refraksiyalari bo’yicha eritmaning tarkibini aniqlash
Toza moddalarning va ertimaning solishtirma refraktsiyalarini va lar orqali belgilab,
(10)
Tenglamani yozish mumkin, bu erda - birinchi moddaning massa qismi.
Eritmaning solishtirma refraktsiyasi (8) tenglamadan aniqlanadi. Aralashma komponentlarining solishtirma refraktsiyalarni atomlar va bog`lar refraktsiyalarining inkerementlari yordamidai hisoblash mumkin.
Eritmaning tarkibi (10) tenglama bo’yicha hisoblanadi.
Organik moddaning taxminiy struktura formulasini aniqlash
Organik suyuqlikning solishtirma refraktsiyasini yuqorida yozilganidek aniqlagandan keyin, moddaning molyar massasi va uning massa protsentlarida ifodalangan elementar tarkibi bo’yicha moddaning empirik formulasini topish lozim va taxmin qilingan strukturalarni tasvirlash kerak. So’ngra molyar refraktsiyaning hisoblangan qiymatlarini tajribada topilgan kattalik bilan solishtirish asosida, tekshirilayotgan suyuqlikning eng ko’p ehtimollikka ega bo’lgan struktur formulasi tanlab olinadi.
O’lchash xatoliklarini baholash
Refraktsiyani topishdagi xatolikni I bobdan qarang. Eritmalarning kontsentratsiyasini aniqlash xatosi quyidagiga teng bo’ladi:
Bu erda - eritmaning va toza moddalarning solishtirma refraktsiyalarini o’lchashdagi absolyut xatolar.
qiymatlar bir-biriga yaqin bo’lganda, bu xatoning keskin ortishi formuladan kelib chiqadi: eritmaning kontsentratsiyasi kamayishi bilan o’lchashning xatosi juda ortib ketadi.
Topshiriqlar
Aralashma komponentlarining solishtirma refaktsiyalari bo’yicha aralashmaning solishtirma refraktsiyasini va uning tarkibini aniqlang.
Eritmadagi elekrolitning solishtirma refraktsiyasini aniqlang.
Organik suyuqlikning molyar refraktsiyasini aniklang va topilgan kattalikni hisoblangan kattalik bilan solishtiring.
Organik suyuqlikning tuzilishini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |