3- amaliy ish. Laboratoriyani sertifikatsiya va akkreditatsiya sinovidan o‘tkazish xujjatlarini tayyorlash. Laboratoriya sinovidan o‘tgan yo‘l qurilish materiallariga sertifikat rasmiylashtirish va xulosa berish Ishdan maqsad


Download 0.6 Mb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1220446
  1   2
Bog'liq
3- amaliy ish. Laboratoriyani sertifikatsiya va akkreditatsiya s (1)


3- Amaliy ish.
Laboratoriyani sertifikatsiya va akkreditatsiya sinovidan o‘tkazish xujjatlarini tayyorlash. Laboratoriya sinovidan o‘tgan yo‘l qurilish materiallariga sertifikat rasmiylashtirish va xulosa berish


Ishdan maqsad: Sinov laboratoriyasini sertifikatsiya va akkreditatsiya sinovidan o‘tkazish hujjatlarini tayyorlashni o‘rganish.

Sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash - akkreditatsiya organi tomonidan tashkilotning ma’lum bir sohada muvofiqlikni baholashni amalga oshiris vakolatini rasman e’tirof etishdir.


Akkreditatsiya - sinov laboratoriyalanning vakolatlarini tan olinganligi to‘g‘risidagi hujjatidir.
Laboratoriyani akkreditatsiyalashdan maqsad:

  1. laboratoriya vakolatini tasdiqlash;

  2. ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va xaridorlar akkreditatsiyalangan laboratoriyaga ishonchini taminlash;

  3. akkreditatsiyalangan laboratoriyalar faoliyati natijalarini tan olish uchun shart-sharoitlar yaratish.

O‘zDSt ISO /IEC 17025 xalqaro standarti talablari asosida sinov laboratoriyalari akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Laboratoriyadan akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma quyidagilarga kafolat beradi:


» mustaqildir va uning faoliyati natijalari bo‘yicha qonuniy javobgar bo‘lishi mumkin;
» o‘z faoliyatida davomida sertifikatlangan usullardan foydalanadi;
» akkreditatsiya sohasiga kiritilgan barcha turdagi sinov uskunalarini va vositalardan foydalanadi;
» sinov uskunalari va o‘lchov qurilmalari qiyoslash va kalibriash o‘z vaqtida amalga oshiriladi;
» namuna olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
» sinovlar va o‘lchovlar malakali xodimlar tomonidan amalga oshiriladi;
» laboratoriya xonalari belgilangan talablarga javob beradi;
» samarali sifat menejmenti tizimiga ega.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling