4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi shundaki, dialektal xususiyatlar shevalarning o‘zaro
ta’siri, aloqasi, adabiy tilning matbuot va ma’rifiy-madaniy muassasalarning ta’siri
natijasida yildan-yilga kamayib, shevalar orasidagi farqlar tekislanib, asta-sekin
adabiy tilga yaqinlashish, singib borish jarayoni tezlashmoqda. Bu hol
dialektologik materiallarning asta-sekin tugala borishiga olib kelmoqdaki, bu
“xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish
o‘zbek tilini rivojlantirish”
1
- boyitish manbalaridan biri va, eng muhimi, o‘zbek
jonli tili materiallarini, ayniqsa, adabiy tilda uchramaydigin so‘zlarni yig‘ib, saqlab
qolish zaruriyati, ularni ham adabiy til mulkiga aylantirilishi bu kun uchun
dolzarbligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: