Toshkent – 019 ritorika muallif


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/86
Sana15.09.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1678816
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86
Bog'liq
Ritorika

Tulliy Sitserondir. (eramizdan avvalgi 106 - 43) U Rimdan uzoq bo‘lmagan Arpina 
qishlog‘ida tug‘ildi. Uning ota - onasi shahar fuqorosining badavlat suvoriylar 
tonfasiga mansub kishilar edi. Ular o‘z bolalariga yaxshi bilim berish maqsadida 
Rimga ko‘chib kelishadi. Dastlabki taxsilini Yunon murabbiylari qo‘lida olgan 
Sitseron ilk bolaligidayoq Yunon tilini to‘la-to‘kis o‘rgandi. Yirik huquqshunos
Kvint Mutsiy Sevola va mashxur notiq Lutsiy Litsiniy Krokdan ta’lim oladi. Notiqlik 
asoslarini Appoloniy Moloidan, aktyorlik maxoratini Aksiydan, Yunon falsafasini 
Filon Loriskiydan o‘rganadi. Sitseron Afinaga borib, yirik notiqlardan bu san’at 
sirlarini mukammal o‘zlashtiradi. Bilimini chuqurlashtiradi. Sitseron "Brut", "Notiq"
nomli asarlarida Rim Ritorika tarixi xaqida batafsil fikr yuritib, attikachilarning 
nazariyalariga tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiqdi. Uning 
ta’kidlashicha xar qanday notiqning ko‘zda to‘tgan asosiy maqsadi tinglovchining 
zavqini uyg‘otib, ularini o‘ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq sharoitiga qarab 
mavjud usullarning hammasidan barobar foydalana olishi zarur. Sitseron fikricha, 
kimki jo‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o‘rta darajada, 
ulug‘ hodisalar haqida esa zavq - shavq, bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining 
chinakam ustasi bo‘ladi”
1
 deydi. 
Sitseron bo‘lajak notiqning nimalarga e’tibor berishini quyidagi fikrlarda 
alohida ta’kidlaydi: 
1. Notiq o‘z nutqini mavzusini chuqur bilishi va o‘ziga ishonchi mustaxkam bo‘lishi 
ustivor masaladir. 
2. Nutq jarayonidagi fikr - mulohazalar tinglovchiga o‘rinsiz savol tug‘dirmaydigan 
xolda dalillangan bo‘lishi lozim. 
3. Nutqqa tayyorgarlikning boshi etarli material to‘plashdir. 
1
Марк Туллий Цицерон. Три трактата об ораторском искусстве. М. «Наука», 1972. С.134 


29 
4. Nutqda fikr o‘rinli joylashishi, kompozitsiyaga e’tibor muhim rol o‘ynaydi. 
Uning fikricha, nutq matni talabga javob berarli darajada mantiqli tayyorlanishi lozim. 
Shunda kutilgan natijaga erishish mumkin. Nutq kompozitsiyasi qurilishida quyidagilar 
alohida o‘rin tutadi. 
1. Kirish 
2. Mavzu mohiyatini to‘la qonli ifodalay bilish. 
3. Rejani keyingi qismlarini ifodalash. 
4. Dalillarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilish.
5. Matnning asosiy qismini, mazmunini ocha bilish. 
6. Xulosa.
1
Tinglovchilarni toliqtirib ko‘ymaslik uchun nutq davomida ko‘tarniki usulni bir parda 
pasaytirib, nutq mavzuiga aloqador shaxslar bo‘lsa, ularning goh salbiy, goh ijobiy 
xarakteristikasini berish, ilgari o‘tgan mashxur zotlar haqidagi biron latifani eslatib 
ketish, lozim bo‘lganda ba’zi bir xayotiy manzarani, dramatik voqealarni eslash, 
o‘rniga qarab biroz xikmatli so‘z, maqol Yoki qochiriq gapni qistirib o‘tish - 
Sitseronning eng sevgan usullaridan edi. Sitseron o‘zining salkam 40 yil davom 
etgan ijtimoiy va adabiy faoliyati mobaynida turli-tuman mavzularga bag‘ishlab 
behad ko‘p asarlar yozgan. Ma’lumotlarga qaraganda qadimgi zamonda Sitseronning 
150 ga yaqin nutqi nashr etilgan bo‘lsa, bizga qadar shulardan 58 tasi etib kelgan. 
Bulardan tashqari falsafa mavzularda yozilgan 12 ta asar, notiqlik nazariyasi va 
tarixiga doir 7 ta risola va 800 ga yaqin maktublari saqlanib qolgan. 
Attika usuli respublika tizimining qulashi hamda jamiyatda demokratik chiqish 
erkinligi udumlarining yo’qolishi davrida ustunlikka ega bo‘lgan usulga aylandi. 
Attika usuli bir maromlilik va asoslarning qiyin masalalariga sodda yo‘l bilan 
yondashuvi, notiqning xatti - harakati va imo- ishorasi, ifodali o‘qishi bilan farqlanadi. 
Notiq o‘z nuqtai nazarini auditoriyaga hech qanday etibor bermagan xolda, bepisandlik, 
xotirjamlik va vazminlik bilan ifodalar edi. Attika usuli uning ashaddiy muxlisi 
bo‘lgan, imperiyani o‘z qo’liga olgan Yuliy Sezar tufayli rusm bo‘ldi. Antik davrni 
1
Марк Туллий Цицерон. Три трактата об ораторском искусстве. М. «Наука», 1972. С.27 


30 
oxiriga kelib, Ritorika soxasidagi nazariy izlanishlar to‘xtadi. Jamoatda chiqishlar 
soxasining o‘zi esa cherkov tomonidan qo’lga olindi. Notiqlarning nutqi va’zlarga, 
erkin munozaralar esa diniy maruzalarning muxokamasi shaklini oldi. O‘rta asrlarga 
tashakkur aytishning yagona sababi shu ediki, Sxolastlar uyg‘onish davri va undan 
keyingi davr uchun qadimgi dunyo bilimlarini saqlab qoldilar. 
Uyg‘onish va yangi davr ritorikaga qiziqishning o‘sishi bilan xarakterlanadi. 
Biroq bunda yozma ifoda ustunlik qiladi: satira, pamfletlar, mushoxada va x.k. U 
davrda yangi talimot va konsepsiya darajasida shug‘ullanadiganlar yo‘q xisob edi. 
Yevropaning katta qismidagi cherkov va soslovniy xukumatning zanjirlari qulashi 
bilan inqilob jarayonlarining ta’siri ostida jamiyatdagi chiqishlar siyosiy faoliyatning 
cheksiz atributiga aylandi. Ritorika esa yevropaliklar xayotiga mustaxkam ravshda 
kirib boradi. XIX asrining o‘rtalariga kelib miting va yig‘ilishlar u bilan birgalikda so‘z 
ustaligi xatto teatr va adabiyot qatori dunyo madaniyatining bir qismini tashkil qila 
boshladi. 
Ritorika va ritorikasining texnikasi esa yirik universitetlarning o‘quv 
qo‘llanmasiga kiritiladi. 
Afsuski, Qadimgi Rim qulash kunidan keyingi asrlardagi so‘z ustaligi borasida 
fan tomonidan to‘plangan katta amaliy tajribaga qaramasdan, Ritorikava ritorika 
ta’limoti bo‘yicha sezilarli darajada ishlar qilinmagan va ta’lim berish soxasida ham 
uslubiy ishlar yaratilmagan. 
Ritorikava ritorikaning nazariy shakllanishining shundayligicha chala ishlanishiga 
qaramay, oxirgi 200 yillik – shiddatli taraqqiyot davridir. XIX asrning Attika usuli sof 
xolda faqatgina britaniya Ritorika maktablarida saqlanib qolgan xolos, uning yorqin 
nomoyondasi konservativ partiyaning rahnamosi Dizraeli edi. Yevropaning quruq 
qismida Fransuz inqilobi davridan beri osiyo usuli ustunlik qiladi. Bu usulning ko‘zga 
ko‘ringan notiqlaridan bo‘lgan fransuz sotsialistlari doxiysi Jan Jores edi. 
Qadimgi davrlardagi o‘zgarishlarga nisbatan jiddiy o‘zgarishlarga uchragan 
yagona milliy maktab, Shimoliy Amerika maktabi bo‘ldi. Qishloq sherifidan tortib,
to mamlakat prezidentigacha – xukumat tarmoqlarining barcha organlar saylov 
tizimi va kompaniyalar saylovoldi jarayonlarining o‘tkirligi, AQSH axolisida 


31 
saylovlarda ishtirok etayotgan xar bir nomzodning notiqlik darajasiga nisbatan yuqori 
talabchanlikni shakillantirdi. Amerikalik notiqlarga axolining turli qatlamlari - etnik 
(anglo - sakslar, irlandlar, yaxudiylar, italiyaliklar va x.k.) va ijtimoiy (bir tomoidan 
saylovchilarning asosiy kismini - ya’ni boy bo‘lmagan insonlarni o‘z tomoniga 
og‘dirishga, ikkinchi tomoidan - saylovoldi kompaniyalar uchun pul topish faqat 
tadbirkorlarni o‘z ko‘llanmasi bilan qiziqtirish orqali) oraliqda o‘zlarini chiqishlarini 
qabul qilish jarayonida o‘zaro farqni hisobga olishlariga to‘g‘ri kelardi. Zexn - idrok 
yashash darajasi, milliy va diniy mansublikdan qat’iy nazar saylovchilar 
kategoriyalarining barchasini yoqlashga bo‘lgan ehtiyoj, Amerikalik notiqlarda 
yangi sintetik chiqish uslubini vujudga keltirdi. Unda osiyo usulining jo‘shqinligi va 
attitsizmning axborotga boyligi birlashadi. Bunga protestant vaz’xonlarining 
qo‘llaniladigan usuli qushiladi. 
XIX asrda Fransiya, Italiya, Olmoniya va Avstraliyada burjua demokratik 
revolyusiyasining g‘alabayondan keyin Ritorika yuksak darajada rivojlandi. Shuning 
uchun bu davr notiqlik san’atining gullash davri ham deyiladi. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling