Тортув электор моторлар температурасини автоматик ростлаш


Tabiiy yoritish m’yorlari


Download 1.45 Mb.
bet11/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1623418
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Tayyor

4.5. Tabiiy yoritish m’yorlari.
2.1 Odamlar doimiy kirib turadigan binolar qonunga asosan tabiiy yoritishga ega bo‘lishi lozim. Tabiiy yoritishlarsiz binolarni loyixalash uchun ruxsat etilishi 2-jadvalda keltirilgan izohlar bo‘yicha, hamda ishlab chiqarish binolarini “Sanoat korxonalarini loyixalashda sanitariya normalari”ga mos xolda belgilanadi.
2.2 Isitiladigan binolarda yoritilishi ko‘zda tutilgan yoritish tushishidan ortiq bo‘lsa, quyidagi norma asosida, ekspozitsiya maydonlari bilan (vitrina) ko‘rgazma maydonlaridan tashqari joylarga man etiladi.
2.3 Tabiiy yoritish yon tomondan, tepadan, tepadan va yondan (kombinatsiyalashgan) turlarga bo‘linadi.
Bir taraflama yondan tabiiy yoritish nuqtasida devordan 1m oraliqda joylashgan, yoriqlik tushadigan joydan ancha oraliqda joylashgan xonaning xarakterlovchi yuzasi qirqimida vertikal maydonni kesuvchi va shartli ishchi yuzaga tushuvchi tabbiy yoritish koeffitsientining minimal qiymati bilan normalashtiriladi. Ikki taraflama yoritishda TEK (tabiiy yoritish koeffitsienti)ning qiymati xonaning o‘rta nuqtasida vertikal yuzasini kesib o‘tishi xona kesimining va ishchi shartli yuzaning (yoki polning) minimal qiymati bilan ifodalanadi.
YUqoridan yoki yuqoridan va yon tomondan tabiiy yoritilganda koeffitsientining o‘rtacha qiymati vertikal yuzani kesib o‘tish joyida joylashgan tabiiy yoritish xonaning xarakterli qirqimi va shartli ishchi yuzasi (yoki pol) bo‘yicha normalashtiriladi. Birinchi va oxirgi nuqtalar devor yuzasi yoki to‘siqdan 1m oraliqda qabul qilinadi. Honani yon tomondan yoritilganda, uni yoritish bo‘yicha zonalarga ajratishga ruxsat beriladi (tashqi devor bilan qo‘shilgan oynali zonalar) va yuqoridan yoritiladigan zonalar, tabiiy yoritishni xisoblash va normallashtirish har bir zonada aloxida olib boriladi.
2.4 TEK, ln qiymatini normalashtirish MDX davlatlarida yorug‘lik qiymati I, II, III, IV va V zonalarida joylashgan binolar uchun quyidagi tenglama yordamida aniqlash mumkin.

enI,II,IV,V = enIII·m·S (1)


bu erda enI – TEKning 1 va 2 jadval bo‘yicha qiymati,


m – 4-jadval bo‘yicha yorug‘lik klimati koeffitsienti
S – 5-jadval bo‘yicha quyoshli klimat koeffitsienti
(1) –formula orqali olingan qiymatlari uchun un birlikgacha soddalashtirib olish tavsiya etiladi.

Jadval №1



YOrug‘lik klimati poyasi

YOrug‘lik klimati koeffitsienti, m.

I
II
IV
V

1.2
1.1
0.9
0.8

2.5 Xonalarni tabiy yoritishni xisoblashda 5-ilovaga mos xolda amalga oshirish talab etiladi. Hisoblash bo‘yicha aniqlangan yorug‘lik qiymatlari o‘lchamlarini +5, -10%gacha o‘zgartirishga ruxsat beriladi.


2.6 Ishlab chiqarish va umumiy binolar xonalarning tabiiy yoritishning bir tekisda bo‘lmasligi yuqoridan yoki yuqoridan va yondan tabiiy yoritilganda va bolalar va o‘smirlarning asosiy xonalari yondan yoritilganda 3:1dan oshmasligi zarur. TEK en ning hisoblash qiymati yuqoridan yoki yuqoridan va yon tomondan yoritilganda shartli ishchi yuzaning kesishish chizig‘i nuqtasida va xonaning xarakterli kesimi yuzaga tushadigan yorug‘lik TEKning normalashtirilgan yondan yoritish uchun mos razryadlar ishlashi uchun kam bo‘lmasligi lozim.
YOn tomondan yoritiladigan xonalar uchun tabiiy yoritishning bir tekisda bo‘lmasligi normalashtirilmaydi.
VII va VIII razryadni ishlar bajariladigan ishlab chiqarish binolarida yuqoridan yoki yuqoridan va yondan yoritish, yordamchi binolar va III va IV guruxdagi jamoat binolari xonalari (mazkur normaning 1.2p).
Ishchilar doimiy kelib turadigan ishlab chiqarish binolari uchun quyosh nurini qaytargich qurilmasini I-IV razryad ishchilari bajariladigan joylarda, III va IV klimatik tumanlar uchun qurilishni loyixalovchi sanoat korxonalari uchun ko‘zda tutish zarur. Texnik – iqtisodiy xulosalar chiqarishda quyosh nurini qaytargich qurilmasi ishlab chiqarish binolari uchun, boshqa klimatik tumanlar uchun loyixalanganda ruxsat etiladi. Quyosh nurini qaytaruvchi qurilmani jamoat binolarida va yashash joylarida SNiPning bu binolarni loyixalash bo‘yicha bandlariga mos xolda ko‘zda tutish lozim. Quyosh qaytaradigan qurilmalarni SNiPning issiqlik texnikasi qurilishlari bo‘limi talablariga mos xolda ko‘zda tutilishi lozim.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling