Samimiy xushmuomalalilik – bunday rahbar sofdil, ochiq ko‘ngil bo‘ladi, chin yurakdan gapiradi. qo‘l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo‘yib xizmat qiladi. Ular samimiylikning og‘ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma’naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki o‘zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo‘lishga odatlangan ekan, u pirovard natijada o‘zi-o‘ziga ham samimiy bo‘lolmay qolishni yahshi tushunishadi.
Donolarning aytishlaricha xushmuomalakning o‘nta belgisi bor. Ular quyidagilar: insof, aql, ilm, hilm(muloyim), oliyjanoblik, ko‘rkam fe’l, yaxshilik, sabr va muloyimlik.
Rahmdillik- bunday rahbar barchaga rahm- shavqtli bo‘ladi. Ular boshqalarni ko‘p narsada kechirishadi, ammo o‘zlarini esa hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi doimo odamlarga yordam qo‘lini cho‘zishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar.
Xushxulqlilik- bunday rahbar inson go‘zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulug‘likka olib borishni, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo‘lishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, ham o‘zi doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o‘ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi.
Kanoatlilik-bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya’ni nafs balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har kuyga solishini, nafsini tiygan hurmat- izzat topishini va bexavotir yashashni, qanoatning esa, izzatning asosi, o‘lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi.
Tamagirlik ham qanoatsizlikdan kelib chiqadi. Tamagir rahbar o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun turli qabihliklardan qaytmaydi, hechqanday gunohdan qo‘rqmaydi, yolg‘on gapirmay yurmaydi, yolg‘on so‘zni isbotlash uchun, yolg‘on qasamlar ichadi. Tama’si ko‘pning insofi oz, ochko‘z bo‘lur.
Do'stlaringiz bilan baham: |