Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- NUTQNING MOHIYATI
NUTQ - bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob kuroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borlik, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan muhim munosabatda nomoyon bo‘lishidir. Nutq jarayoni - tilning o‘z vazifasini bajarish hamda amalga oshirish jarayonidir. Nutq qaysi mavzu doirasida bo‘lishidan qatiy nazar nutqda notiqning hayot yo‘li, yillar mobaynida kechirgan jamiki murakkabliklari, chekilgan iztiroblar aks etmog‘i va shunga uxshash narsalar hayajon bilan bayon etilmog‘i kerak. Shuning uchun ham odamlar yubileyini nishonlayotgan insonga oxirida so‘z berganlarida uning so‘zini butun vujudlari bilan eshitishga harakat qiladilar, nutqni gulduros qarsaklar bilan olqishlaydilar. Boisi, yubilyarning nutqida uning hayoti, hayajoni va samimiy mulohazasi aks etgan bo‘ladi. NUTQNING MOHIYATI - uning madaniyligi, ommaviyligi va ijtimoiy qimmati bilan belgilanadi. «Madaniy nutq», «nutq madaniyati», «notiqlik» degan iboralar bor. Nutqning xarakteri anashularning mohiyatini bilish bilan izohlanadi. Ularning lingvistik birlik sifatida o‘z xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular insonlarning 139 o‘zaro fikr almashishdagi nutqiy jarayonning bosqichli Shakllari deyish mumkin. Anashu Shakllar to‘g‘ri nutq, nutq madaniyati – notiqlikdir. MUOMALA - axloq ko‘rki sanaladi. Har bir kishining qanday dunyoqarashga egaligi, bilimliligi, uning boshqalarga qilayotgan muomalasidan ma’lum bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, muomala insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi hisoblanadi. Bir-birimizga bo‘ladigan muomalamiz, munosabatimizning zamirida ham chiroyli muomalaning shartlari yotadi. Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi. Shuning uchun ham til aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. Aksincha, sergaplik hech qachon kishiga obro‘ keltirmaydi. Ayniqsa, mahmadonalik yosh bolaga xos xususiyat bo‘lib, kattalar uchun bu qusur insonni doimo obro‘sizlantirgan. Shuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, so‘zga hurmat bilan yondoshishni ta’kidlaganlar. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling