Topshirdi: Yusupova Shahnoza Qabul


Download 164.05 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi164.05 Kb.
#1593001
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yusupova Shahnoza (1)

D -l'n+ r; (5.1) 
bu yerda I -p o ‘lat lentaning uzunligi; 
n-lentaning chiziq bo‘yicha yotqizilish soni; 
r -  ortib qolgan (lenta etmay qolgan) masofa.
Masofa 20 m li po‘lat lenta bilan o‘lchansa, (5.1) formula 
mana bunday ko‘rinishga kiradi:
D=20,n+r; (5.2)
Masalan, joydagi A V chiziq uzunligi po‘lat lenta bilan 
quyidagicha o‘lchanadi. Bir kishi lentani uning 0 shtrixini A 
nuqtadagi qoziq markaziga to‘g‘rilab ushlab turadi, ikkinchi kishi 
esa lentani V nuqtaga tomon tortadi va o‘lchanayotgan A V chiziq 
ustida tarang yotqizib, shpilkalardan birini lentaning 0 shtrixiga 
(ilgaksimon kesigiga) to‘g‘rilab, yerga qoqadida, yana oldinga 
qarab yuradi. Lenta uehini A nuqtada ushlab turgan kishi yerga 
qoailgan shpilkaga yetib kelgach, oldinda borayotgan kishini 
to‘xtatadi va lentaning ilgaksimon kesigini shpilkaga kiritadi
oldinda boruvchi kishi lentani A V chizig‘iga to‘g‘rilaydi, tarang 
qilib tortadi va ikkinchi nuqtani shpilka qoqib belgilaydi. Shundan 
ksyin orqadagi kishi birinchi shpilkani sug‘urib oladi va ikkalasi 
oldinga qarab yuradi, to chiziqning oxiriga (V nuqtaga) yetgunga 
qadar ish shu tartibda davom ettiriladi. Lentaning uchi oxirgi 
nuqtaga yetmasa, ya’ni lenta yotqizilganda masofa ortib qolsa, 
oxirgi shpilkadan lentaning V nuqtaga to‘g‘ri kelgan joyigacha 
bo‘lgan masofagina hisoblanadi. Bunda lentaning metrli 
bo'iimlaridan metr belgisi bo‘yicha, detsimetrlardan ulami 
ko‘rsatuvchi teshiklar bo‘yicha, santimetrlardan-shtrixli lentada 
ko‘z bilan chamalab, shkalali lentada esa shkaladan sanoq olinadi. 
Misolimizda lenta chiziq boVlab 8 marta yotqizildi va 8-nuqtadan
V uuqtagacha bo‘lgan oraliq lenta uzunligidan qisqa, ya’ni 16, 
24 m bo‘lib chiqdi. Shunda A V chiziqning uzunligi quyidagiga
'
D=20x8+16/24=176.24 m
tengbo‘ladi.
Po‘lat lenta bilan masofa o‘lchash aniqligi asosan joyning 
xarakteriga bog‘liq, masalan. shosse, trotuar, tekis yo‘l va boshqa 
shu kabi joylar masofa o‘lchash uchun juda qulay hisoblanadi. 
Butazor, ariq, zovux, kanal kesib o‘tgan joylar, jarliklar, tog‘ yon 
bag‘ri va boshqa joylarda masofani o‘lchash ancha qiyin. Shuning 
uchun po‘lat lenta qulay joylardagina ishlatiladi. Oʻlchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog, raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqaml i Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr). Geodezik o‘lchashlarni bajarishda ufqiy va tik burchaklar, chi- ziqlar uzunliklari, nuqtalar nisbiy balandliklari, konturlar yuza- lari va boshqa kattaliklar o‘lchanadi. Biror x kattalikni o‘lchash deb uni o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan bir jinsli kattalik bilan taqqoslashga aytiladi. O‘lchash natijasi o‘lchanayotgan kat- talikda o‘lchov birligini necha marta yotganligini ko‘rsatadigan son bo‘ladi. O‘lchashlarda bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita o‘lchashlar farqlanadi. Bevosita o‘lchashlarda o‘lchanayotgan obyekt o‘lchov birligi bilan taqqoslanadi, masalan, xaritadagi chiziqni, stol o‘lchamini santimetrli chizg‘ichda o‘lchash va h.k. Bilvosita o‘lchashlarda natija bevosita o‘lchangan boshqa miqdorlar yordamida hisoblab topiladi, masalan, uchburchak yuzasini uning asosi va balandligini o‘lchash orqali aniqlash, aylana uzunligini uning ma’lum radiusi bo‘yicha hisoblash va h. k. Bunda aylana uzunligi, doira yoki uchburchak yuzasi bilvosita o‘lchash natijalari yoki o‘lchangan miqdorlar funksiyasi bo‘ladi. O‘lchash natijalari zaruriy va ortiqchalarga bo‘linadi. Bitta kattalik (chiziq uzunligi, uchburchak burchagi va h.k. n marta o‘lchansa, o‘lchash natijalaridan biri zaruriy, qolgan n - 1 tasi esa ortiqcha (qo‘shim- cha) bo‘ladi. Qo‘shimcha o‘lchashlar muhim ahamiyatga ega, ularning o‘xshashligi nazorat vositasi bo‘ladi va o‘lchashlar nati- jalarini baholash imkonini beradi, ular izlanayotgan kattalikning ishonchliroq qiymatini har qanday boshqa natijaga nisbatan aniqroq olish imkonini tug‘diradi Agar o‘lchashlar bir xil sharoitda, bir xil aniqlikdagi asboblar bilan bir xil malakali shaxslar tomonidan bajarilgan bo‘lsa, olin- gan natijaga teng aniqlik, bu shartlardan birortasi bajarilmay topilgan natijalar esa teng aniqsiz deyiladi, ular har xil o‘rta kvadratik xatolikka ega bo‘ladi. Bir kattalikni ko‘p marta o‘lchash qanchalik tirishqoqlik bilan bajarilsa ham, uning natijalari bir-birlaridan va bu kattalikning haqiqiy o‘lchamidan birmuncha farq qiladi. Agar o‘lchash mukam- malroq asboblar, usullarda, tajribali kuzatuvchilar tomonidan qulay tashqi muhitda bajarilsa, ularning izlanayotgan natijalari mutloq miqdori bo‘yicha kichikroq xatoliklarga ega bo‘ladi. Lekin bunday holda ham xatoliklar ta’siridan qutulish mumkin emas. Shu sababli o‘lchashlar zaruriy aniqlikda bajarilishi kerak, ortiqcha aniqlikka erishish katta xarajatlarga, yetarli bo‘lmagan aniqlik esa kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘lchash natijasi l bilan o‘lchangan kattalikning aniq (haqiqiy) qiymati x orasidagi
D = l - x (3.1)


farq xatolik deyiladi. U yoki bu kattalikning o‘lchangan (hisoblangan) qiymatini na- zariy qiymatdan farqi ham (3.1) formula bo‘yicha hisoblanadi, u holda natija bog‘lanmaslik deyiladi. Masalan, xaritada yassi uchburchak burchaklari o‘lchanib, ularning yig‘indisi 179°30¢ bo‘lsa, uning nazariy qiymati (x = 180°) dan farqi bog‘lanmaslik f = 179°30¢ - 180° = -30¢ bo‘ladi. Xatoliklar kelib chiqishiga ko‘ra qo‘pol, muntazam va tasodifiy xatoliklarga bo‘linadi. Qo‘pol xatolik deb xatoliklar qatorida mutloq qiymati bo‘yicha boshqalardan katta farq qiladigan miqdorga aytiladi. Masalan, chiziqni o‘lchashda lentani yotqizish sonini sanashda adashish yoki uning teskarisi tomonidan sanoq olish kabilar. Qo‘pol xatolik o‘lchovchi shaxsning o‘z ishiga befarq qarashidan kelib chiqadi, qayta o‘lchash orqali topiladi va tuzatiladi. Muntazam xatolik deb xatoliklar qatorida bir xil ishora va qiymatlar bilan takrorlanadigan xatoliklarga aytiladi. Muntazam xatolikda o‘lchayotgan shaxs qo‘llanilayotgan asbob va muhit xa- toliklariga bo‘linadi. Masalan, lentaning qabul qilingan (nominal) uzunligini haqiqiy uzunligidan farqi, lenta uzunligining havo temperaturasiga qarab o‘zgarishi, o‘lchovchi shaxsning sanoqni oshirib yoki kamaytirib olishga odatlangani kabi xatoliklar bo‘ladi. Demak, bu xatoliklarni kelib chiqishi manbalari ma’lum qonu- niyatlarga bo‘ysunadi, shu sababli bunday xatoliklarning o‘lchash natijasiga ta’sirini kamaytirish yoki yo‘qotish mumkin.

Download 164.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling