termin bo‘lib, u osma, tosh bog‘langan ip, reja ma’nolarida ishlatiladi. (RUzSl.
38
gəztayaq - imorat va uning qismlarining uzunligi, xonalar sathini, paxsaning
enini o‘lchashda qo‘llaniladigan o‘lchov quroli. Gəz ad.orf. gaz: 1) binokorlar
nutqida 0,75 sm uzunlikni (ular chorak kam bir metr deb tushuntiradilar) bildiradi.
U aslida fors-tojik tiliga mansub bo‘lib, metrlik sistema qabul qilinganga qadar
eski uslubda 0,75 smga teng uzunlik o‘lchovini bildirgan. (O‘zTIL 1.182).
djilbir yumshoq qildan tayyorlangan paxsa joylar sirtiga jilo beradigan, silliq
ko‘rsatishda qo‘llaniladigan asbob.
Paxsa joylarning to‘rtinchi, beshinchi paxsalariga, pardevorga loy uzatishda-
loy otishda ishlatiladigan maxsus yog‘och moslamalar havaza deb yuritilgan.
Hozirgi kundagi g‘ishtin imoratlar qurilishida binolarning remontida bu termin
bilan parallel holda tirap, sport termini hisoblangan kazyol (rus. kozyol-obito‘y
kojey korotkiy brus na podstavkix dlya gimnasiticheskix uprajneniy O.J S.R.YA
228) va ko‘chma ma’noda əshək: ko‘targi terminlari ishlatiladi.
Bu o‘rinda shu fakt diqqatga sazovorki, binokorlikda oldingi variantlarga
nisbatan arxaik hisoblangan, aravasozlikda aravaning asosiy qismlaridan biri
hisoblangan kөtərgi termini Mahmud Qoshg‘ariyning qomusida kuturku shaklida
g‘isht ko‘taradigan asbob deb binokorlik termini sifatida izohlangan. (DLT. 452).
SHuningdek, XVI asr quruvchilari hayoti haqida ma’lumot beruvchi
asarlardan birida ham havoza binokorlik terminidir... Havoza ustida ishlayotgan
paytida.... havozadan pastga itarib yubordi. (Yuld. tun.312).
Do'stlaringiz bilan baham: