Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutq sofligi
Til va nutq
Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisadir. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas, Til - bu quroldir. Til nutq uchun moddiy materialdir, lekin, shu bilan bir qatorda ular bir-biridan farq, ham qiladi. Til kishilarga doimo o‘zaro aloqa, munosabat, madaniy-ma’naviy zaruriyat, jamoa bo‘lib birlashish, kurashish quroli bo‘lib ham xizmat qiladi. Alisher Navoiy ham o‘zining "Mahbub – ul - qulub" asarida tilga shunday baxo beradi. "Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir” 1 Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan xolda mavjudlikka aylangan fikrdir, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘lgan ruhiy hodisa tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tkach, xaqiqatga aylanadi. Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib, jamiyat a’zolarining bir-biri bilan fikr almashuviga xizmat qiladi. Til o‘zida behisob tushunchalarni mujassamlashtiradi. Til butun jamiyat a’zolarining ongli hayot kechirishi, his-tuyg‘ularini ifoda etishi, kurashish va rivojlanishida o‘ziga hos benazirligi va buyukligi bilan ajralib turadi. Adabiy til xalq tili negizida yuzaga keladi. Adabiy tilning paydo bo‘lishi va uni yaratishdan maqsad umumxalq ommaviy aloqa vositasini yaratishdir. Adabiy tildan 1 Alisher Navoiy. To‘liq asarlar to‘plami Т.13 B.68 8 rasmiy davlat tili sifatida foydalanish bu tilning ijtimoiy - siyosiy soxalar tili, rasmiy – muomala va yozishmalar tili, idoraviy ishlar va xujjatlar tili, og‘zaki targ‘ibot va tashviqot tili, ilmiy uslublar tili, badiiy adabiyot va saxna tili, maorif, madaniyat tili kabi ko‘p yo‘nalishlarda rivoj topishi uchun yo‘l ochadi. Adabiy tilsiz nutq madaniyatini, notiqlik sanatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Adabiy til nutq madaniyatining - to‘g‘ri so‘zlash va yozishning o‘lchovi, mezonidir. Nutq sofligi Adabiy til uchun begona unsurlari bo‘lmagan ahloq me’yorlari tan olmaydigan so‘zlardan holi bo‘lgan nutq, sof nutq deyiladi. Ba’zi xolatlarda nutq sofligiga kuydagilar putur etkazib turadi. A) Maxalliy dialekt va Shevalarga hos so‘z, ibora, shuningdek grammatik Shakllar, so‘z va so‘z birikmalarining talaffuzi, urg‘usi; M: Oka! qalaysiz? yoki aka aqa - baqa bormaymizmi? B) O‘rinsiz ko‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari; M: Umuman deyish o‘rniga voobshe, xo‘sh o‘rniga tak. B) Jargonlar; M: O‘zingni olma.Tashavossanmi? G) Vulgarizmlar; Bugungi kunda vulgar so‘zlarning ishlatilishi nutqimiz tozaligiga salbiy ta’sir kilmoqda. Og‘zaki nutqda uchrab turadigan so‘kinish, xaqorat so‘zlari jamiyatning axloq me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan hodisadir. D) Nutqda ortiqcha takrorlanadigan parazit so‘zlar; M: parazit so‘zlar - ya’ni, demak, xo‘sh, v.x.k. B) Kanselyarizmlar. M:Idoraviy atamalar ham nutqning tozaligiga doimo haf solib turadi. Ulardan rasmiy ish qog‘ozlari uslubida foydalanish juda kulay. Ammo og‘zaki nutqda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling