Topshiriqlar yaratish masalasi o„z ifodasini topgan


Download 367.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi367.24 Kb.
#1575417
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maktab-ta-limida-alpomish-dostonini-mustaqil-ishlash-uchun-topshiriqlar-berish-orqali-o-rgatish

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Demak, interfaol metodlar ta‟lim mazmunining to„liq o„zlashtirilishida 
o„quvchilarning o„zaro bir- birlari va o„qituvchilari bilan birgalikda faoliyat 
ko„rsatishlarini tashkil etishni ko„zda tutadi. Bu metodlar o„quvchilarning faolligi, 
erkin fikrlashi, mustaqil izlanishi, o„zlashtiriladigan ma‟lumotlarga ijodiy 
yondashishiga tayanadi. . Mamlakatimiz qo„lga kiritgan mustaqilligini 
mustahkamlashda va rivojlantirishda o„quvchi – yoshlarni har 
tomonlama kamol toptirish, ularda milliy hamda umumbashariy 
qadriyatlarni 
shakllantirish 
bugungi 
kunning 
dolzarb 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-920-926 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
923
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
muammosiga aylanib bormoqda. Mehr- muruvvat, adolat, to„g„rilik, vijdon, or-
nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat kabi ko„plab insoniy xislat va fazilatlar majmui 
bo„lgan komil inson g„oyasi asosini xalqimizning azaliy ezgu orzulari tashkil qiladi. 
Ana shu ezgu ozularning ro„yobini xalq og„zaki ijodining gultoji bo„lgan “Alpomish” 
dostonida misolida ko„rishimiz mumkin. “Alpomish” dostonidagi umuminsoniyatga, 
milliy qadriyatlarga to„la badiiyatni o„sib kelayotgan yosh avlodga singdirish lozim. 
Bu kishini barkamol shaxs bo„lib tarbiyalanishida muhim sanaladi. Shunga ko„ra, 
umumiy o„rta ta‟lim “Adabiyot”saboqlari dasturida “Alpomish” dostonini o„rgatishga 
alohida e‟tibor berilgan. 
O„rta maktablarning to„qqizinchi sinflarida dastlab o„rganiladigan birinchi 
badiiy asar “Alpomish” dostonidir. Dostonni o„rgatish uchun dasturda besh soat dars
ajratilgan. 
1.“Alpomish” dostoni 
2.” Alpomish” dostonidan o„qish 
3. Doston matni ustida ishlash 
4. Doston timsollari tahlili 
5. Nazariy ma‟lumot. Xalq dostonlari va ularning turlari 
Qo„shimcha sifatida dars yakunida “ Dostondan olgan taassurotim” mavzusida 
insho va uning tahliliga ikki soat dars ajratilgan. O„qituvchi belgilangan dars 
soatlarida doston va uning shakllari haqida ma‟lumot berishi, darslikdagi parcha bilan 
o„quvchilarni to„la tanishtirishi, mazkur parchani atroflicha tahlil qilishi hamda 
dasturda nazarda tutilganiga ko„ra asardagi badiiy obrazlar haqida o„quvchilarda 
muayyan tushuncha shakllantirishi kerak bo„ladi. Darsning birinchi soatida 
”Alpomish” dostonini sharhlab o„rganish lozim. Chunki doston mazmunini, 
baxshichilik san‟atini yoritib berishda katta yordam beradi.“Alpomish” dostoni bir 
oila taqdiri misolida butun bir millat birlashuvi o„z ifodasini topgan qahramonlik 
namunasi bo„lib, qirqdan ortiq nusxalari olimlar tomonidan yozib olingan. Shulardan 
voqealarining qiziqarliligi, ifodaning ta‟sirchanligi, tasvirning izchilligi o„ziga xos 
badihago„ylik va hofiza qadratiga ega bo„lgan Fozil Yo„ldosh o„g„li aytgan doston 
nusxasi o„zbek baxshichilik san‟atini yanada rivojlantirgan. Baxshi so„zi ustod, 
ma‟rifatchi degan ma‟nolarni anglatib, xalq qo„shiqlari va dostonlarini yoddan 
kuylovchi shoirlarga nisbatan qo„llanadi. Fozil Yo„ldosh o„g„li 1872-yilda hozirgi 
Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga qarashli Loyqa qishlog„ida tug„ilgan. 
Baxshichilik san‟ati sirlarini davrining taniqli baxshisi Yo„ldosh 
shoirdan o„rgangan. “Alpomish” dostoni shoir ijodining gultojiga 
aylangan. Doston ”Burungi o„tgan zamonda o„n olti urug„ 



Download 367.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling