Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI La’lixon Muhammadjonova RITORIKA TOSHKENT – 2019 2 RITORIKA MUALLIF: f.f. n. L. A. Muhammadjonova TAQRIZCHI: f.f.d. M.Qaxxorova dots. f.f.n. D.S. Qodirova Darslik Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti ilmiy uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi va nashrga tavsiya etildi. 3 KIRISH Globallashuv asri kishisining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlaridagi har qanday faoliyatiga beriladigan baho avvalambor, uning tashqi jihatlariga e’tibordan boshlanadi, ya’ni har bir kadrni malakali mutaxassis bo‘lib yetishishda ritorika fanining o‘rni beqiyos. Shu sababli ham ritorikani o‘rganish insonda notiqlik san’ati qoidalarini go‘zal hatti-harakatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi sohalardan birini egallashga muvoffaq bo‘ladi. Zero, kishilarning o‘zaro munosabati agar u ijobiy tus olsa, jamiyat va shahs ravnaqi uchun muvaffaqiyatli kechadi. Albatta, chiroyli muomala, sof qalb, go‘zal xulq-atvorni o‘rganib bo‘lmaydi. Ichki madaniyatni rivojlantirish yuksak insoniy sifatlarni shakllantiruvchi tarbiyaviy ishlar majmuasidan o‘rin olishi kerak Insonning muomalasi xulq-atvorining ko‘zgusi, - deyiladi. Shunday ekan, kishining har bir ishida qalbining go‘zalligi, sof tuyg‘ulari, yuksak g‘oyasi va madaniyati ko‘rinib turishi lozim. Shuningdek, har bir soha egasi nafaqat notiqlik san’atini qonun qoidalarini bilishi, unga amal qilgan xolda fikrini yetkazib bera olishi lozim. “Ritorika” nomi bilan taqdim etilayotgan ushbu darslikda ritorikaning vujudga kelishi va rivojlanishi, uning usullari, uslublari, chiroyli muomala qilsh madaniyati, taqdimot marosimlari va uning turlari, taqdimotchi imijiga doir zamonaviy mavzularning ham ilmiy asoslari tahlil qilingan. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling