Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Tovarning asosiy tavsiflash belgilari
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovarga asosiy talablar va uning ehtiyojga moslashuvi.
Tovarning asosiy tavsiflash belgilari.
- xizmat qilish tavsifi; - ishonchliligi va uzoqqa yarashi hisoblanadi. Jahon bozorida shuningdek, tovarning quyidagi xususiyatlariga ham alohida e’tibor beriladi: rangi, qadoqlanishi, tashqi ko‘rinishining fasohati (dizayn), ergonomik xususiyatlari, ilova qilinadigan hujjatlar. Tovar - murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarish - unga ega bo‘lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatlaridir. Tovarga asosiy talablar va uning ehtiyojga moslashuvi. Tovarlarning xususiyatlari inson ehtiyojlariga mos ravishda uch turga ajratiladi: 1) tovarlarning moddiy ehtiyojlarni qondira oladigan funktsional xususiyatlari; 2) tovarlarning ma’naviy ehtiyojlarni qondira oladigan nafosatli xususiyatlari; 3) tovarlarning ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladigan ergonomik xususiyatlari. qayd qilingan xususiyatlarni ma’lum davr mobaynida saqlab qoladigan to‘rtinchi xususiyat - bu tovarning pishiq - puxtaligidir. Tovarlar funktsional xususiyatlari tufayli inson hayotida muayyan vazifani bajarib, uning moddiy ehtiyojini qondiradi. Tovarlarning funktsional xususiyatlari ularni iste’mol qilish mobaynida ma’lum fizik yoki kimyoviy jarayonlar natijasida yuzaga chiqadi. Bu jarayonlarga qarab ularning funktsional xususiyatlarini 8 turga ajratish mumkin: kimyoviy, fizik-kimyoviy, mexanik, termik, optik, akustik, elektrik va magnit. Tovarlarning estetik xususiyatlari deyilganda, ularning shakli, tuzilishi va pardozi tushuniladi. Tovarlarning bu xususiyatlari iste’molchilarga badiiy zavq bag‘ishlay olishi kerak. Ma’lumotlarga qaraganda, 40 foiz xaridorlar tovarlarning estetik xususiyatlari qoniqarli bo‘lmagani uchun magazindan xarid qilmasdan chiqib ketar ekanlar. Tovarlarning estetik xususiyatlariga misollar: magnitofon shaklining o‘ziga xosligi; mebelning zamonaviy usulga mosligi; ust kiyimining va poyabzal modelining zamonaviy modaga mosligi; tovarlarning tashqi bezagi; tovarlar qo‘shimcha bezaklarining ularing estetik xususiyatlariga salmoqli hissa qo‘shishi. 3. Ergonomika insonnning unumli ishlashi uchun shart-sharoit va qulaylik yaratish imkoniyatlarini o‘rganadi. Tovarlarning ergonomik xususiyatlari deb ularni ishlatish qulayligi va gigienik bezararligiga aytiladi. Tovarlarni ishlatish qulayligi iste’molchining: antropometrik; fiziologik; psixofiziologik; psixologik xususiyatlariga mos kelishi; tovarlarning shinamligi; tovarlarning universalligi; - jildirish va joylashtirish qulayligi; Tovarlarning gigienik bezararligi esa - ularni ishlatish bezararligi, havfsizligi, shovqinsizlikni ta’minlash xususiyatlarini bildiradi. Tovarlarning pishiq-puxtaligi - ularning buzilmay ishlashini, chidamliligini, ta’mirlashga yaroqliligini, tashqi muhitga inertligini bildiradi. Tovar xususiyatlarining majmui quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: Sifati (ishonchliligi, xizmat qilish muddati, dizayn). Xizmatga yaroqliligi. Narxning sifat va iste’mol qimmatiga muvofiq kelishi. Tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjatlar. Sotishdan keyingi servis xizmati. 6. Turining ko‘pligi, tanlov imkoniyati. Yangi tovar uchun bozor yangiligi zarur. Yangi tovarlar ikki xil bo‘ladi: Yangi kashf etilgan tovarlar ayrim orzularni ro‘yobga aylantiradi. Bunday tovarlar boshlang‘ich sarflarni qoplash uchun eng yuqori bahoda sotiladi. Yaxshilangan tovar. Misolimizda-patefon. Bunda valik plastinkaga almashtirilgan. Natijada endi uzoq xizmat qiladigan, sifati yaxshilangan, o‘rnatish qulay bo‘lgan, ko‘paytirish imkoni tug‘ilgan. Bunday misollarni hozirda ko‘plab keltirish mumkin. Tovar bugungi ehtiyojga emas, ommaviy sotuv davriga mo‘ljallanishi kerak. Bozor tovarlarni tabiiy ravishda sarxillab beradi, bozorga kiritilgan 10 xil tovardan 8 tasi quyidagi sabablarga ko‘ra bozordan chiqib ketadi: Ehtiyojni aniqlashning noto‘g‘riligi - 45% Reklama va so‘rovning etarli emasligi - 25% Narxning oshirib yuborilgani - 20% Raqiblarning javob harakatlari - 17% Vaqtning noto‘g‘ri tanlanishi - 14% Hal etilmagan ishlab chiqarish muammolari mavjudligi- 12% Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling