Tortkol-Ellikqala shevasida. YusupovaG


Sinchli uylar, chөpkori joylar


Download 264.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/51
Sana02.01.2022
Hajmi264.78 Kb.
#201447
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
tortkol-ellikqala shevasida oz va ozlashgan leksik qatlam

Sinchli uylar, chөpkori joylar qurishda atlama qag‘uvchom baylav, nigirik 

qag‘uv,  shaxna  si’bav,  burgi’  beruv,  tirəpbərdi  bəruv  kabi  ko‘pgina  terminlar 

chөpkəri imoratlarni yasashga tayyorlashdagi mehnat jarayoni nomlarini bildiradi 

Masalan:  poydevorga  yotqizilgan  uzun  katta  yogoch  uchlarini  biriktirishda  uch 

bukuk  termir  qoqish  harakatiga  atlama  qag‘i’u  deyiladi.  Qamishni  o‘rtacha 

kattalikda nigirik oralariga moslab bog‘lashni chom baylav deyiladi. 




 

40 


Binokorlik  leksikasida  bo‘yoq,  bo‘yoqchilik  bilan  aloqador  bo‘yoqchi, 

traparetchi,  ayaqcha  sopojok,  guruntovka  qilish  kabi  qator  terminlar  ham  faol 

ishlatiladi.  Ular,  asosan,  bir  jarayonni-turarjoylarni  ohaklash,  pol,  ship,  deraza-

eshiklarini  ranglash  jarayonida  ishlaydigan    kasb  egalarining  va  mehnat  jarayoni 

nomlarini bildiradi. 

Xullas,  binokorlik  leksikasi  rang-barang  ko‘p  qirrali  kasb-hunar  sohalarini: 

me’morchilik,  naqqoshlik,  o‘ymakorlik,  ganchkorlik,  toshtaroshlik  kabi  beshta 

sohani  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Bu  o‘rinda  faqat  me’morchilik  –uy-joy 

qurilishiga  oid  xarakterli  terminlar  so‘z  qilindi.  Chunki,  bizning  ob’ektimizda 

keyingi sohalar taraqqiy etmaganlikdan toshtaroshlik, ganchkorlik, koshinpozlikka 

oid so‘z terminlar sheva vakillari nutqida kam ishlatiladi. 

Binokorlikka  oid  terminlar  maxsus  manbalarda  20  ta  leksik-semantik  mavzu 

guruhni  tashkil  etadi

20

.  Biz  to‘plagan  faktik  materiallar  tasnifidan  kelib  chiqib, 



ularni  turarjoy  qismlari,  material,  qurol,  kasb  egalari,  mehnat  jarayoni  nomlarini 

ifodalovchi terminlar tasnifida ko‘rsatdik. 

Dastlabki,  tahlildan  ma’lum  bo‘lishicha,  binokorlik  leksikasidagi  ko‘pgina 

terminlarning shakllanishi (tarixiy yodgorliklarda ko‘rsatilishicha) uzoq tarixga ega 

ekan:  «Devon»  da  kөtərgi,  irəndə,  siri’q  xoda,  «Attuhfa»dagi  kerkas  kabi 

terminlar.  

Binokorlik  leksikasida  qator  terminlar  tarixiy  ob’ektiv  qonuniyatlarga  ko‘ra 

fors-tojik,  arab,  rus  tili  va  u  orqali  boshqa  tillardan  o‘zlashgan  terminlar  ham 

mavjud. Bular sheva  vakillari  nutqida ba’zi fonetik o‘zgarishlarga uchragan holda 

xuddi o‘z qatlamga mansub terminlar kabi ishlatiladi. 

  


Download 264.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling