Tayanch iboralari :
Iste’molchi xulq atvori
Konsyumerizm
Ijtimoiy-demografik segmentlashning
Foyda olish segmentatsiyasi
Savol va topshiriqlar
Bozorni qamrab olish strategiyasini va uning turlarini izohlab bering.
Tovarni pozitsiyalash deganda nimani tushunasiz?
Mikrosegmentatsiya tahlili necha bosqichdan iborat?
Bozor chuqurchasi deganda nimani tushunasiz?
Iste’mol bozorlari uchun qanday segmentlash usullarini bilasiz?
16-mavzu. Marketing tizimida tovar siyosati
Reja
1. Marketing tizimida tovar siyosati.
2. Tovarlar guruxi va turkumlanishi
3. Tovarning xayotiy davri va ularning asosiy bo‘g‘imlari
4. Yangi tovar tushunchasi
5. Ishlab chikarishni modernizatsiya kilish va texnologik kayta jixozlash.
Marketing tizimida tovar siyosati.
Bozor sharoitida tovar siyosatini amalga oshirish taktikasi va strategiyasini tanlashga oid qarorlarni korxona mustaqil qabul qi-ladi. Har bir korxona bozorga birgalikda firmaning tovar nomen-klaturasini yoki tovar miksini ifodalashi mumkin boigan bitta yoki bir necha xil tovarni, bitta yoki bir nechta tovar liniyalarini taklif qilishi mumkin.
Tovar liniyasi - bu ishlash tamoyillari o‘xshash bo‘lgan yoxud bitta toifadagi iste’molchilar uchun mo‘ljallangan, yoxud bir turdagi do‘konlar orqali yetkazib beriluvchi, yoxud ma’lum bir narx doirasida sotiluvchi mahsulotlar guruhidir.
Tovar liniyasi uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin. Korxona o‘zi olayotgan foyda miqdorini mazkur tovar liniyasiga kiruvchi mah-sulot assortimentini kengaytirish hisobiga oshira oladigan bo‘lsa, bu holda tovar liniyasi qisqa bo‘ladi. Korxona oladigan foyda miqdorini mahsulot assortimentini toraytirish hisobiga oshirish mumkin boisa, bu holda tovar liniyasi uzun deb ataladi.
Tovar liniyasini kattalashtirish tovar liniyasini uzaytirish yoki toidirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tovar liniyasini uzaytirish qoidaga ko‘ra korxona yangi bozor segmentlarini izlayotgan yoki raqobatchilik kurashida ahvolni o‘z foydasiga o‘zgartirishga intilayotgan paytda amalga oshiriladi. Bunga korxona tomonidan hozirgi paytda hali biron marta ishlab chiqa-rilmagan mahsulot chiqarishni yo‘lga qo‘yish tufayli erishiladi. Tovar liniyasini uzaytirish ,,pastga qarab" (sodda va arzonroq tovar ishlab chiqarish), ,,yuqoriga qarab" (murakkab va qimmat mahsulot ishlab chiqarish) yoki bir vaqtning o‘zida ikkala yo‘na-lishda amalga oshirilishi mumkin. Tovar liniyasini to‘ldirish ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada to‘laroq foydalanish va bozorga chiqariluvchi tovarlar turini ko‘paytirish uchun qo‘llanadi. Tovar liniyasini bu tarzda kattalashtirish mazkur liniyadagi tovarlar assortimentini kengaytirish hisobiga amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |