Topshiriq 6 Quyida keltirilgan fiklardagi nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’ygan holda topshiriqni bajaring


O’zbekistonda sanoatlashtirish siyosatining oqibatlari qanday bo’ldi?


Download 18.11 Kb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi18.11 Kb.
#212065
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6- o'zb tarix

8. O’zbekistonda sanoatlashtirish siyosatining oqibatlari qanday bo’ldi?
XX-asr 20-yillari o‘rtalaridan e’tiboran hukmron kommunistik partiya va sovet davlatining butun diqqat-e’tibori sovetlar mamlakatini industrlashtirishga qaratildi. Buning asosiy sababi shundaki, industrlashtirish SSSRda sotsializm qurish dasturiy rejasining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanardi. Shu sababdan, 1925-yil dekabr oyida VKP(b) XIV-s’ezdida mamlakatni industrlashtirish partiyaning sotsializmni barpo etishga qaratilgan bosh strategik vazifasi, deb belgilanishi bejiz emas edi.
Ozbekistonda sanoatlashtirish ishini amalga oshirish orqali sovetlar ko‘p narsaga umid bog‘lagandilar. Eng asosiysi, ular bu o‘lkada ko‘plab sanoat korxonalari va tarmoqlarini yaratish yo‘li bilan uning bitmas-tuganmas boy tabiiy va mineral resurslarini ishga solish, arzon mahalliy ishchi kuchidan foydalanish va oxir oqibatda Markaz uchun ko‘proq foyda undirib olishni ko‘zlaganlar. Bu mintaqada sanoat-lashtirish jarayonining tashabbuskori va tashkilotchisi bevosita hukmron Markaz va Kommunistik partiya bo‘ldi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, Ittifoq hukumatining sanoatlashtirish rejasida Ozbekistonda zamonaviy yirik industriyal tarmoqlarni emas, balki ko‘proq xom ashyoni, ayniqsa, paxta xom ashyosini qayta ishlaydigan sanoat korxonalarini, tog‘-kon sanoatini rivojlantirisjhga asosiy urg‘u berilgandi. Negaki, bu hudud Markaz uchun ko‘proq xom ashyo mahsulotlari yetkazib berishga ixtisoslashtirilishi kerak edi.
Ozbekistonda 1925-yili atigi 21 sanoat tarmog‘iga taalluqli 149 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Ular ham asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga moslashgan, uncha katta bo‘lmagan korxonalar edi. Industrlashtirish yillarida Ozbekiston energetik resurslarga nihoyatda boy bo‘lishiga qaramay, kuchli gidroenergetik inshoatlar qurilishi sust olib borildi. Agar Ozbekistonda 20-yillar oxirida bunyod etilgan to‘ng‘ich Bo‘zsuv GESi bilan Ukrainada qurilgan DneproGES quvvatini bir-biriga solishtiradigan bo‘lsak bunda katta farqli manzara hosil bo‘ladi. Negaki, DneproGESning 50 ming kv/s quvvati bilan Bo‘zsuv GESining esa 2 ming kv/s quvvatini bir-biriga qiyoslab bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan ravshandir. Bu ham Ozbekistonning Ittifoq davlati nazdida ko‘proq iqtisodiy qoloq o‘lka sifatida gavdalanishi kerakligiga yaqqol ishoradir.
Sanoatlashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash zavodlari barpo etildi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg‘ilon va Shahrisabzda pillakashlik fabrikalari, Farg‘ona (1930) va Toshkent (1936–1939) to‘qimachilik korxonalari, Chirchiq elektrokimyo (1937) kombinatlari, Toshkent mashinasozlik zavodi, bir necha konserva, g‘isht pishirish va urug‘ yetishtirish korxonalari qurildi. Ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmi va salmog‘i ham yil sayin ortib bordi. Chirchiq, Yangiyo‘l kabi sanoat shaharlari vujudga keldi. 1925–1940-yillar davomida respublikada qurilgan GESlar soni 49 taga yetdi. Toshkent – Angren temir yo‘li, Toshkent – Termiz katta o‘zbek trakti avtomobil yo‘li qurildi.

Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling