Xotiradagi hujjatni o`qish
Xotirada saqlangan hujjatni ekranga chiqarish uchun File tavsiyanomasining Open (Открыть-ochish) buyrug`idan foydalanamiz. (файл-fayl) tavsiyanomasining Recent Publications (последные публикации - oxirgi nashrlar) buyrug`i yordamida xotiradagi oxirgi va nashrdan birortasini ochishimiz mumkin. Hujjat bilan ishlashni tugatgandan so`ng uni yopish uchun File tavsiyanomasining Close (закрыть-yopish) buyrug`idan foydalanamiz.
Hujjat bo`ylab surilish
Page Maker dasturida hujjat sahifalari bo`ylab surilishning uch xil usuli bor. Kerakli sahifa raqamini ko`rsatib o`tish uchun Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug'idan foydalanamiz. Ekranda paydo bo`lgan muloqot oynasida kerakli sahifa raqami kiritiladi. Shablon-sahifaga o`tish uchun esa Layout (Maket) tavsiyanomasining Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug`ini tanlash yoki Ctrl-klavishlarini bosish mumkin. Hujjat sahifalarini ketma-ket ko`rish uchun Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug`ini tanlash vaqtida Shift klaviaturasini bosib turish kerak. Page Maker ketma-ket 1-sahifadan boshlab hujjat sahifalarini ko`rsata boshlaydi. Ko`rsatishni to`xtatish uchun sichqoncha knopkasini bosish kifoya.
Hujjat sahifalarini bildiruvchi piktogrammalar.
Keyingi sahifaga o`tishning eng sodda usuli F12 klaviaturasini bosishdir. F12 bosilsa, bitta avvalgi sahifaga qaytamiz. Agar siz ko`proq sichqonchani ishlatishni ma`qul ko`rsangiz, hujjat sahifalari bo`ylab surilishning yana bir usuli bor. Hujjat oynasining chap tomondagi quyi burchagida sahifa ko`rinishidagi piktogrammalar joylashgan. Chap tomondagi piktogrammalar shablon-sahifalarga mos keladi. o`ngroqdagi piktogrammalar esa hujjat sahifalariga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |