Topshiriq "Orol fojeasi" mavzusida reportaj (prezintatsiya) tayyorlash
Download 190.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Vazifa (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Ibn Sino
- (A.Navoiy).
- (L.N.Tolstoy).
- Kishi fe’li va qon
Vazifa Topshiriq-1. “Orol fojeasi” mavzusida reportaj (prezintatsiya) tayyorlash. Topshiriq-2.Gaplarni ko‘chiring. Donolarning salomatlik haqidagi fikrlarini yod oling. 1. Jismoniy mashqlar bilan doimo mo‘tadil shug‘ullanib borgan kishi hech qanday davoga muhtoj bo‘lmaydi. (Ibn Sino ). 2. Odamning salomatligi tashqi sharoit bilan chambarchas bog‘langan. (Ibn Sino). 3. Agar havoda chang va tuman bo‘lmasa edi, kishi ming yil yashagan bo‘lardi. (Ibn Sino). 4. Olti narsa kishi yuzini o‘zgartiradi: kutilmagan shodlik, birdan kelgan g‘am, g‘azab, uyqu, mastlik va qarilik. (Kaykovus). 5. Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon, ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon. (A.Navoiy). 7. Badan rohati sog‘liqda, aql rohati bilimda. (Fales). 8. Kasal bo‘lmagan uncha sog‘liqning qadriga yetmaydilar. (Fuller). 9. Har bir istakning tub maqsadi - sog‘liqdir. (At-Tabariy). 10. Isitma - shifo beruvchi jarayondir. (Kullen). 11. Men hayotda ikkita baxtsizlikni bilaman: u ham bo‘lsa vijdonsizlik va bemorlikdir. (L.N.Tolstoy). 12. Bizning xatomiz shundaki, o‘z salomatligimiz haqida faqat uni yo‘qotganimizda, ya’ni mexanizm sinib, uni tuzatish kerak bo‘lgandagina qayg‘uramiz. (K. Bikov). 13. Umringni uzaytirishni istasang, taomni kamaytir. (V. Franklin). Topshiriq-3. Matnni o‘qing. O‘zingizni fe’l-atvoringiz haqida kichik matn yozing. Kishi fe’li va qon Olimlar fikricha, qon guruhi kishining fe’1-atvori va o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Bu fikrni yapon olimi Poshitakening millionlab kishilar hayotini o‘rganish xulosalari tasdiqlaydi. Nomi o‘rganilib, xulosa qilgan qon guruhlari bo‘yicha kishilarning fe’l- atvorlari quyidagicha: Birinchi guruh: siz peshqadamlikka o‘chsiz. Oldingizga qo‘ygan maqsadga erishmaguncha tinchimaysiz. Olg‘a harakat qilishda to‘g‘ri yo‘nalish belgilay olasiz. O‘z kuchingizga ishonasiz, lekin ehtiroslardan ham holi emassiz. Kamchiliklaringiz ham bor. Siz o‘ta rashkchi va shoshqaloqsiz. Bundan tashqari, siz juda izzattalabsiz. Ikkinchi guruh: Siz muvozanat, osoyishtalik va tartib-intizomni yaxshi ko‘rasiz. Odamlar bilan yaxshi ishlay olasiz. Bundan tashqari, siz ta‘sirchan, madaniyatli va ochiqko‘ngilsiz. Sizning kamchiliklaringiz o‘jarligingiz va asablaringizni boshqara bilmasligingizda. Uchinchi guruh: Siz shakllangan shaxsiyatparastsiz, o‘z xohishi bo‘yicha ish qiluvchisiz. Hamma narsaga tez moslasha olasiz, xayolparastlikdan uzoqsiz. Lekin sizning o‘zboshimchalik bilan ish qilishingiz ba’zi vaqtda xalaqit qilishi mumkin. To‘rtinchi guruh: Siz tinch va xotirjamsiz, kishilar sizni sevadilar va siz bilan o‘zlarini erkin his qiladilar. Ularning vaqtini choq qilishni bilasiz. Lekin ayrim vaqtlarda qiziqqonsiz. Ba’zan esa uzoq vaqt ikkilanib, bir qarorga kelishga qiynalasiz. Download 190.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling