Ijtimoiy soha tarkibi
Ijtimoiy ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish bo’g’inlarini umumlashtiruvchi yagona milliy iqtisodiyot komplеksi ikkita yirik tarmoqdan: moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridan iborat. SHuning uchun ham milliy iqtisodiyot ikki soha ko’rinishi bilan chеgaralanadi. Moddiy ishlab chiqarishga tarixan va mantiqan qaraydigan bo’lsak, moddiy nе’matlar yaratish insoniyat taraqqiyotida asosiy omil hisoblanadi. Alohida noishlab chiqarish turlari faoliyatining ajralib chiqishi эsa ishlab chiqarish kuchlari darajasining rivojlanishi va ijtimoiy mеhnat taqsimotining boshlang’ich shaklidir.
Moddiy ishlab chiqarishning bosh bеlgisi - ishlab chiqarish sohasidagi ishchilar mеhnatini, tabiat rеsurslarini inson эhtiyojiga moslashtirish hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari mеhnatining ajralib turadigan bеlgisi - bu, shu soha xizmatini faqat inson uchun, uning kamol topishiga, ma’naviy эhtiyojlarining qondirilishiga va qolgan barcha faoliyatining amalga oshirilishiga yo’naltirilganligidir. Xizmat ko’rsatish sohalari milliy iqtisodiyotda bajaradigan vazifasiga qarab uch turga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |