Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti


Download 2.21 Mb.
bet35/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti:

1.

Fuqarolarning xuquqlari va erkinliklariga, konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishning kafilidir;

2.

O`zbekiston Respublikasining suvirneneti, xavfsizligi va xududiy yaxlitligini muxofaza etish milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;

3.

Mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;

4.

Muzokaralar olib boradi va O`zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

5.

O`z xuzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik va boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

6.

O`zbekiston Respublikasining chet davlatlaridagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlaydi xamda lavozimlardan ozod qiladi;

7.

Respublika Oliy Majlisiga xar yili ichki va xalqaro axvol xususida ma’lumotnoma taqdim etadi;

8.

Ijro etuvchi xokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy xokimiyati va boshqaruv organlarining baxamjixat ishlashini ta’minlaydi; O`zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo‘mitalarini xamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni Oliy Majlis tasdig‘iga kiritadi;

9.

Bosh Vazir, uning birinchi o‘rinbosari, o‘rnbosarlarini, Vazirlar Maxkamasi a’zolarini, O`zbekiston Rsepublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning tasdig‘iga kiritadi;

10.

Oliy Majlisga Konstitutsiyaviy sud raisi va a’zolari, Oliy sud raisi va a’zolari, Oliy xo‘jalik sudi raisi va a’zolari, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O`zbekiston Respublikasi tabiatini muxofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi.

11.

Viloyat, tuman, shaxar va xo‘jalik sudlarining sud’yalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;

12.

Viloyat xokimlarini va Toshkent shaxar xokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, bu masalalarni tegishli xalq deputatlari kengashining tasdig‘iga qo‘yadi; Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadri-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-xarakat sodir etgan tuman va shaxar xokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimdan ozod etishiga xaqli;

13.

Respublika boshqaruv organlarining, shuningdek xokimlarining qabul qilgan xujjatlarini to‘xtatadi va bekor qiladi;

14.

O`zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi; qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muxokama qilish va ovozga qo‘yish Oliy Majlisga qaytarishga xaqli. Agar Oliy Majlis ilgari o‘zi qabul qilgan qarorni uchdan ikki qismdan iborat ko‘pchilik ovoz bilan tasdiqlasa, Prezident qonunni imzolaydi;

15.

Favqulotda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik xalokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O`zbekiston rsepublikasining butun xududida yoki uning ayrim joylarida favqulotda xolat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O`zbekiston Rsepublikasi, Oliy Majlisining tasdig‘iga kiritadi. Favqulotda xolat joriy etish shartlari, va tartibi qonun bilan belgilanadi.

16.

Respublika ¡urolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, ¡urolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi; Oliy xarbiy unvonlarni beradi;

17.

O`zbekiston Respublikasiga xujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini muxofaza qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush xolati e’lon qiladi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig‘iga kiritadi;

18.

O`zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O`zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;

19.

O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni xal etadi;

20.

Amistiya to‘g‘risidagi xujjatlarni qabul qiladi va O`zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan xukm qilingan fuqarolarni avf etadi;

21.

Milliy xavfsizlik va davlat nazorati xizmatlarini tuzadi, ularning rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, xamda o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni xal qiladi.

Perzident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga xaqli emas.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqarishning umumdavlat organlari tarkibiga qonun chiqaruvchi organlar xam kiradi. ¡onun chiqaruvchi organ-bu Oliy Majlisdir. Konstitutsiyamizning 76-77 moddalarida shunday deb yozilgan:
O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi xokimiyatni amalga oshiradi, xududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyalilik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1994 yil 25 dekabrda saylangan bo‘lib, mamlakatda demokratiya taraqqiyotining yangi bosqichini o‘zida ifodalaydi.
Parlament ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis raisi rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tashkil qilingan. Lavozimi bo‘yicha uning tarkibiga rais o‘rinbosari, Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyasi raislari, blok va fraktsiyalar vakillari kiradi.
Oliy Majlis tarkibiga quyidagi qo‘mitalar faoliyat ko‘rsatadi:

  • byudjet, bank va moliyaviy masalalar bo‘yicha;

  • iqtisodiy isloxatlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish;

  • qonun chiqarish va sud-xuquqiy masalalar bo‘yicha;

  • xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha;

  • sanoat, energetika, tarknsport, aloqa va axoliga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha;

  • agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat bo‘yicha;

  • mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish masalalari bo‘yicha;

  • qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘yicha;

  • matbuot va axborot bo‘yicha;

  • mudofa va xavfsizlik masalalar bo‘yichcha.

Deputatlik birlashmalarining tarkibi esa quyidagicha taqsimotga ega.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling