Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet151/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

Marketing muhitidagi muloqotlar
Xaridor talablari turli-tuman bqlishi bilan bir qatorda ulardan qay birini birinchi va qaysinisini keyinroq qondirishga bevosita turli tovar yoki xizmat kqrsatuvchi tashkilotlar o’zaro raqobatlashadilar. Masalan, tqrt a’zoli oila rahbari olgan maoshini va tqplagan jamg’armasini tabiiyki, rafiqasi bilan nimaga sarflashni maslahatlashadi. Uy-ro’zg’or buyumlarini yangilash, bolalar uchun kiyim-kechak olish, birga ta’tilni xorijiy davlatda qtkazish va shu kabi talablarni qondirish zarurati va imkoniyai bor deb faraz qilaylik. Bu tovarlarni va xizmatlarni taklif etuvchi tashkilotlar qay tarzda samarali va o’z vaqtida harakat qilsalar, ushbu oila ularning mijozi, xaridori bqladi. Demak, uy-ro’zg’or buyumlarini, bolalar kiyim-kechagini sotuvchi tashkilotlar va sayohat byurosi oilaning istagini birinchi bqlib qondirishda raqobatchi hisoblanadilar.
Muloqotdagi jamoa (auditoriya) – tashkilot bilan bevosita aloqada bqladigan insonlar guruhi demakdir. Tashkilotning o’z maqsadlari sari yqnaltirilgan faoliyatida, u uch turdagi jamoaga duch keladi: ishtiyoqli, axtarilayotgan va ishtiyoqsiz jamoalar. Ishtiyoqli jamoalar – firma uchun manfaatli bqlgan insonlar guruhi, tashkilotlardir. Masalan, tayinli fond uchun xayriya qiluvchi inosnlar guruhi. Axtarilayotgan jamoa tashkilot o’z maqsadlarini jamoa maqsadlari bilan bog’lashga qrinayotgan insonlar guruhidir. Odatda mahalliy aholi, ommaviy axborot vositalari ushbu turkumga kiradilar. Ishtiyoqsiz guruhlar esa, firma maqsadlari va intilishlarini salbiy va manfaatsiz deb hisoblaydigan insonlar guruhi va tashkilotlardan tarkib topgan. Tegishli tashkilot ular bilan hamkorlikni istamaydi, lekin ushbu guruh talablarini inobatga olish, ular haraktaini kuzatish lozim bqladi. Masalan, atrof-muhit va xaridorlar (iste’molchilar) manfaatlarini himoyalovyai guruhlar harakatlari bilan tashkilot bevosita aloqada bqladi.
Muloqotdagi jamoani yana o’zgacha tarzda turkumlash mumkin. Xususan, faoliyat yqnalishiga kqra jamoani quyidagicha turkumlash keng tarqalgan: moliyaviy doiralar, ommaviy axborot vositaalari vakillari, davlat muassasalari, fuqorolik va mahalliy jamoa vakillari, keng omma, ichki muloqotdagi jamoa. Tashkilot faoliyatini umumiy jihatdan olib qaraydigan bqlsak, u ushbu yuqorida sanalgan jamoa vakillarining ishtiyoqlari, talablari bilan bevosita tqqnashadi, tayinli kelishuvlarga, qarorlarga keladi.
Masalan, har bir tashkilot moliyaviy doira vakillari bqlmish bank, sug’urta muassasalari, brokerlik firmalari, aktsionerlar bilan muloqotda bqladi. Chunki tashkilotning moliyaviy holati, aktsiyalari kursi yangi loyihalari yuzasidan bevosita mulohaza va muloqot vujudga keladi. Mahalliy jamoa va fuqarolik jamoalari bir-biridan farqlanadi. Mahalliy jamoa – tayinli firma joylashgan manzilgohdagi aholi hisoblanadi. Bu jihat, ayniqsa, transmilliy korporatsiyalar faoliyatida yaqqol kqrinadi. Masalan, IBM korporatsiyasining Gonkogdagi bqlimi joylashgan manzildagi mahalliy aholining munosabati.
Fuqarolik jamoalari jumlasiga iste’molchilar himoyasi jamiyatlari, turli yqnalishlarda tuzilgan harakatlar, fondlar hamda kam sonli millat vakillari himoyasi va hokazolar kiradi. Bu jamoa tashkilot bilan bandlik, ish qrinlarini tashkil etish, tovarlarni sinash va boshqa bir qator yqnalishdagi sohalarda muloqotda bqladi.
Fuqarolik jamoalari harakati amaliyotda ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatiga aloqadorligini yaqqol sezish mumkin. Xususan, matbuotda diskriminatsiya, irqiy cheklashlar, ayollar mehnati, atrof tabiiy muhit himoyasi, ijtimoiy adolat va boshqa turkumlardagi axborot va xabarlar aksariyat miqdorni tashkil etadi. Bu esa, o’z navbatida, firmalarning fuqarolik jamoalari bilan qta ehtiyotkor va e’tiborli munosabatlarda bqlishlarini talab qiladi.
Ichki muloqot guruhiga bevosita tashkilot tarkibida amal qilayotgan rasmiy va norasmiy guruhlarni kiritish mumkin. Masalan, kasaba uyushmasi, direktorlar kengashi vakillari, boshqaruvchilar, ishlayotgan bolali ayollar va hokazolar. Ichki muloqotdagi jamoa manfaatlari va talablarini qrganish korporatsiya madaniyati va turmush tarzining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.





Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling