Toʻquvchilik


Download 20.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2024
Hajmi20.51 Kb.
#1838794
Bog'liq
Toʻquvchilik - Vikipediya



Toʻquvchilik
Toʻquvchilik - tabiiy (paxta, jun, ipak, zigʻir,
kanop va h.k.) va sunʼiy tolalardan
gazlama va boshqa toʻqimachilik
mahsulotlari olish jarayonlari majmui;
hunarmandchilikning bir turi, kasb.
Dastlab (neolit va ibtidoiy jamoa davrida)
yigirish va toʻqishga doyr ishlar qoʻlda
bajarilgan. Keyin urchuqlar, dastaki toʻquv
dastgohlari paydo boʻlgan. Chigit ekib,
paxtadan ip gazlama olish Oʻrta Osiyoda
milodning boshidayoq tarqalgan. Lekin


i.ch. texnikasi nihoyatda sekinlik bn
oʻsgani uchun yigirish va toʻqish qoʻlda
bajarilgan. Keyinchalik yogochdan
yasalgan dastaki T. dastgohi (doʻkon)
paydo boʻlgan. T.ni mexanizatsiyalashga
urinish 16—18-asrlarga toʻgʻri keladi.
Ingliz ixtirochisi J. Keyning 1733-yilda
ixtiro qilgan "oʻziuchar" moki T.da katta
ahamiyatga ega boʻddi. 18-asr oxirida
Buyuk Britaniyada E. Kartrayt mexanik
toʻquv stanogini ixtiro kildi. 19-asr oxiri
20-asr boshlarida mokisi avtomatik
tarzda almashtiriladigan T. stanoklari
paydo boʻldi.


Dastlab, ip yigirish, gazlama toʻqish,
pardozlash ishlari yakka tartibda
bajarilgan, keyinchalik (18-asr
2yarmidan) kichikkichik, keyin yirikroq
korxonalar paydo boʻlgan.
T. toʻquv stanoklarida korxonalarda
bajariladi. Toʻqimagazlama ishlab
chiqaradigan korxona toʻquv fabrikasi
deyiladi. Toʻquv fabrikasining yonida ip
yigiruv fabrikasi va toʻqimaga gul


bosadigan fabrika ham boʻlsa, korxona T.
kombinata deyiladi. T.ning asosiy xom
ashyosi paxta (va boshqa tabiiy tolalar)
hisoblanib, kimyoviy tolalardan ham keng
foydalaniladi. Gazlama toʻqishning
texnologik jarayoniga kura, T. tayyorgarlik,
toʻqish va yakunlovchi operatsiyalarni oʻz
ichiga oladi. Tayyorgarlikda tolalarni
aralashtirib, yigirib har xil ip olinadi. Ip
tayyorlash tartibi quyidagi ketma-
ketlikdan iborat: tanda ipini qayta oʻrash,
tandalash, ohorlash, tanda ipini oʻtkazish;
arqoq ipini qayta oʻrash, namlash yoki
emulsiyalash, tanda ipini qayta oʻrash
naychalaridagi ipni bobinaga yoki
flanetsli gʻaltaklarga oʻrashdan iborat.
Tandalashda bobinadagi tanda iplari


tanda vallariga parallellab oʻraladi. Bu
operatsiya tanda mashinalarida
bajariladi. Tanda ipining pishiqligini
oshirish uchun ular ohorlanadi (qarang
Ohorlash
). Tanda ipini remizalar koʻzi va
berdo plastinkalari orasidan oʻtkazish
("proborka") maxsus stanoklarda
bajariladi.
Arqoq ipi yigiruv fabrikalarida toʻquv
stanogining mokisiga tushadigan
naychalarda ishlab chiqariladi, shuning
uchun u maxsus tayyorlash
operatsiyasidan oʻtkazilmaydi. Arqoq


ipining elastik va silliq boʻlishi hamda
halqa (tugun) hosil qilmasligi uchun uni
namlash yoki emulsiyalash lozim. Shu
tariqa tayyorlangan tanda va arqoq
iplaridan toʻquv stanogida turlicha oʻrilish
usullarida gazlama toʻqiladi. Toʻqish
jarayonida tanda iplariga arqoq iplariga
nisbatan toʻquv stanogi ish organlari
kuchliroq taʼsir qiladi. Shuning uchun
tanda iplari sifatliroq xom ashyodan
tayyorlanadi, aks holda toʻqish jarayonida
tanda ipi uzilaverib, ish surʼati va gazlama
sifatiga taʼsir qiladi. Yakunlovchi
operatsiyalar tayyor gazlamani oʻlchash
(maxsus mashinalarda), tuklarini qirqish
va tozalash, sifatini tekshirish va taxlash
mashinalarida taxlash ishlarini oʻz ichiga


oladi. Yakunlovchi operatsiyalarning
barchasi potok liniyalarda bajariladi.
Keyin gazlama pardozlash, gul bosish
(zarur boʻlsa) jarayonlaridan oʻtkaziladi.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.


Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
To%CA%BBquvchilik&action=edit)
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.


Bu sahifa oxirgi marta 30-Aprel 2023, 11:23 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=To
ʻquvchilik&oldid=3681411

dan olindi

Download 20.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling