Sxema. Xodimlarga sarflanadigan xarajatlarning taxminiy tarkibi.
Boshqarish uchun u yoki bu turdagi xarajatlarning aniq yo‘nalishini bilish o‘ta zarurdir. Shu nuo‘tai nazardan xodimlarni boshqarishda sarflanadigan xarajatlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1. Ish haqiga sarflanadigan xarajatlar:
¨to‘lovlar:
asosiy ish haqi;
mukofotlar;
ish vaqtidan tashqari ishlangan vaqt uchun to‘lovlar;
ko‘rsatilgan xizmatlari uchun to‘lovlar va hokazo
¨to‘g‘ri qo‘shimcha imtiyozlar:
nafaqalar
hayotni sug‘urta qilish;
ta’til uchun to‘lovlar;
tekin ovqatlanish va transport xarajatlari;
divident uchun ajratmalar va hokazo.
¨qonun bilan o‘rnatilgan xarajatlar:
milliy sug‘urta va nafaqa fondi uchun sarflar;
umumiy ta’lim uchun ajratmalar (stipendiyalar ko‘rinishida);
ishga yollovchi javobgarligini sug‘urtalash va hokazo.
2. Xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish uchun xarajatlar:
e’lon uchun xarajatlar;
reklama uchun to‘lovlar;
turli kuzatish va so‘rovlar uchun sarflar;
tibbiy tekshirishlar uchun xarajatlar va hokazo.
3. O‘qish uchun xarajatlar:
o‘quvchi va ustozlar uchun sarflar, ularning ish haqi;
o‘qitish dasturlarini qo‘llab-quvvatlashdagi sarflar;
o‘quv dastgohlari, materiallari va xonalari uchun to‘lovlar va boshqalar.
4. Yashash joyini o‘zgartirishda zarur bo‘lgan xarajatlarni qoplash:
yotoqxona uchun to‘lovlar;
bir joydan ikkinchi joyga kqchish uchun ketgan xarajatlar;
uy qurishi uchun yordam berish xarajatlari va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |