Topshirdi: Yusupova Shahnoza Qabul


Download 164.05 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi164.05 Kb.
#1593001
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yusupova Shahnoza (1)

Tasodifiy xatolik deb xatolar qatorida turli ishora va qiymatda
uchraydigan hamda qiymati ma’lum chekdan oshmaydigan xatolikka aytiladi. Tasodifiy xatoliklar qonuniyatlari ommaviy o‘lchashlarda namoyon bo‘ladi va ularni o‘rganish bilan xatoliklar nazariyasi fani shug‘ullanadi. Uning vazifalariga o‘lchashlar xatoliklari va turlarini o‘rganish, o‘lchash natijalarining aniqligini baholash uchun har xil mezonlar o‘rnatish, bitta miqdorni o‘lchash qatoridan uning eng ishonchliroq yakuniy qiymatini topish va bu natijani baholash, o‘lchangan qiymatlar funksiyalari aniqlik- larini tahlil qilish kabi masalalarni yechish kiradi.
O‘lchashlar xatoliklari nazariyasi hal etadigan yuqorida sanal- gan masalalar geodezik o‘lchashlarni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘tkazish va natijalardan oqilona foydalanish uchun katta ahamiyatga ega. O‘lchashlar xatoliklari nazariyasi o‘lchashlar bajariladigan hamma sharoitlarni to‘g‘ri va sinchkovlik bilan o‘rganish, ularni ishonchli o‘tkazish uslubiyatini belgilash, bu maqsad uchun zaruriy asboblarni tanlash, kutilayotgan o‘lchash va yakuniy natija aniqligini hisoblash, o‘lchashlar bajarilgandan keyin esa natijalarga to‘g‘ri ishlov berish va ularning aniqligini baholash imkonini
beradi.



      1. mutloq qiymatlari bo‘yicha musbat va manfiy xatoliklar ba- ravar uchraydi;

      2. tasodifiy xatoliklarning arifmetik o‘rta miqdori o‘lchash soni cheksiz ortganda nolga intiladi;

      3. mutloq qiymatlari bo‘yicha kichik tasodifiy xatoliklar kat- talariga qaraganda ko‘proq uchraydi.

Tasodifiy xatoliklarning uchinchi xossasiga ko‘ra:



bunda [lim] — bir jinsli miqdorlarning yig‘indisini belgilash uchun Gauss kiritgan belgi. Agar x miqdorning o‘lchash natijalari l1, l2, ..., ln va bu o‘lchashlarning (3.1) formulada hisoblanadigan tasodifiy xatoliklari


D , D , ..., D o‘lchashlar soni n cheksiz ortsa, oddiy arifmetik
o‘rta qiymat n . Burchak o‘lchash uchun geodezik asbob o‘rnatiladigan burchak uchlari va o‘lchanishi kerak bo‘lgan chiziqning bosh va oxirgi nuqtalari joy sharoiti, o‘lchash aniqligi va saqlanish muddatlariga.
qarab doimiy markaz, vaqtinchalik yog‘och yoki metall qoziqlar bilan mahkamlanadi. Yog‘och qoziqlar uzunligi 60 sm gacha bo‘ladi, ular yerdan ikki sm gacha chiqarib qoqiladi va atrofiga uchburchak, kvadrat yoki doira shaklida chuqurchalar o‘yiladi. Chiziqlarni o‘lchashda nuqtalar o‘zaro ko‘rinishini ta’minlash uchun ular uchlariga uzunligi 2 m gacha nishon tayoqcha (veõa)lari o‘rnatiladi, chiziq uzunliklari 200 m dan oshmaganda lentani chiziq uchlaridan o‘tuvchi tik tekislikda — stvorda yotqizish uchun qo‘shimcha nishon tayoqchalar o‘rnatiladi va buni chiziq olish deyiladi. Chiziq olish uchun ishchi A nuqtada o‘rnatilgan nishon tayoqchasi orqali B nuqtadagi nishon tayoq- chasiga qaraladi (38- e rasm). Ishchining ko‘rsatmasiga binoan yordamchi 1- nishon tayoqchasini B nuqta yaqiniga uni bekitadigan qilib o‘rnatadi. Shu tartibda 2, ... va boshqa nishon tayoqchalar o‘rnatiladi. Qo‘shimcha nishon tayoqchalar o‘rnatish B nuqta yaqinidan boshlangani uchun bunday chiziq olish o‘ziga chiziq olish, chiziq olish A nuqta yaqinidan boshlansa, o‘zidan chiziq olish deyiladi. A nuqtadan B nuqta ko‘rinmagan taqdirda AB chiziq yaqinida D1 nuqta tanlanadi. DA chiziqda C1 nuqtaga
nishon tayoqchasi o‘rnatiladi, bu nuqtadan C1B chizig‘ida D2
nuqta topiladi (38- f rasm). Shu tartibda bir necha yaqinlashish
orqali A nuqtadan D1, B nuqtadan esa C nuqtalari ko‘rinadigan nishon tayoqchalari AB chiziq ustida o‘rnatiladi. Jarlik orqali chiziq olish ham yozilgan tartibda amalga oshiriladi.

Download 164.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling