Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet36/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

Deputatlik birlashmalari tarkibi


¹

Birlashmalar

kishi

%




Ja’mi deputalar

250

100




shu jumladan:







1.

Hokimiyatning vakillik organlardan deputatlar bloki

120

48

2.

Xalq demokratik partiyasidan deputatlar fraktsiyasi

69

27

3.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan deputatlar fraktsiyasi

47

19

4.

“Vatan taraqqiyoti” partiyasidan deputatlar fraktsiyasi

14

6

Oliy Majlis xalq xo‘jaligini markazlashtirilgan tarzda boshqarishda bevosita ishtirok etadi. Mamlakatni rivojlantirish soxasida Oliy Majlisga Konstitutsiyamizning 78-moddasiga binoan quyidagi mutloq vakolatlar berilgan:

1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

2. O`zbekiston Respublikasi ¡onunlarini qabul qilish xamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

3. O`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

4. O`zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilash;

5. O`zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O`zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi xaqidagi qarorlarin tasdiqlash;

6. Boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tarktibga solish;

7. Ma’muriy-xududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, O`zbekiston Respublikasining chegaralarini o‘zgartirish;

8. Vazirlar Maxkamasining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;

9. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va maxalliy vakillik organlariga saylov tayinlash; Markaziy saylov komissiyasini tuzish;

10. Vakolati tugashi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash;

11. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisini va uning o‘rinbosarlarini saylash;

12. O`zbekiston Rsepublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;

13. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;

14. O`zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudini saylash;

15. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini tayinlash va vazifasidan ozod etish;

16. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh Vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini, VazirlarMaxkamasi a’zolarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

17. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

18. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish;

19. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatishi xaqidagi farmonlarini tasdiqlash;

20. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulotda xolat joriy etish; uning muddatini uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

21.Xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya (barvaqt to‘xtatish) qilish;

22. Davlat mukofatlari va unvonlarini ta’sis etish;

23. Tumanlar, shaxarlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatishi, nomini o‘zgartirishi va ularning chegaralarini o‘zgartirish;

24. Ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarini amalga oshirish kiradi.

Bu vakolatlarni bajarish faqat sessiyalar ishi davrlaridagina emas, balki yuqorida qayd etilgan o‘ntadan iborat doimiy komissiyalar orqali amalga oshirilib boriladi.
O`zbekiston Davlat xokimiyatining oliy ijro etuvchi organi- bu Vazirlar Maxkamasidir. Uning tarkibini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni bir vaqtning o‘zida Vazirlar Maxkamasining Raisi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 98-moddastga binoan Vazrlar Maxkamasi:

  • iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy soxaning samarali faoliyatiga rahbarlikni;

  • qonunlar Oliy Majlisning boshqa qarorlari;

  • O`zbekiston Respblikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Maxkamsi amaldagi qonunlarga muvofiq O`zbekiston Respublikasi xududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O`zbekiston Respublikasi Vazrlar Maxkamasi quyidagi strukturaga ega.
Mamlakatni boshqarish tizimida funktsional, tarmoqlararo organlar, ya’ni Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, bojxona kabilar butun xalq xo‘jaligi miqyosida aniq boshqaruv funktsiyalarini malaga oshirishga da’vat etilgan.
Konstitutsiyamizning 106-moddasida sud xokimiyati xususida quyidagicha bayon qilingan:

O`zbekiston Respublikasida sud xokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlardan siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil xolda ish yuritadi.

Sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlaridan, ¡oraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shaxar sudi, tuman, shaxar va xo‘jalik sudlaridan iborat.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling