Toshkent – 019 ritorika muallif


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/86
Sana15.09.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1678816
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86
Bog'liq
Ritorika

"Notiqlik san’ati" asarida u butun diqqat e’tiborini bevosita notiqlikka, notiqlik 
maxorati va san’atiga, notiqning o‘zini tutishi hamda davlat va jamiyat hayotidagi 
o‘rniga qaratadi. Jumladan, notiqlik Arastu fikricha, dialektikani bir qismini tashkil 
etadi. Notiqlikdan qiroat fani sifatida ijobiy va shuningdek salbiy ma’noda foydalanish 
mumkin. Notiq o‘z maxorati bilan hakiqatni topishga harakat qilsa, u haqiqiy 
dialektikaga Yaqinlashishi mumkin. Lekin notiq o‘z notiqligini xaqiqatga qarshi 
qaratgan bo‘lsa, u sofistikaga yaqinlashadi. Sofistik dialektika haqiqatni o‘rnatish 
uchun emas, balki g‘alabaga erishish uchun safsatabozlik san’atidan foydalanishdir. 
Notiqlik - deydi Arastu, haqiqat yo‘lida ko‘llansa, dialektikaning qismiga aylanishi 
mumkin
1
. Uning fikricha bo‘lajak notiq kuchli xotiraga, so‘z boyligiga, shuningdek 
muayyan hududdagi axvoldan batafsil xabardor bo‘lishi kerak. Notiq qaysi paytda so‘z 
urg‘usini kuchaytirish - u, qaysi paytda yumshoqlik bilan nutq o‘qishni bilishi kerak. 
Bu juda muhim bo‘lib, ko‘proq tinglovchilar reaksiyasi bilan hamohang keladi. 
Arastu o‘z fikrini tinglovchiga etkazishda arzon harakatlar: opponentning ustidan 
kulish, fikrni chalg‘itish bilan emas, balki ilmiy metod orqali yondashish kerak deb 
hisoblaydi. 
Arastuni mantig‘ining asosini sillogizm egallaydi.
Sillogizm - u yoki bu tezisda dalillar yig‘indisini namoyon qiluvchi o‘zaro bir - 
biriga bog‘langan aqliy xulosalar blokidir. Sillogizm 3 qismdan: katta asos. kichik asos 
va xulosadan tarkib topgan. Sillogizmning turlari - moduslar turli shakllarga ega. 
Ulardan eng mashxur modus xattoki o‘zining "Barbara" nomiga ham egadir: 
"Barcha odamlar o‘tkinchidir. (katta asos). Suqrot ham odam (kichik asos). 
Shunga ko‘ra Suqrot ham o‘tkinchidir."Arastuning (384-322) Ritorika asari ham 
1
Аверинцев С. С. Риторика как подход к обобщению действительности // Поэтика древнегреческой 
литературы. — М.: Наука, 1981. — С. 15-46 


24 
o‘sha davrda yaratilgan. Arastuning Ritorikasi uch kitobdan tashkil topgan. Asarning 
birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqida fikr 
muloxazalardan iborat bo‘lsa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga katta ahamiyat 
beradi. Uning fikricha, notiq tilidagi turli qorishmalar, Ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri va 
noo‘rin talaffuz qilinishi, jumlalarning mantiqan xar hil tuzilishi so‘zlovchining katta 
xatosidir. Arastu notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning 
tinglovchi qalbiga tez etishida muhim omil bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot 
bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrining tinglovchi qalbiga tez etishida muhim 
omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashkari, Arastu notiqning auditoriYani o‘ziga 
jalb etishi uchun xazil - mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni 
hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, xar 
hil epitet, chog‘ishtirish va metaforalarni qo‘llasa nutqining ta’sirchanligi yanada 
oshishini, ammo keltirilgan misollar ko‘payib ketib, tinglovchini zeriktirib 
ko‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi. 
Arastu notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib, o‘rgatadi: 
1. Materialni kashf etish (xar tomonlama tayyorlash) 
2. Materialni joylashtirish Shakli (rejasi) 
3. Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish) 
4. Materialni so‘z yordamida to‘g‘ri aks etgirish. 
5. Materialni to‘g‘ri talaffuz etish. 
Aristotelning fikrlari bugungi kunda ham o‘z qimmatnni yo‘qotmagan. 
Lisiy (taxminan 459 - 380) Sitsiliyada tug‘ilgan. Uning otasi Perklning taqlifiga 
binoan Afinaga kelib, shu erda o‘rnashib qoladi. Lisiylar oilasi shaharning ancha 
davlatmand oilasi bo‘lishiga qaramay uning a’zolari kelgindi bo‘lganliklari sababli 
Afina fuqarosi qatoriga kirolmaydilar. O‘z faoliyatini logograflik bag‘ishlagan Lisiy, 
dastavval sud ahillarining va sutga ishi tushgan kishilarning tabiatini chuqur 
o‘rganishga kirishadi. Ma’lumki, Afina sudida qatnashgan shaxslarning ko‘pchiligi 
murakkab davlat qonunlarini teran bilmagan, aksar unchalik durust taxsil ko‘rmagan 
odamlar bo‘lganlar. Shu sababli ular ayyor va ustamon odamlarning sud xay’atini aldab 
ketishlaridan hadiksirab, ilmoqdor, dabdabali so‘zlarga chuqur shubha bilan qarar va bu 


25 
hildagi so‘zlarni to‘qishda, albatta biror odam ko‘maklashgan deb gumon qilardilar. 
Ikkinchidan, logograflarning yordamiga muxtoj bo‘lib, ularga murojaat etgan odamlar 
orasida jamiyatning turli - tuman fuqarolari bo‘lgan. Binobarin, Lisiy xar bir nutqni 
yozishga kirisharkan bu nutqni buyurtma bergan kishining tabiatiga, ijtimoiy 
mavqeiga qanchalik monand kelish - kelmasligiga katta e’tibor beradi. U yaxshi 
biladiki, qishloqdan kelgan oddiy bir dexqon yoniki o‘rtamiyona shahar fuqarosi hech 
qachon kitob iboralarini ishlatib, murakkab qonunning kerakli boblaridan dalil 
keltirib, xashamatli nutq so‘zlay olmaydi. Bordi - yu shunday qilsa, aytgan gaplarini 
soxtaligi bilinib qoladi. Lisiy san’atining asosiy siri shundaki, u so‘z yozishga kirishar 
ekan, o‘z oldiga faqat bir maqsadni quyadi, u ham bo‘lsa so‘zlayotgan kishi haqida 
sud xay’atlari dilida eng yaxshi taassurotlar qoldirish, uning xar bir gapi yurakdan 
chiqayotgan chinakam samimiy gaplar ekanligiga ishontirishdir. Lisiyning notiq 
sifatidagi xususiyatlaridan biri, hamma notiqlar uchun zarur bo‘lgan usul – fikrni 
yangicha shaklga solishni juda oson egallaganligidir. Lisiyga buyurtma beruvchi 
odam kalandimog‘ aristokrat-mi, bir tiyinni ustidan o‘zini o‘ldiradigan chayqovchimi, 
xotinining makriga aldanib pand egan laqma ermi - notiq xar qaysisining tabiatiga, 
bilimiga jamiyatdagi o‘rniga mos keladigan, o‘zining monandligi bilan 
tinglovchilarni maftun etadigan uslubni topadi va shu yo‘sinda so‘zlovchining va 
uning nutqida nomlari zikr qilingan shaxslarning erkin portretini chizishga muyassar 
bo‘ladi. Bas, shunday ekan, biz Lisiyning quli bilan yozilgan nutqlarning birontasida 
so‘zlovchining tabiatiga yopishmaydigan dabdabali, jimjimador va serxasham iboralarni 
sira ko‘rmaymiz. Lisiyning notiq sifatidagi ikkinchi xususiyati, hikoyachilik 
san’atini egallab olganligidir. U har qanday voqelikni sodda, jonli, qiziqarli shaklda 
qiziqarli hikoya qilishga usta edi. Uning notiqlik san’atidagi uchinchi xususiyat – 
uslubidagi aniqlik, soddalik va tabiiylik edi. Uning fikricha, biror masala bo‘yicha 
so‘zlangan nutq ikkinchi takrorlanmasligi kerak, agarda shu nutqni avvalgi 
tinglovchilar bir necha marta takror eshitsalar, nutq o‘z kuchini va ifodaliligini 
yo‘qotadi. Bu jixatdan, yani xar bir insonni o‘z tilida gapirtish va uning so‘zi orqali 
tabiatini ochish, qiyofasini ko‘rsatish borasida Yunon tarixida logograflarning birortasi 
Lisiy bilan tenglasha olmaydi. 


26 
Qadimgi sud qoidalariga ko‘ra sudlashuvchilarning nutqi asosan uch qismdan 
iborat bo‘lgan. Birinchi kirish qismida - xox da’vogar bo‘lsin, xox gunohkor bo‘lsin - 
sud hayatiga murojat qilib, uning iltifotini qozonishga o‘rinadi, butun nutqning 
markazi hisoblangan ikkinchi qismida bo‘lib o‘tgan voqealarning tafsiloti xikoya 
qilinadi va nihoyat nutqning xotimasi hisoblangan uchinchi qismida aytilgan gaplar va 
keltirilgan dalillarning to‘g‘riligi isbotlanadi, raqibning dalillarini puchga 
chiqarib, o‘zini mumkin qadar badnom qilishga kirishiladi. 
Lisiy sud ishiga aloqador bo‘lgan voqealarni gapirganida ularni nihoyatda oddiy 
so‘zlar bilan qisqa - qisqa xikoya qiladi. Yo‘l - yo‘lakay dalil va da’volarni shu 
bayonotga edirib yuboradi. Shu tarzda to‘qilgan nutq naqadar sodda bo‘lmasin, bu 
soddalik ostida yashirinib yotgan chinakam tabiiylik va ajoyib samimiyat sud 
xay’atining diliga etib boradi va gunoxkorga nisbatan uning hayrixoxligini ortiradi. 
Lisiy o‘z davri uchun va o‘zidan keyingi notiqlar uchun arzigudek meros qoldirgan 
Buyuk notiqdir. 
Akademik suhbat - diologlarning ustasi Suqrot hisoblanadi. (eramizdan 
avvvalgi 469-399y), Suqrot dialektikasi "ironiya" ya’ni ilmoqli so‘zlardan tashkil 
totgan. Agar shu payttacha baxs yurituvchi taraflar o‘z nutqining kuchi hamda 
ishontiruvchanligiga diqqatni jamlash bilan raqiblarining chiqishini mohiyatiga 
unchalik e’tibor qaratmagan bo‘lsalar, shu vaqtga kelib esa ritorik arsenalda o‘z - 
o‘zidan ham asos ham asosga zidlikka olib keluvchi savollar paydo bo‘la boshladi. 
Raqiblar qarshi taraflarning asoslariga quloq sola boshladilar. Baxslar ashaddiy 
to‘palonlardan nafis va hozirjavob tomoshalarga aylandi. Misol sifatida quyida Suqrot 
maktabi namoyondalaridan birining ishtirokidagi yumoristik diologdan keyatiramiz. 
- Shoxdor emasliginga ishonching komilmi? 
- To‘liq. 
- Uni yuqotmaganingga kelsak - chi? 
- Yo‘qotmaganim o‘zim bilan. 
- Shoxlarni yuqotmaganmisan? 
- Yo‘q 
- Demak ular sen bilan ekan. 


27 
Suqrotning Shogirdi Aflotun diolog san’atini yanada yuqori pog‘onalarga 
ko‘tardi. Aflotun diologlari - bu falsafiy drammalar hisoblanadi. Uning dialoglari 
chiroyli va aqilli so‘zlarli tanlanishi, ko‘llanilishi, joylanilishi bilan diqqatga sazovor. 
Buning isbotini uning “Teetet” asarida ko‘rish mumkin. U bu asarida hamma 
fikrlarini Suqrot nomidan dialog shaklida beradi. Chiroyli so‘zlashga juda katta 
ahamiyat beradi. Donolik mavzusi asarning asosiy qismini egallagan. Shu bilan bir 
qatorda maxmadonalik, bemaza fikrlardan foydalanmaslikka chaqiradi. Umuman, 
chiroyli so‘zlash erkin bo‘lishi, nima haqida so‘zlasa ham fikrini aniq e’tirof eta olishi, 
ishontira olishi va xaqiqatga xizmat qilishi kerak deb biladi. Faylasuf notiqlarni 
shifokorlarga taqqoslaydi. Shifokor kasalga dori - darmon bilan yordam bersa, notiq 
o‘zining aqilli va dono fikrlari bilan davolaydi deydi. 
Ritorika taraqqiyotining keyingi odimini qadimgi Rim mutaxassislari ko‘yishdi. 
Ular Ellada ustalarining tajribayonni o‘z izlanishlarining natijalari bilan to‘ldirgan 
xolda o‘rganishdi. Munozara grek polislarida bo‘lganidek Rimda u darajada 
tarqalmadi. 
Rimliklar uchun jamoatda chiqishning monolog tarzida bo‘lishi muhim edi. Rim 
maktabida notiqlik san’ati bilan ritorika birlashdi. Grek ritorikasidan rimliklarga 
yumor, mantiq va masalada tortishuv usullari kirib keldi. Notiqlik san’atidan esa 
nutq matnini tuzilmasini zo‘rligi, iboralar tuzilmasini be’takrorligi, intonatsiyaning 
benuqsonligi, turish, xatti - harakat, mimika va boshqalar kirib keldi. 
Tarixga nazar solinsa, eramizdan avvalgi asr boshlarida Rim imperiyasida 
quldorlik siyosati kuchaygan bir davr edi. U davr qul va quldor o‘rtasidagi keskin 
kurashlar, qo‘llarning noroziligiga sabab bo‘lgan davr sifatida tarixda muxirlanib 
qolgan. Ana shunday keskin kurashlar jarayonida ijtimoiy - siyosiy xayotda so‘z 
san’atiga e’tibor kuchaydi. Xalq orasida erkin fikrlash demokratik rux faollasha 
boshladi. Davlat arboblari shunday sharoitda xarbiy qurol aslaxalardan ko‘ra, notiqlik – 
so‘z san’ati bilan qurollanishni afzal deb bildilar. Natijada notiqlik san’atiga ehtiyoj 
tug‘ilib, bu san’at tez rivojlana boshladi. Bu davr notiqlik maktablaridan Katon, aka - 
uka Grokxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi mashxur notiqlar yetishib chiqdi. 
Rim maktabi Ritorika ikki usulga - Osiyo va Attika usuliga bo‘linadi. 


28 
(Yunoniston janubi sharqidagi dengiz ichkarisiga ancha yorib kirgan yarim orol 
Attika deb ataladi.) Osiyo usuli Rimda eramizgacha 1- asrning 50 yillariga qadar 
xukmronlik qilib kelgan. Bu usulning namoyondalari o‘z chiqishlarini yorqin hamda 
extirosga to‘la teatr tomoshasiga aylantirar edilar, ularning yordamida o‘z g‘oyalarini 
ommaga unumli tarzda etkazganlar. Bu usulning notiqlaridan ko‘proq tanilgan Mark 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling