Xalq hunarmandchiligi texnologiyasini bo’limini o’qitish metodikasi
Download 24.78 Kb.
|
1-4..
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-yo`nalish. Metall va unga ishlov berish texnologiyasi
- 3-yo`nalish. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi
- 4-yo`nalish. Pazandachilik asoslari o`rgatish.
- Mehnat ta’limi prinsiplari xarakteristikasi
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasini bo’limini o’qitish metodikasi Shakllantiriladigan bilimlar: Yoғochga ishlov beradigan xalq hunarmandlarining bozor munosabatlaridagi faoliyatlari va uning istiqbollari. Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun yogochdan ishlab chiqari-layotgan mahsulotlar. Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan materiallar, asbob-uskunalar. Yoғochga ishlov berish kasblarining umumiy xususiyatlari. Amaliy mustaqil ishlar: Yoғochga ishlov berish sohasidagi kamida uchta xalq hunarmandchiligi kasblarining ish usullarini o`rgatish va referat tayyorlash. 2-yo`nalish. Metall va unga ishlov berish texnologiyasi Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi Shakllantiriladigan bilimlar: Metallarga ishlov berish texnologiyasi, texnika va konstruk-siyalash elementlari. Amaliy mustaqil ishlar: Mavjud metall materiallardan buyumlar tayyorlash. Texnologik karta tayyorlash. 3-yo`nalish. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi Shakllantiriladigan bilimlar: Tikuvchilik sohasidagi kasblar haqida ma’lumot. Gazlama-lardan milliy liboslar tayyorlash. Gazlamalarni bo`yash va gul bosish usullari. Gazlama chiqindi-laridan buyumlar tayyorlash usullari. Amaliy mustaqil ishlar: Gazlamaga ishlov berish sohasidagi milliy tikuvchilik kasblarini usta-shogird yoki ota kasb usulida o`rgatish. Referat tayyorlash. 4-yo`nalish. Pazandachilik asoslari o`rgatish. Pazandachilik asoslari Shakllantiriladigan bilimlar: Xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlar, go`sht, parranda va baliqlardan tayyorlanadigan taomlar, har xil salatlar tayyorlash. Milliy o`choqlar va tandir-larning tuzilishi, xonadondagi oshxonada tartibni va tozalikni sakdash qoidalari. Amaliy mustaqil ishlar: Oilada oziq-ovqat uchun xarajatlar yuzasidan iqtisodiy hisob-kitoblarni bajarish. Manti va qazi tayyorlash mashkdarini bajarish. Mehnat ta’limi prinsiplari xarakteristikasi Maktabda tarbiya bilan chambarchas boғliq ta’lim jarayonini tashkil etishga asos bo`ladigan etakchi qoidalar didaktik prinsiplar hisoblanadi. Didaktik prinsiplarga ta’limning tarbiyalovchi xarakteri, ilmiyliq nazariyaning praktika bilan boғliqligi, sistemalilik va izchilliq ko`rsatmaliliq onglilik va aktivlik kabilar kiradi. Shu sababli didaktik prinsiplar sistemasi haqida gap yuritiladi. Didaktik prinsiplar o`zaro boғliqdir. Shu sababli har bir konkret mashғulotni o`tkazishda bir yo`la qator didaktik prinsiplarning talablarini hisobga olish va ularning kompleks amalga oshishi uchun sharoit yaratish kerak. Masalan, ta’limda ilmiylik prinsipini ta’minlash bilan o`quvchilarning onglilik va aktivligiga oson erishish mumkin va aksincha, agar o`quvchilar ta’limga nisbatan ongli va aktiv munosabatda bo`lsalar, ta’limning ilmiylik saviyasini ta’minlash oson bo`ladi. Agar ta’limda ko`rsatmalilik amalga oshirilsa, nazariyaning praktika bilan boғliqligi prinsipi ham amalga oshadi. Va, aksincha, agar nazariyani o`rganish praktika bilan uzviy boғlab olib borilsa, ta’limda ko`rsatmalilikni ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi. Ҳamma o`quv fanlari uchun didaktik prinsiplar umumiydir, ammo har bir konkret holda ularni qo`llash o`z xususiyatlariga ega. Uquvchilarning mehnat ta’limiga xos didaktik prinsiplarning xususiyatlarini ko`rib chiqamiz. Download 24.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling