Топшириқ: принтер ва телевизорни ҳисобдан чиқариш бўйича молиявий натижани аниқланг ҳамда бухгалтерия проводкаларини беринг. 2 Masala


Eskirish summasiga buxgalteriya o‘tkazmasini aks ettiring


Download 57.46 Kb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi57.46 Kb.
#1024040
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
масалалар топширик (4)

2. Eskirish summasiga buxgalteriya o‘tkazmasini aks ettiring.


22-Masala.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Korxona tomonidan QQSni hisobga olganda 1 000 ming so‘m qiymatdagi tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquq sotib olindi. Bundan tashqari, tovar belgisini sotib olish bilan bog‘liq boj to‘lovi va maslaxat xizmatlari uchun 150 ming so‘m miqdorida pul to‘landi.
Topshiriq:

  1. Quydagi amallarni aks ettiring:



Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, ming so‘m

21-son BHMS bo‘yicha hisobvaraqlar korrespondensiyasi

debet

kredit

1

Tovar belgisiga bo‘lgan mutloq huquq sotib olindi










2

Boj to‘lovi va maslahat xizmatlari bo‘yicha xarajatlar aks ettirildi










3

Tovar belgisi sotuvchisiga to‘lov aks ettirildi










4

Boj va maslaxat xizmatlari uchun to‘lov aks ettirildi










5

Tovar belgisi boshlang‘ich qiymati belgilanib, foydalanishga topshirildi












23-Masala.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Korxona internet tarmog‘ida o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar to‘g‘risidagi malumotlarga ega bo‘lgan o‘z Web-sahifasini yaratadi. Sahifani ishlab chiqish, uning dizayni va ro‘yhatdan o‘tkazish shartnomasi bo‘yicha provayder xizmatlariga to‘lov 144 ming so‘mni, shu jumladan QQS 24 ming so‘mni, sahifani tutib turish va malumotlarni saqlash uchun har oylik abonent to‘lovi 15 ming so‘mni, shu jumladan QQS 2,5 ming so‘mni tashkil qildi. Yaratilgan sahifadan ikki yil mobaynida foydalanish mo‘ljallangan.


Topshiriq:

  1. Quydagi amallarni aks ettiring:



Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, ming so‘m

21-son BHMS bo‘yicha hisobvaraqlar korrespondensiyasi

debet

kredit

1

Web-sahifani yaratish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘landi










2

Oldindan to‘lovni hisobga olish aks ettirildi










3

Bo‘nak hisobdan chiqarildi










4

Nomoddiy aktivning foydalanishga kiritilishi aks ettirildi










5

Web-sahifa bo‘yicha amortizatsiya hisoblandi










6

Abonent to‘lovi bo‘yicha xarajatlar aks ettirildi










7

QQS summasi aks ettirildi










8

Abonent to‘lovi kiritildi










24-Masala.


Maqsad – materiallar harakati va hisobini o‘rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
“FAYZ” ishlab chiqarish korxonasining 2011 yil1 yanvar holatiga balansi

Aktiv

Summa (ming so‘mda)

Passiv

Summa (ming so‘mda)

1. Asosiy vositalar
2. Materiallar
3. Kassa
4.Hisob-kitob schyoti
5. Ombordagi tayyor mahsulot
Balans

35000
10000 100 4000
900

50 000


1. Ustav kapitali
2. Foyda
3. Bankning qisqa muddatli krediti
4. Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob kitoblar
5. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar
Balans

40000 3000

2000
500


4500

50 000


Yanvar oyidagi xo‘jalik operatsiyalari:

  1. Korxona 3 yanvarda 1000 kg bo‘yoq sotib oldi, 1 kg bo‘yoq narxi 3700 so‘mni tashkil qiladi;

  2. Ushbu 1 kg bo‘yoqning 617 so‘mini QQS tashkil qiladi:

  3. Tashib keltirish xarajatlari 30 000 so‘mni, shu jumladan QQS 6 000 so‘mni tashkil qilgan:

  4. 10 yanvar kuni 100 kg bo‘yoq ishlab chiqarishga berildi:

  5. 15 yanvar kuni yetkazib beruvchiga bo‘yoq summasi o‘tkazib berildi:

  6. 20 yanvar kuni 150 kg bo‘yoq ishlab chiqarishga berildi:

  7. 22 yanvar kuni hisoblangan QQS summasi byudjetga o‘tkazib berildi:

  8. 25 yanvarda ishlab chiqarishdagi ishchilarga ish haqi hisoblandi – 25 000 so‘m.

Topshiriq:

  1. Korxonaning 1 yanvar holati balansi ma’lumotlaridan foydalanib ishchi schyotlar oching:

  2. Yanvar oyida amalga oshirilgan operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettiring:

  3. Korxonaning 1 fevral holatiga buxgalteriya balansini tuzing.



25-Masala.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
“Fayz” ishlab chiqarish korxonasida quyidagi muomalalar amalga oshirilgan:
Hisobot oyining birinchi sanasiga omborda 125 birlik materiallar mavjud bo‘lib, 1 bir birlik materialning qiymati 2500 so‘mni tashkil qiladi;
Oyning 3 sanasida 60 birlik material harid qilindi, bir birlik qiymati 2600 so‘m;
Oyning 11 sanasida 55 birlik materialni bir birligini 2550 so‘mdan harid qildi;
Oyning 16 sanasida 90 birlik materialni 2700 so‘mdan sotib oldi.
Materialni ishlab chiqarishga berish bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:

  • hisobot oyining 4 sanasida 130 birlik material berilgan:

  • oyning 13 sanasida 70 birlik;

  • oyning 20 sanasida esa 50 birlik materiallar ishlab chiqarishga berilgan.

Topshiriq:

  1. Ishlab chiqarishga berilgan materiallarni AVECO, FIFO va LIFO usullari bo‘yicha baholang;

  2. Hisobot oyi ohirida omborda mavjud qoldiqni har uchchala usul bo‘yicha hisoblang.



26-Masala.
yuk mashinasining boshlang‘ich qiymati 10.000.000 so‘m besh yil muddatli foydalanish davri oxiridagi qoldiq qiymati 20% ni tashkil qiladi yoki to‘g‘ri chiziqli hisoblab chiqarish usuliga binoan 1.800.000.0 so‘mni tashkil etadi.

1.Agarda faraz qilsak, foydalanish (ekspluatatsiya)ning birinchi yilda yuk mashinasi 400.000 km yurgan bo‘lsin, ikkinchi yilida 600.000, uchinchi yilida 200.000, to‘rtinchi yilida-200000 va beshinchi yilida 200.000 (ishlab chiqarish usuli)


2. yuk mashinasining taxmin qilinayotgan foydali xizmat muddati 5 yil.
(sonlarning yig‘indisi bo‘yicha qiymatni hisobdan chiqarish (kumulyativ) usuli)
3. kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Amortizatsiyani hisoblang


27-Masala.


Asosiy vositalarning amortizatsiyani (eskirish) hisobi.
Ob'ektning dastlabki qiymati 2.500.000 so'm. Tugatish qiymati - 250 000 so'm. Xizmat muddati 5 yil. Ishlab chiqarilgan birliklarning umumiy soni 400 000 dona. 100 000 birlik uchun 1 va 2 yil, 75 000 birlik uchun 3 va 4 yil, 50 000 birlik uchun 5 yil.
1.kumulyativ usul ,
2.kamayib boruvchi qoldiq usuli
3. ishlab chiqarish usulidan foydalanib, to’quv mashinasi uchun eskirish summasini hisoblang.

28-Masala.


ishlab chiqarish usuli bo'yicha korxona direktorining avtomobiliga amortizatsiyani hisoblab chiqing va ikkiyoqlama yozuvda aks ettiring. Boshlang'ich qiymati 170.500.000 so’m , tugatish qiymati tannarxning 5%, xizmat muddati 6 yil. Umumiy rejalashtirilgan masofa 350 000 km. 1va 2 yil - yiliga 85 km; 3 yil - 60 km, 4 yil - 50 km, 5 yil - 40 km va 6 yil - 30 km.
Download 57.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling