qisman nobud bo‘lganda sug‘urta qoplamasini, sug‘urtalanuvchi bo‘lgan yuridik shaxslar esa sug‘urta mukofotini o‘z vaqtida to‘lash va shartnomaning boshqa shartlarini bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Mana shu qayd etilgan holatlar sug‘urta tashkiloti va yuridik shaxslar o‘rtasida mol-mulkni sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnomaning predmetini tashkil etadi.
Suturtalovchining majburiyatlari sug‘urta mukofoti suturtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. So‘ng sug‘urta polisi sug‘urtalanuvchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida beriladi.

Download 140.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling