Topshirdi: xudaynazarov jahongir qabul qildi: dilnoza kushbakova


Yozuvga oʻrgatishning tashkiliy va gigienik shartlari


Download 276 Kb.
bet14/15
Sana25.01.2023
Hajmi276 Kb.
#1121065
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xudaynazarov Jahongir

Yozuvga oʻrgatishning tashkiliy va gigienik shartlari. Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka boʻlib, xattaxtaga yozishda boʻrdan foydalaniladi.
Gap ustida ishlash oʻquvchilarning nutqini oʻstirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi oʻquvchilarni sintaktik jihatdan toʻgʻri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga oʻrgatish hisoblanadi. Gap (grammatik jihatdan oʻzaro bogʻlangan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega boʻlgan) nutq birligi boʻlib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. SHunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qoʻyilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap − grammatik tomondan toʻgʻri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, bu
Xulosa.
Oʻquvchilarning nutqini bekamu kost, chiroyli va yoqimli, har tomonlama talabga javob beradigan darajada shakllantirish uchun o`qituvchining nutqi namunali bolishi kerak. Oqituvchi oz nutqiga e`tiborli bolsagina, oquvchidan togʻri gapirishni talab qila oladi. Baland ovoz bilan yoki mingʻirlab gapirish sinfda osoyishtalikni buzadi va oquvchilarni ham baland ovoz bilan gapirishga orgatadi. Agar oqituvchi sokin, adabiy til qoidalariga rioya qilgan holda gapirishni odob qilsa, nutqi sodda, bolalar tiliga yaqin, tushunarli, jozibador bolsa, bu sinfda oquvchining diqqatini tortadi va mavzu ularga tushunarli boladi. O`quvchining darsda diqqat e`tibor bilan otirishi, o`qituvchining oquv materialini tushuntirish va anglatish usullariga emas, balki uning nutqini gozal va ta`sirchanligiga kop darajada bogʻliqdir.So`z me`yoriga e`tibor berilmasa suhbatdoshini zeriktiradi,hafsalasini pir qiladi.Kop gap qadrsiz bo`lib, sozlovchining ham qadrini ketkazadi. Nutqi ravon, aniq, sozga usta insonlar bilan suhbatlashish, kutubxona bilan uzviy aloqani mustahkamlanishi bo`lalarimiz nutqini ravon qiladi. Fan va madaniyatning taraqqiy etishi, tajribalarning va turmush madaniyatimizning osishi natijasida atrofimizda juda ko`p yangiliklar, ulkan qurilishlar, murakkab mashinalar, kashfiyotlar vujudga kelmoqda. Bularning barchasi nutqimizga yangi soz va iboralarning qo`shilishidan dalolat beradi. Maktabda ilm organish jarayonida oquvchi nutqini ostirish, lugʻatini boyitish inson umrining boshqa davrlariga nisbatan ancha samarali kechadi, chunki har bir fan bola nutqini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Bolalar nutqini ostirishda nutq jarayonining mazmundorligiga mantiqan togʻri va aniqligiga, sodda va sofligiga e`tibor berish lozim. Tegishli nutq madaniyatini ta`minlash, oquvchilarga ortiqcha sozlar, siyqasi chiqqan iboralardan qutilishda mohirona maslahatlar komagida yordam berish, aytilgan har bir mustaqil fikr, mulohaza sozlarning, o`ylab topilgan yangi misollarning sifatliligi uchun ragʻbatlantirish maqsadga muvofiqdir.
Ma`lumki, ona tili jamiki bilimlarning kaliti, poydеvoridir.Ona tili ta`limiga oquv fani emas, balki butun ta`lim tizimini uyushtiruvchi ta`lim jarayoni sifatida 68 qaraladi. Bu jarayon hozirgi kun talabiga javob bеrmasa, boshqa fanlar ta`limiga ham putur yеtishi mumkin. Hozirgi kun talabi esa oquv jarayonini mukammal isloh qilish, ta`lim samaradorligini muttasil oshirib borishdir. Bunda, sozsiz, ta`limning yangi, zamonaviy tеxnologiyasiga suyanish kutilgan natijani bеrishi shubhasizdir. Ona tili fani maktabda oquvchining kamol topishida, dunyoqarashining osishida, fikrlash darajasining osishida, bilim va mеhnatga havasini uyg`otishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilidan olib boriladigan barcha mashg`ulotlar tizimi shunday qurilishi kеrakki, bu tizim oquvchilarda ona tiliga muhabbat, oz yurtiga, xalqiga mеhr, Vataniga chеksiz hurmat va sadoqatni ostirishi lozim. Boshlang`ich sinflarda ona tili ta`limi, yuqorida ta`kidlanganiday, bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, ozgalar fikrini anglash, oz fikrini og`zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a`zolari bilan erkin muloqotda bola olish konikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.



Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling