Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Kirish yoki tovarning bozorga kirib kelishi bosqichi


Download 2.21 Mb.
bet167/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

1. Kirish yoki tovarning bozorga kirib kelishi bosqichi, bunda tovar muomalaga o‘rtacha yoki kam partiyalarda chiqarilgani uchun bu davrda ishlab chiqarish yarim kuchda va to‘la samarali ishlash xarakteriga ega bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bunda yuqori tannarxliligi bilan ajralib turadi, chunki uni chiqarish texnologiyasi to‘la ishlab chiqilmagan.
Yangi tovarning bozordagi omadi uchun tovar xarakteristikasini shakllantirish, uni dizayni, iste’mol xususiyatlari hamda tovar sifatidagi salbiy kamchiliklari tugatish va so‘ng iste’molchilarni jalb qilishga yordam beradagan iste’molchilar bilan teskari aloqa omillari asosiy o‘rinni egallaydi. Bu davrda bozorda bu tovarga o‘xshab ketadigan tovarlar bo‘lishi mumkin, biroq aynan shunday tovarni hech kim amalda ishlab chiqarmaydi. Bu bosqichda firma bozorda monopol xususiyatli bo‘ladi. Mahsulot realizatsiyasi hajmi bu davrda unchalik ko‘p bo‘lmaydi.
Bozorga tamoyilial yangi mol kirgan tashkilot odatda bozorda mustahkam, betakror o‘rinni egallaydi va raqobat deyarli mavjud bo‘lmaydi.
Hozirgi zamon sharoitida baholar TXTsning keyingi bosqilari ichida, eng yuqori bo‘ladi, chunki bu bosqichda tovar yangiligi va originalligidan maksimal foydalanishga harakat qilinadi. Biroq bozorga yorib kirish, strategiyasi tanlangan bo‘lsa ular bahosi ancha past bo‘lishi mumkin.
Bu tovar bo‘yicha foyda yo‘q yoki juda past darajada, ya’ni tashkilot bu davrda tovardan zarar ko‘rmoqda.
Xaridor bozorda yangi paydo bo‘lgan tovarlarga nisbatan sust munosabatda bo‘ladi. Uni avvalo tovarni tekshirib ko‘rishga ishontirish lozim. Potentsial iste’molchilar miqdori novatorlar segmenti bilan cheklanadi.
Bu yangiliklarni topishga va keyingi davrda foyda beradigan narsalar haqida fikrlaydiganlardir. Yangi mahsulotning bozorga kirish tarmoqlari maxsus ishlab chiqilgan.
Reklamalarga realizatsiya hajmiga qaraganda ancha ko‘p mablag‘ sariflanadi va u informatsion xarakterda bo‘ladi. Marketing xarajatlari juda katta. Bu bosqichda marketingning asosiy vazifasi:
- Mavjud sotish tarmog‘ini takomillashtirish hisobiga yangisini yaratish; yangi sotish kanallarini yaratish; eski sotish tizimidan foydalanish:
- Yangi tovar xususiyatlari va ustunliklarini potentsial xaridorlarga etkazuvchiga xizmat qiladigan informatsion reklamalarni aktiv olib borish:
- Yangi tovar bilan bozorga chiqishning eng optimal vaqtini tanlash:
- Yangi tovarga o‘xshab ketadigan boshqa tovarlar bilan bo‘ladigan funktsional raqobatni engib chiqish usulini o‘ylab chiqish:
- Yangi tovar chiqimiga nisbatan raqobatchilar olib borishi mumkin bo‘lgan javob yurishlar yo‘nalishlarini aniqlash:
- Bozordagi mavjud iste’mol tizimini yangi tovarga mosligini ta’minlash:

  • Yangi tovarni bozorga texnologik va bozor moslashuvini ta’minlash:


Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling