Topshiriq 6 Quyida keltirilgan fiklardagi nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’ygan holda topshiriqni bajaring
Yer – suv islohati va uning oqibatlariga izoh bering
Download 18.11 Kb.
|
6- o'zb tarix
7. Yer – suv islohati va uning oqibatlariga izoh bering.
Yer-suv islohoti: Turkiston sovetlarining XI syezdida (1920) o'lkada yer-suv islohoti masalasi ко'rib chiqildi, bu sohadagi asosiy vazifalar belgilandi. Bunga ko'ra aholi qo'lidagi katta yerlarni musodara qilish, yevropalik kelgindi aholi bilan yerli xalqlar o'rtasida yer-suv masalasida vujudga kelgan tengsizlik munosabatlariga barham berish, mehnatkash aholini Sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topildi. Shu maqsadda joylarda qishloq va ovullar mahalliy aholisining yersiz, kambag'al qismini birlashtiruvchi "Qo'shchi" uyushmalari tuzila boshlandi. "Qo'shchi" uyushmalari kommunistlarning dehqonlar orasidagi tayanchiga aylanib, yer-suv islohotini o'tkazishda partiyaga katta yordam ko'rsatib bordi. Turkiston ASSR hududida 1921-1922—yillar davomida yer-suv islohotining birinchi bosqichi yirik yer-suv egalariga qarshi keskin kurash shiori ostida o'tkazildi. Masalan, Samarqand viloyatida 350 ta katta yer egalaridan 13 ming desyatina yerlar tortib olindi. Respublika bo'yicha boy va o'ziga to'q aholidan 1,7 mln. desyatina yer tortib olindi, ularning 117 ming desyatinasi yersiz kambag'allarga berildi, qolgan katta qismi asosida "Qo'shchi" uyushmalari tuzildi. Bu Sovet hokimiyatining kamba-g'allarni o'z tomoniga og'dirib olishga qaratilgan harakati edi. O'rta hoi dehqon xo'jalikiari saqlab qolindi. 1925—yil dekabrda bo'lgan O'zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasining Favqulodda sessiyasi "Yer va suvni milliylashitirish davlat tasarrufida olish to'g'risida" dekret qabul qildi. Dekretga binoan quyidagi tarzda yerlar batamom musodara qilinishi kerak edi: > Qayerda turishidan qat'i nazar Farg'ona viloyatida 40 desyati-nadan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 desyatinadan ortiq sug'oriladigan yeri bo'lgan mulk egalarining yerlari, jami jonli va jonsiz rnulki bilan; > Qishloq va ovullarda yashamagan, o'zlari va oila a'zolaridan birortasi ham yerda ishlamaydigan shaxslarga qarashii yerlar, boshqa mol-mulki bilan; > Vaqf yerlari, xo'jayinlari noma'lum yerlar. Yer-suv islohoti natijasida O'zbekistonda jami 4801 "pomeshchik" tipidagi xo'jaliklar tugatildi. 13036 tabadavlat mulkdorlarning ortiqcha yerlari tortib olindi. Respublikaning yer fondiga 474393 desyatina yer qo'shildi. Qishloq aholisini qishloq xo'jalik artellariga birlashtirish kuchayib bordi. 1929— yilda ularning soni 1665 taga yetdi. Jamoa xo'jaligi hisoblangan artellarga 30 ming kishi a'zo bo'lgan edi. Download 18.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling