Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Kommunikatsiya tushunchasi .Korxona kommunikatsiyasi, tashqi, ichki kommunikatsiya


Download 2.21 Mb.
bet112/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

4.Kommunikatsiya tushunchasi .Korxona kommunikatsiyasi, tashqi, ichki kommunikatsiya.


Kommunikatsiya - bu kishilar o`rtasidagi o`zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlari axborotlarni samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo`lga qo`yilgan kommunikatsiya ish muvof?aqqiyatini ta’minlaydi. So`rovlar shuni ko`rsatadiki, 73 foiz a?erikalik, 85 foiz yapon, 63 foiz angliyalik rahbarlar kommunikatsiya qo`yilgan maqsadga erishish uchun bosh to`siq deb hisoblaydilar. Yana bir boshqa so`rovga ko`ra 2000 turli kompaniyaning 250 ming xodimi korxonalarda axborot almashish eng qiyin masaladan biri deb biladilar.
Umuman har bir rahbar 50 dan 90 foizgacha vaqtini kommunikatsiyaga sarflaydi.13 Shu sababli, shuni tasdiqlash mumkinki, menejer faoliyatining samaradorligi eng avvalo kommunikatsiya samaradorligiga, ya’ni:
*kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati;
*telefonda so`zlashuv qobiliyati;
*rasmiy hujjatlarni tuzish va o`qiy olish qobiliyati;
*majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bo¨liq.
Korxona (tashkilot) kommunikatsiyasi - bu o`ta murakkab, ko`p bosqichli tizim bo`lib, o`z tarkibiga nafaqat tashkilot ichidagi, shuningdek uning tashqarisidagi axborot almashuvini ham oladi.

Tashkiliy kommunikatsiya

Tashqi

Ichki

Gorizontal

Vertikal

Noformal

Bo`g`inlararo kommunikatsiya

Raxbar – bo`ysinuvchi


13.3- sxema. Tashkiliy kommunikatsiyaning tasnifiy sxemasi.


Tashkilot - bu davlat nazorati va boshqaruvi ostidagi ob’ekt bo`lib, u o`zidan yuqori tegishli tashkilotlarga (makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga) turli hisobotlar, ma’lumotlar, axborotlar berib turadi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling