Toshkanov Umidjon Abdurashid o'g'li Biologiya-210 Mavzu: Mitoxondriyalarning biokimyoviy xususiyatlari. Reja 1


Download 74.18 Kb.
bet1/6
Sana09.02.2023
Hajmi74.18 Kb.
#1181334
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mitoxondriyalarning biokimyoviy xususiyatlari


Toshkanov Umidjon Abdurashid o'g'li
Biologiya-210
Mavzu: Mitoxondriyalarning biokimyoviy xususiyatlari.
Reja
1. Mikronaychalar va mikrofilamentlarning yig'ilishi.
2. Mitoxondriyalarning biogenezi.
3. O'simlik hujayrasi ontogenezining fazalari
Transkripsiya va translyatsiya jarayonlari hujayra tuzilmalari shakllanishining birinchi bosqichidir. Hujayra ichki tuzilmalari shakllanishining keyingi bosqichlari bular molekulalardan yirikroq komplekslarni yig'ish va ularni joy-joyiga yetkazishdir.
Oqsillarning birlamchi tuzilishi ya'ni polipeptid zanjiridagi aminokislotalarning ketma-ketligi uning ikkilamchi va uchlamchi tuzilishini ham belgilaydi.
Oqsil molekulalarining boshqa bir oqsil yoki oqsil bo'lmagan organik birikmalar bilan o'zaro ta siri natijasida ularning to'rtlamchi tuzilishini vujudga kelishiga, ularning esa mo'ljallangan yirik molekulyar tuzilmalar hosil qilishiga turtki beradi.
Yuqoridagi barcha oqsil molekulasining o'zgarishidagi bosqichlar ya'ni uning ribonuklein matritsasining sintezidan boshlab to nadmolekulyar oqsil molekulasining ma’lum bir hujayra tuzilmasi tarkibiga kirishigacha o'z-o'zini qurish jarayonlari bilan bog'liq. Mana shu jarayonlargina, asosan, hujayra tuzilmalarining shakllanishi va biogenezi asosida yotadi (XI.9-rasm).
O'z-o'zini qurish bu bir xil yoki har xil jinsli molekulalarning spontan agregatsiyasi jarayoni bo'lib, molekulalarning tartiblanishiga va ko'p komponentli tuzilmaning hosil bo'lishiga olib keladi.
O'z-o'zini qurish mexanizmi kuchsiz o'zaro ta'sirlarga asoslangandir. Molekulalarning tartiblanishiga birinchi navbatda uzoqdan (0,7 nm masofadagi) ta'sir qiluvchi elektrostatik kuch sabab bo'ladi. So'ngra esa molekulalarning o'zaro tortishishi vodorod bog'lari hosil bo'lishi bilan borib oxirgi navbatda 0,1 nm masofada van-der-valsov va gidrofob ta'sirlar yuzaga kela boshlaydi. Van-der-valsov kuchlari neytral atomlar va molekulalar orasida ularning qutblanishi natijasida yuzaga keladi.
O'z-uzini qurish mexanizmining tanlovchanligi biopolimerlarning molekulasida o'z «jufti» molekulasini tanishga qaratilgan lokuslarning mavjudligi bilan taminlanadi. Sterik tuzilmalarning bir nechta atom yoki bir guruh atomlar bilan juft-juft kovalent bo'lmagan uzaro ta'siri komplementarlik (bir-birini to'lg'azish) deyiladi. O'z-o'zini qurish erkin energiyaning kamayishi bilan borganligi tufayli o'z-o'zidan boraveradi. Ammo o'z-o'zini qurish jarayonida faqatgina kuchsiz bog'lar qatnashganligi u qaytar jarayondir.
O'z-o'zini qurish xarakteri biopolimerning birlamchi tuzilishi bilan belgilansada, ko'pchilik hollarda agregatsiya jarayonining qo'shimcha boshqarilishi kuzatiladi.
Biologik tizimlarning o'z-o'zini qurishi membranalar fosfolipidlarining bisloy holatida azotli asoslar va nuklein kislotalarning komplementar ketma-ketligi, ferment va substratning, oqsil-retseptorning va effektorning (masalan fitogormonlarning) o'zaro ta'siri, ko'p komponentli fermentli tizimlarning yig'ilishi va boshqa bir qancha jarayonlarning o'zaro birgalikdagi
munosabati natijasida yuz beradi. Masalan, xloroplastlardagi ribulozodifosfatkarboksilaza fermenti sakkizta yirik va sakkizta mayda subbirliklardan yig'iladi.
Katta subbirliklar xloroplastlarda sintezlanib va katalitik vazifani bajarsa, maydalari sitoplazmada sintezlanadi, hamda ferment faolligini boshqarishda qatnashadi.
Ayrim olimlarning fikricha (B.F.Poglazov, 1977) tirik hujayralarda bir-biri bilan komplementar bog'langan fermentlar bloki yoki boshqa biopolimerlar mavjud bo'lib, ular ham o'z navbatida bir-biri bilan komplementar ravishda birlashgan bo'lib, bir butun o'zaro bog'langan tizimini tashkil qiladi.
Binobarin, suvli muhitda, shu jumladan sitoplazmada ham moddalarning agregatsiyasi natijasida ushbu moddalarning suyuq kristall holati vujudga keladi.
Suyuq-kristall holat. Ushbu holatni moddalarning to'rtlamchi ko'rinishi deb qarash mumkin. Moddalarning suyuq-kristall holati ularning suyuq holatiga nisbatan ko'proq, qattiq holatiga nisbatan esa kamroq tartiblashgandir. Oqsillar, nukiein kislotalar, polisaxaridlar, lipidlar suvda suyuq-kristall hosil qiladi. Suyuq-kristalloidlarning eng muhim tomonlaridan biri bu ular tuzilmalarining tartibliligi va yuqori harakatchanligidir.

Download 74.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling