Asosiy bozorning evolutsiyasida texnik taraqqiyotning bosimi ostida va iste’mol odatlarining o‘zgarib turishi natijasida, yuqori-dagidek, ta’riflangan tovar bozorlari barqaror bo‘la olmaydi, bi-roq quyidagicha uch toifaga ajratish mumkin bo‘lgan yo‘na-lishlarda rivojlanish davom etadi.
Iste’molchilarning yangi guruhlarini qo‘shib olish hisobiga kengayishda tovar asta-sekin iste’molchilarning yangi-yangi guruhlarini o‘ziga jalb qilib boradi, bozorni qamrab olish darajasi ortib boradi. Masalan, shaxsiy kompyuterlar o‘rta ta’lim sohasiga tobora kirib bormoqda.
Yangi funksiyalar
hisobiga kengayishda esa, yangi tovarlarning paydo bo‘lishi ilgari turlicha bo‘lgan funksiyalarni birlashtirmoq-da, masalan, hozirgi telefonlar faks, nusxa ko‘chirish qurilmasi va avtomat javob beruvchi funksiyalarni o‘zida mujassamlashti-radi.
Texnologiyaning o‘rnini bosish. Ma’lum bir iste’molchilar guruhiga mo‘ljallangan ma’lum bir funksiyalar endilikda yangi, mukammalroq texnologiyalar vositasida amalga oshirilmoqda. Masalan, bosma materiallarni tarqatish hozirda elektron pochta yordamida amalga oshirilmoqda.
Ushbu o‘zgarayotgan kuchlar va ular ta’siri ostida tovar bozorlarining kengayishi jalb qiluvchanlikni baholashning hal qi-luvchi mezoni bo‘lgan hayot siklini ham o‘zgartirmoqda.
Marketing muhitiga ta’sir kqrsatuvchi omillar
3.6-rasm. Firmaning marketing faoliyatiga ta’sir kqrsatuvchi omillar 17
Tashqi muhitning siyosiy-huquqiy omillari qatoriga quyidagilar kiritiladi:
qonunchilik;
moliya-kredit siyosati;
siyosiy tizimning barqarorligi;
ijtimoiy dasturlar;
mintaqaviy mojarolar.
Marketing faoliyatiga ta’sir kqrsatuvchi asosiy iqtisodiy omillar quyidagilardan iborat:
iqtisodiyotning qsish sur’ati;
inflyatsiya;
aholining xarid layoqati;
ishsizlik darajasi;
kreditlarning ochiqligi;
xomashyo narxi;
jamg’arma va iste’mol nisbati;
iqtisodiy sikllar.
Makromuhitning ilmiy-texnik omillari esa quyidagilardan iborat:
yangi material va texnologiyalarning paydo bqlishi;
fan-texnika taraqqiyotining qsish sur’ati;
fan va ta’limga kiritiluvchi investitsiyalarning qsishi;
yangi tovarlar ishlab chiqarish uchun ilmiy kashfiyotlardan o’z vaqtida foydalanishdan manfaatdorlik.
Marketing faoliyatiga ta’sir kqrsatuvchi madaniy omillar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
xulq-atvor me’yorlari;
ovqatlanish va kiyinishdagi an’analar;
ta’lim va madaniyat darajasi;
diniy omillar.
Quyidagilar marketingning tabiiy-iqlimiy omillari hisoblanadi:
turli iqlim xususiyatlari;
ayrim resurslarning etishmasligi;
dengiz portlari, transport tarmoqlari va energiya manbalaridan uzoqlik.
Sqnggi yillarda quyidagi kabi ekologik omillar tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda:
atrof-muhitni asrash muammosi;
ekologik toza mahsulot;
qrni tiklanmaydigan resurslarning tugab qolish muammosi.
Korxonalar faoliyatiga quyidagi demografik omillar ham ta’sir kqrsatadi:
aholining qsish sur’ati;
aholi strukturasi («qarish», tqliqsiz oilalar, yoshlar ulushining kattaligi);
migratsiya;
shahar va qishloq aholisi nisbati;
oila a’zolarin sonining qsishi.
F irmaning ichki marketing muhiti quyidagi sxemada aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |