Topshiriq 6 Quyida keltirilgan fiklardagi nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’ygan holda topshiriqni bajaring


O’zbekistonda amalga oshirilgan “madaniy inqilob” tadbirining asl mohiyatini izohlab bering


Download 18.11 Kb.
bet7/7
Sana05.01.2022
Hajmi18.11 Kb.
#212065
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6- o'zb tarix

10. O’zbekistonda amalga oshirilgan “madaniy inqilob” tadbirining asl mohiyatini izohlab bering.
XX asr 20-30 yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat respublika ma'naviy-madaniy hayotida ham o’z aksini topdi. Shorolarning "madaniy inqilob" tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san'at, maorif, oliy ta'lim sohalarini ham o’z izmiga solgan edi. Ta'lim-tarbiyaning ochoqlari bоlgan milliy maktablarga ham bu siyosat o’zining salbiy ta'sirini otkazmasdan qolmadi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq an'anaviy ta'lim tizimini yo’q qilish avj oldirildi.

Davlatning "proletariat diktaturasi"ning mavjud barcha kuchlaridan foydalanib, sovet siyosiy rahbariyati qisqa muddat ichida Turkistonda Rossiya imperiyasi ornatgan ta'lim tizimini tag-tomiri bilan yo’q qilishga erishdi. Bir vaqtning o’zida an'anaviy maktablarga nisbatan ham ma'muriy-repressiv hamda iqtisodiy choralar ko’rildi. Biroq, keng xalq ommasi an'anaviy maktab tarafdori bolib qolaverdi. Turkiston musulmonlariga o’zining mafkuraviy ta'sirini kengaytirish maqsadida, sovet "milliy" maktablari tarmogini tashkil etishga alohida e'tibor qaratildi. Mustabid davlat muqobil o’quv maskanlari faoliyatining barcha imkoniyatlarini cheklab qoydi. 1927 yil iyundagi o’z KR MQ VI plenumi qarorlari boshlab bergan, din asoslarini yemirish boyicha yangidan avj olgan harakat eski maktabga yetkazilgan asosiy zarba bo’ldi. Plenumning "Musulmon ruhoniylari va maktab to'grisida"gi rezolyutsiyasida: "isloh qilingan maktablar zararli ekanligini hisobga olib, bundan buyon vaqf maktablarini isloh qilishga aslo yo'l qoymasin, shu vaqtgacha isloh qilingan maktablarga kelganda esa shu rayonda yangi sovet maktablarini olish, shuningdek isloh qilingan maktablarda diniy fanlarni oqitishni hamda umuman ruhoniy shaxslar oqitishini ta'qiqlash yoli bilan ham ularni yopish uchun butun choralar ko’rilsin", - deb ta'kidlangan edi.
Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling