Toshkent – 019 ritorika muallif
Ritorika fanining maqsadi
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
Ritorika fanining maqsadi.
Ritorika faniining asosiy maqsadi ommani umummadaniy saviyasini yuqsaltirishga hissa qo‘shishdir. Shu bilan birga, uning maqsadi talabalarga Ritorika tarixidan ma’lumot berish, ulkan notiqlar, adiblar, so‘z ustalarining nutq madaniyatini rivojlantirish borasidagi xizmatlarini e’tirof etish va ularning boy merosidan umuman foydalanishdan iboratdir. Ritorika- amaliy jixatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til me’yorlari, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo‘lgan nuqsonlar va talaffuzga doir muammolarni xal etish yuzasidan baxs yuritadi. Ritorika fani tilning hamma soxalari buyicha adabiy til me’yorlarni tadqiq qilib boradi. Eng maqbul hodisalarning adabiy me’yorini mustaxkamlash uchun tavsiyalar beradi. Biroq bu fan adabiy me’yorlarni yaratmaydi, ba’zi bir hodisadarni me’yor sifatida majburan kirgizmaydi. Balki, o‘zbek milliy adabiy tili faoliyati, uning rivojlanishini kuzatib boradi, ob’ektni qonunlarini kashf etadi, shular asosida ta’lim 1 Kaykovus. Qobusnoma. Т.:Istiqlol 994. B 29 7 beradi. Ritorika o‘zbek tilshunosligining nazariy bilimlariga suyangan holda to‘g‘ri va chiroyli nutq tuzish sanatini o‘rgatadi. Shu bilan birga bir jixatdan nutq san’atining hilma-hil muammolarini tadqiq qiluvchi fandir. Tarbiyashunoslikning ma’lum soxasi sifatida chiroyli nutq sifatlari, nutq uslublari, kamchilik va xatolari, nutqiy asoslari, urunishlari, ko‘rinishlari, talaffuzga doir muammolalari yuzasidan bilim beradi. Ritorika fani o‘zbek milliy adabiy tili faoliyatini, uning rivojlanishini kuzatib boradi, ob’ektni qonunlarni kashf etadi, shular asosida tavsiyalar beradi. Kishilarda madaniy nutq malakasini shakillantirish, ya’ni adabiy til, umumtil mezonlariga, mavjud qoidalarga to‘la amal qilgan xolda nutq tuzish malakasini shakillantirish notiqlik san’atining asosiy vazifalaridir. Shu bilan birga yaxshi nutqni baxolash va targ‘ib qilish ham uning vazifasi doirasiga kiradi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling