Toшкенt – 2022. Yaponiya sug`urtatizimi


Download 21.42 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1784860
Bog'liq
Yaponiya sugurta tizini Sobirov Sardor


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
OЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
TOШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ

Yaponiya sugurta тизими мавзусида 
МУСТАҚИЛ ИШ
Taълим йўналиши: 5230600-Moлия
Бажарди: СMM-55 гуруҳ Sobirov Sardor
TOШКЕНT – 2022

. Yaponiya sug`urtatizimi.


Yaponiyada sug`urta dastlab XX asrning urtasida Buyuk Britaniyaning tashabbusi bilan vujudga kelgan. Faqat Yokogomada 240 ta sug`urta tashkiloti faoliyat ko’rsatgan. Lekin dastlabki milliy sug`urta tashkiloti 1879 yilda Tokio Marina nomi bilan 8 yil bo’lgandan keyin yong`inga qarshi sug`urtalaydigan Yasuda sug`urta kompaniyasi qad kutargan.
Bu tashkilot faqat mulklarni sug`urtalash bilan emas, balki shaxsiy sug`urtani amalga oshirish bilan shugullangan bo’lib, lekin dastlabki davrlarda sug`urta tashkilotlari faoliyatlari davlat tomonida emas edilar. Faqat 1900 yilda birinchi sug`urta konuni qabul qilinib, sug`urta zamon talablariga javob beradigan tartibda tashkil qilina boshlandi, mulkiy sug`urta bilan shaxsiy sug`urta urtasidagi xususiyatlar aniqlandi. Shu yildan boshlab sug`urta ustidan davlat nazorati urnatildi. Utgan 100 yil davomida sug`urta haqidagi qonunga faqat ikki marotaba uzgartirish kiritildi.
1940 yilda sug`urta tashkilotlarining soni 48 taga etdi. Urush davrida sug`urta tashkilotlarinig soni bir muncha qisqargan bulsa ham, 1955 yilga kelib, ayniqsa avtomobillarni sug`urtalash haqidagi qonun qabul qilingandan keyin, sug`urta tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi.
Xozirda Yaponiyada 56 ta sug`urta kompaniyalari majud bo’lib, 1955 yilga nisbatan sug`urta to’lovlari 130 barobarga yaqin kupaydi. Yillik usish 13% ni tashkil qiladi. Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida sug`urta tashkilotlarini jamgarmalari 100 mlrd. AqSh dollarini tashkil qildi. Sug`urta agentliklarida 1 mln.dan ortiq agent faoliyat ko’rsatadi.
Sug`urta turlari orasida avtomobillarni sug`urtalash katta o’rin tutadi, uning xissasi 51,1%, dengiz transporti sug`urtasi 10% dan ortig`ni tashkil qiladi. 
Sug`urta tashkilotlari faoliyati ustidan Yaponiya moliya vazirligi nazorat olib boradi. Vazirlik qoshidagi assostiastiyalar sug`urta, ayniqsa avtomobil sug`urtasining stavkasini, baxtsizlik xodisalari, yongin sug`urtasi shaxsiy sug`urtaning boshqa turlari bo’yicha ta’riflarni belgilaydi.
Yaponiya sug`urta tashkilotlari iqtisodiy jixatdan barqaror bulishlariga qaramasdan o’z faoliyatlarini kengaytirishga, buning uchun harajatlarni kamaytirishga aloxida ahamiyat berdilar. Yaponiyada yuklarini sug`urtalash diqqatga sazovordir. Oziq-ovqat, sanoat tovarlari muzlatilgan gushtlarni tashish aloxida xususiyatlarga ega. Bunda ta’rif qo’llangan marshrut yukning turi va tashish usuli xisobga olinadi. 1996 yil aprelda sug`urta qonuniga kiritilgan uzgartirishlarda sug`urta ishida davlatning aralashuvini kamaytirish, mulk va shaxsiy sug`urtaning o’zaro munosabatlarini takomillashtirishga aloxida ahamiyat berildi.
Aholi tarkibida qariyalarning xissasini oshirib borishi sug`urtalashda ham e’tiborga olinmoqda. Avtomobil sug`urtasida xaydovchini yoshi, tajribasi, mashina markasi, olib qochish sodir bulganda qarshilik kursatish vositalari va boshqalar e’tiborga olinadi. Keyingi yillarda sug`urta tizimini yiriklashtirishga aloxida e’tibor berildi.
Yaponiya sug'urta bozori dunyodagi ikkinchi yirik milliy bozor (AQShdan keyin) bo'lib, global sug'urta mukofotlarining uchdan bir qismidan sal ko'proqni tashkil qiladi.
"Siz o'zingizning xavfsiz qariligingiz haqida o'zingiz va oldindan g'amxo'rlik qilishingiz kerak"
Shunday qilib, aholi jon boshiga shaxsiy sug‘urtaga sarflangan mablag‘lar darajasi taxminan 3900 dollarni tashkil etadi (taqqoslash uchun bu ko‘rsatkich AQSH va Kanadada 2470 dollardan, G‘arbiy Yevropada esa 1640 dollardan oshmaydi).

Sug'urta kompaniyalari faoliyati asosan ichki iqtisodiyotga qaratilgan. Aytishimiz mumkinki, bu sug'urta mahsulotlarining keng assortimentiga ega bo'lgan etarlicha tuzilgan, texnologik va konsentrlangan bozor, ammo hayot sug'urtasi, tibbiy sug'urta, avtomobil va mulk sug'urtasi ustuvor bo'lib qolmoqda.

Ko'pincha yaponlar pulni quyidagi maqsadlarda tejash uchun hayotni sug'urtalashdan foydalanadilar:

Tibbiyot va jarrohlik xarajatlari - 59,6%


Omon qolish - 51,7%
Dafn sug'urtasi - 13,7%
Baxtsiz hodisadan keyingi xarajatlar - 8,8%
Bolalarni o'qitish va turmush qurish xarajatlari - 8,6%
Pensiyaga chiqqandan keyin yashash xarajatlari - 8,6%
Kapital jamg'armasi - 6,7%
Uzoq muddatli parvarishlash xarajatlari - 3,1%
Hayotni sug'urtalash Yaponiyada eng rivojlangan. Buning sababi Yaponiyada uzoq vaqt davomida ijtimoiy sug'urta va farovonlik tizimining yo'qligi, shuning uchun yapon madaniyatida shunday tushuncha mavjud:
Yaponiyaliklar pensiyada qanday yashaydilar?
Yaponiya dunyodagi nafaqaxo'rlarning eng katta ulushiga ega mamlakatdir: keksa odamlar ushbu orol davlati aholisining beshdan bir qismini tashkil qiladi. Shu bilan birga, puxta o'ylangan pensiya tizimi va ajratmalarni qayta investitsiyalash yaponlarga keksalikda mustahkam to'lovlarni olish imkonini beradi.

Yaponiyada pensiya miqdori odam munosib dam olishga qaror qilgan vaqtga bog'liq:

60 yoshda nafaqaga chiqqanda, pensiya to'lovi miqdori 30% ga kamayadi;
63 yoshda yo'qotish 12% ni tashkil qiladi;
65 yoshida nafaqaxo'r unga tegishli barcha mablag'larni oladi;
agar u ishlashni davom ettirsa va 70 yoshda nafaqaga chiqsa, u 42% ga oshadi.
Shunday qilib, davlat o'z aholisini ishlashni davom ettirishga undaydi. Bu yaponiyaliklarning umr ko'rish davomiyligining yuqoriligi tufayli mumkin: erkaklar uchun o'rtacha 80,9 yosh, ayollar uchun - 87,1 yil. Ma'lumki, sayyoramizdagi yuz yilliklarning 20% ​​dan ortig'i bu erda yashaydi.

Bundan tashqari, bunday tizim yaponlarning xulq-atvorining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi - ular mehnatkash xalqdir - ular uchun ularning dolzarbligi va umumiy ishda ishtirok etishidan xabardor bo'lish muhimdir. Qonunga ko‘ra, har bir mehnat shartnomasi inson bilan umrbod tuziladi va xodim sog‘lig‘i o‘z xizmat vazifalarini bajarishga imkon bersa, biror lavozimni egallashi mumkin.


Shunday qilib xorijiy mamlakatlarda sug`urta xalqaro sug`urta bozorining tarkibiy qismi xisoblanadi. Sug`urta yordami bilan yalpi milliy maxsulotining 8-12% taqsimlanadi. Sug`urta badallari yirik investistiyalarning manbai xisoblanadi va sug`urta fondlaridan davlat qarzlarini tulashda ham foydalaniladi.
Ko’pchilik mamlakatlarda sug`urta markazlashtirilmagan xolda boshqariladi, lekin xozirda sug`urtani boshqarishni markazlashtirilgan xolda tashkil qilishga aloxida ahamiyat bermoqda. Uning uchun zarar kurgan sug`urta tashkilotlarini faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.
Jaxon miqyosida mamlakatlar o’rtasida sug`urta aloqalarining rivojlanishi bilan qayta sug`urtalash operastiyalarini kengaytirishga aloxida ahamiyatga ega bulmoqda.
Fan - texnika taraqqiyoti natijasida yangi xavf-xatarlarning vujudga kelishi bilan sug`urtaning yangi turlarini shakllanishi vujudga keldi.Jaxonda fan-texnika taraqqiyoti ilmiy texnika rivojlanishiga ijobiy ta’sir kursatmoqda. Shu munosabat bilan boshqa mamlakatlarda amalga oshiriladigan yoki kelgusida istiqbolga ega bulgan sug`urtaning turlariga quyidagi xavf-xatarlarni kiritilishi mumkin:

  1. Dastlab boshqa sayyoralarga muntazam kosmik kemalarining parvozini tashkil etilishi munosabati bilan osmonga uchish tadbirlari bo’yicha sug`urta; 


  2. Atom xavf-xatari sug`urtasi, bu sug`urta atom asosida ishlaydigan elektr stanstiyalarga doir sug`urta; 


  3. Robotlar va elektron xisoblash mashinalari bo’yicha sug`urta; 


  4. Tabiatni muxofaza qilish tadbirlari bo’yicha sug`urta; 


  5. Yangi ixtirolar va kashfiyotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish bo’yicha sug`urta. 



Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling