Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Raqobatda quyidagi narsalarga alohida e’tibor berish kerak
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Ishlab chikarishni modernizatsiya kilish va texnologik kayta jixozlash.
Raqobatda quyidagi narsalarga alohida e’tibor berish kerak:
- tovarning texnik jihatdan yangiligi; - o‘xshash tovarlarga nisbatan ishlab chiqarilayotgan tovarning chidamli, ishonchliligi, sifatining yuqorilik darajasi; - tovarlarning yangidan-yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari; - tovarlarni sotib olgan xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xilma-xilligi, holati; - tovarlarning tejamliligi, ixcham, foydalanishdagi samarasi; atrof-muhit uchun ekologik toza bo‘lishi va hokazolar. Bo‘lajak xaridorlar ehtiyojini o‘rganish 13-rasm. Tovar raqobatbardoshligini aniqlash bosqichlari. Tovarni sotib olishda insonlar ma’lum ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutadilar. Shu sababli tovarning sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborot zarur. Bozorga kirish firma uchun mas’uliyatli davr, uning tovarlari haqida hali ma’lumotlar berilmagan. Bo‘lajak iste’molchi quyidagi axborotlarni olishi shart: - tovarning borligi va sotilish joyi; - qaysi ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi; - iste’mol qiymatining asosiy ko‘rsatkichlari; - xaridorlarni qoniqtirmay qolgan holda ularning himoya qilish kafolatlari. Bo‘lg‘usi xaridorlarga axborot etkazish usullari: Reklamalar. Ko‘rgazmalar o‘tkazish. Yig‘ilishlar, anjumanlar va filmlar orqali. 5. Ishlab chikarishni modernizatsiya kilish va texnologik kayta jixozlash. Yangiliklar (tovar bo‘yicha, sotuv metodi, bozor va boshqalar bo‘yicha)ning barcha turlarining integratsiya jarayonlarini tezlashishini ta’minlovchi boshqaruv metodlarining yig‘indisi va ishlab chiqarish tijorat faoliyatida innovatsiyalarni stimullashga yordam beruvchi qulay shart-sharoitlarni korxonada yaratish - o‘zida innovatsion siyosatni aks ettiradi. Uning maqsadi-ishlab chiqarish muddatini qisqartirish, yangi mahsulotni kiritish va ishlab chiqarish va sotish rentabelligini oshirish. Innovatsion siyosat marketing tizimida tovar siyosatining o‘zak bo‘g‘inidir va u o‘ziga yangi g‘oya qidirish jarayonini va xaridorning so‘nggi talablariga ko‘ra yangi tovar yaratish, yangi tovarni bozorga chiqarish bozorda uning harakatini nazorat qilish. Tashqi NTRni rivojlantirishi, ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlarga moslashish. Firmaning olib borayotgan siyosatiga raqobatchilarning havfi, bozordagi o‘zgarishlarga moslasha olish, iste’molchilarning istaklaridagi o‘zgarish. Ichki harakat savdoni hajmini oshirish, foyda va daromadni oshirish raqobatchilikni yaxshilash firma uchun yangi bo‘lgan bozorga chiqish. Yangi tovar ishlab chiqarish yoki innovatsion realizatsiya qilish siyosati 3 ga bo‘linadi: 1. Tovar ishlab chiqarishdagi yangi g‘oyalar innovatsiyadagi talabni aniqlash katta o‘rin tutadi, iste’molchilar tomonidan yangi tovarlarga talabi hamda tovarni bozorga chiqarishning qulay payti. 2. Yangi tovar namunasini ishlab chiqarish va uni bozor va lobaratoriyalarda sinovdan o‘tkazish. NTRning rivojlanishi bilan raqobatchi firmalar qisqa vaqt ichida tovar ishlab chiqarish uchun ba’zi birlari bozor sinovidan voz kechishgan, bu esa ishni ancha qiyinlashtirgan. 3. Keng kamrovda ishlab chiqarish va bozorni tayyorlash. Bunda marketologlar tovar ishlab chiqarishning aniq bajarilishi va ish grafigini nazorat qilishadi. Tovarning sifat darajasiga etishi uchun ular ayrim o‘zgartirishlar kiritib turishi mumkin. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling