Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet163/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

Qulaylik darajasi tovarning nisbiy tavsifnomasi bo‘lib, tovarni yaratish va ishlab chiqarishda shakllantiriladi hamda uni iste’mol qilish davomida baholanadi. Qulaylikni baholash tovarning uning e’lon qilingan tavsifnomasiga mos kelish darajasini iste’molchi tomonidan subyektiv qabul qilinishi bilan bog‘liq. Qulaylik dara­jasi qanchalik yuqori baholansa, tovar ishlab chiqaruvchi firmaning xaridor oldidagi obro‘si shunchalik yuqori bo‘ladi, fir-maning real va potensial mijozlar doirasi kengayadi.
Tovarning ishonchliligi uning belgilangan faoliyat ko‘rsatish sharoitlarida belgilangan vazifalarni belgilangan hajmda bajarish xususiyati bilan tavsiflanadi. Tovarning ishonchliligi — mah-sulotning faoliyat ko‘rsata olishini tavsiflovchi kompleks ko‘rsat-kichdir. U chidamlilik (uzoq vaqt xizmat qilish), ta’mirlashga yaroq-lilik, xavfsizlik va shu kabi bir qator ko‘rsatkichlar bilan aniqla-nadi.
Tovarning chidamliligi (uzoq vaqt xizmat qilishi) - tovarning o‘z ish qobiliyatini belgilangan foydalanish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimidagi chegara holatigacha saqlay olish xususiyati-dir. Chidamlilik xaridor uchun tovardan ko‘zda tutilgan muddat davomida normal foydalanishni bildiradi. Tovar chidamliligini baholashda uning nima uchun mo‘ljallanganligiga, uning jismoniy va ma’naviy yemirilish muddatlariga alohida e’tibor berish lozim.
Tovarning ta’mirlanuvchanligi - tovarning buzilishi, shikast-lanishining oldini olish va bu kamchiliklarni texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘li bilan bartaraf etish imkoniyatlari bilan bog‘liq g‘oyatda muhim jarayondir. Tovarning ta’mirla­nuvchanligi iste’molchining foydalanish davrida ishdan chiqqan mahsulotning ishlash qobiliyatini tiklashga sarflaydigan kelgusi (xariddan keyingi) xarajatlar darajasini aks ettiradi. Iste’molchi tovardan foydalanishda qanchalik kam xarajat qilsa, savdodan av-valgi va savdodan keyingi xizmat ko‘rsatish darajasi qanchalik yu­qori bo‘lsa, iste’molchi uchun tovarning ta’mirlanuvchanlik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Tovarning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlashi mumkin bo‘lgan xususiyatlardan yana biri - bu tovarning xavfsizligidir. Tovarning bu xususiyati odamlar va atrof-muhit uchun xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik xususiyatini aks ettiradi. Masalan, elektr uskunalaridan foydalanishda tok urishidan himoya qilish yoki oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlaridan foydalanishda chiqitlarni yo‘q qilish.
Shu tariqa ishonchlilik qiymati tovardan foydalanish jarayonida tovarning kompleks tavsifnomasi sifatida tovar qo‘shimcha im-koniyatlarining muhim omili vazifasini bajaradi. Bir tomondan, u tovarning normal ishlash ehtimolini aks ettirsa, ikkinchi to­mondan, iste’molchining nafaqat tovar sotib olishdagi, balki, bundan ham muhimi, ma’lum vaqt davomida tovardan foydala­nishda sarflovchi xarajatlar darajasini aks ettiradi.
Tovar dizayni korxona yoki tashkilotning tovar va xizmatlari differensiatsiyasining istiqbolli usuli hisoblanadi. U tovarning tashqi ko‘rinishi va xaridorning muayyan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan vazifalarini tavsiflaydi. Shuni e’tiborga olish kerakki, tovar dizayni tovarni sotuvga tayyorlash bosqichida yaratilmaydi. U mahsulot va tovar hayotiylik davrining barcha bosqichlarida shakllantiriladi. Tovarni ishlab chiqish bosqichidayoq, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tovarning vazifalarini belgilashda tovarning tashqi ko‘rinishi, uning funksional, ekologik va estetik tavsifnomalari aniqlanadi. Shuningdek, tovarni ishlab chiqish bosqichida xaridorning tovarning tashqi ko‘rinishi va tovar bajari-shi lozim boigan vazifalarga talabi hisobga olinadi. Yaxshi dizayn tovarning iste’molchi uchun jozibadorligini ta’minlaydi, savdo hajmi va firma obro‘sining o‘sishiga, shuningdek, tovarni ishlab chi-qarish va taqsimlashdagi xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Masalan, Broun kompaniyasi yaxshi dizayn har doim yangi-cha uslubda bo‘lishi, mahsulotning foydaliligini, uning estetikasi-ni oshirishi, mahsulotning mantiqiy tuzilishini aks ettirishi (ya’ni uning shakli mazmuniga mos kelishi), tajovuzkor bo‘lmasligi, haqqoniy bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan eskirib qolmas-ligi, izchil bo‘lishi, ekologiyaga zid bo‘lmasligi, ixcham bo‘lishi lozim deb hisoblaydi. Dizaynni ishlab chiqishda har bir firma di-zaynni shakllantirishning asosiy tamoyillaridan tashqari firma-ning imkoniyatlari va muayyan bir tovar taklif etiladigan iste’molchilar iyerarxiyasini ham hisobga olishi lozim.
Amalda ko‘p hollarda tovarni uning tabiiy xususiyatlari va si-fatlari diapazonini kengaytirish hisobiga differensiyalash ham uchrab turadi. Bunday hollarda xizmatlar differensiatsiyasidan foydalaniladi, ya’ni tovarga qo‘shimcha ko‘rsatiluvchi xizmatlar soni oshiriladi va sifati yaxshilanadi. Xizmatlar differensiatsiyasi­ning darajasini aniqlashga imkon beruvchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida buyurtmani rasmiylashtirish, tovarni yetkazib berish va o‘rnatishning soddaligi (oson), xaridor va iste’molchilarni o‘r-gatish va ularga maslahat berish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni ko‘rsatishimiz mumkin.
Firmaning raqobatchilik ustunligini yaratish va bozorda to­varning jozibadorligini shakllantirishning ko‘rib chiqilgan usul-laridan tashqari personalni differensiyalash, taqsimlash kanal-larini differensiyalash va imijni differensiyalash kabi usullar ham mavjud.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling