Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet150/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

3.7-rasm. Ichki marketing muhiti

Ichki muhitning ayrim omillari firmaning oliy rahbariyati tomonidan boshqarilsa, boshqalari marketing bqlimi tomonidan boshqariladi. Xususan, oliy rahbariyat firmaning maqsad va vazifalarini shakllantiradi, uning umumiy strategiyasi va siyosatini belgilab beradi. Marketing bqyicha boshqaruvchilar korxonaning maqsadlarini aniqlashtiradilar va muayyanlashtiradilar, marketing majmuini (tovar, narx, sotuv va rag’batlantirish) ishlab chiqadilar, oliy rahbariyat tomonidan belgilab berilgan maqsadlar bilan muvofiqlashtirilishi va amalga oshirish boshlanmasdan avval tasdiqlanishi lozim bqlgan marketing rejalarini bajaradilar va nazorat qiladilar.


Bundan tashqari, marketing bqyicha boshqaruvchilar firmaning boshqa bqlinmalari bilan hamkorlikda faoliyat yurtishilari lozim. Moliyaviy bqlim marketing rejalarini amalga oshirishni qqllab-quvvatlash uchun mablag’ izlab topish bilan shug’ullanadi. Tadqiqotlar va loyihalar bqlimi xavfsiz va jalb etuvchan tovarlarni tayyorlash uchun javob beradi. Moddiy-texnika ta’minoti bqlimi korxonani zarur resurslar bilan ta’minlaydi. Ishlab chiqarish bqlimi kerakli miqdorda va sifat talablariga javob beruvchi tovarlar chiqarish uchun javob beradi. Buxgalteriya korxonaning daromad va xarajatlari hisobini yuritadi hamda boshqaruvchilarning maqsadlarrga qanchalik muvaffaqiyatli erishayotganligini kqrsatadi. Marketing yondashuvi kontseptsiyasiga amal qilib, bu bqlinmalarning barchasi yaxlit bir bqlinma kabi fikr yuritishi, yuqori iste’mol qiymatiga ega va iste’molchilarni qondiruvchi tovar chiqarishni ta’minlashi lozim.
Marketing muhitiga nisbatan marketing bqlimining vazifasi ichki omillarni qattiq nazorat ostiga olish hamda o’z faoliyatini o’zgarib turuvchi tashqi omillarga maqsimal darajada moslashtirishdan iborat.
Marketing faoliyati korxonaning maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi. Korxonaning maqsadlari sifatida quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
investitsiyalarning qaytarib berilishi, o’zini qoplashi,
aktsiyadorlarning belgilangan foyda darajasi bilan ta’minlanishi;
korxonaning barqaror faoliyat kqrsatishi;
strategik istiqbollarning ta’minlanishi va hokazo.
Korxonaning maqsadlari belgilab olingach, marketing maqsadlari aniqlanadi. Ular quyidagilardan iborat bqlishi mumkin:
raqobatchilardan ustunlikka erishi (tovar, narx va servis bqyicha);
sotuv bqyicha maqsadlar (bozor ulushini egallab olish, sotuvning qsishini ta’minlash);
foyda bqyicha maqsadlar (qisqa muddatli va uzoq muddatli rejada).
Shundan sqng bozor omillari tahlil qilinadi, xususan:
bozordagi vaziyat;
iste’molchilar, raqobatchilar;
tovarlar.
Ularni tahlil qilish asosida rejalashtirish amalga oshiriladi. Rejalashtirishning asosiy elementlaridan biri marketing majmuini ishlab chiqish bqlib, u yuqorida qayd etilgan «marketing-miks» tizimini shakllantiruvchi va tqrt guruhga birlashtiriluvchi turli vositalardan iborat bqladi:
1. Tovar (product) – jumladan, nomenklatura va assorti­ment, texnik tavsifnoma, sifat darajasi, savdo markasi, tovar qrovi, dizayn, kafolat, sotuvdan keyingi xizmat kqrsatish.
2. Narx (price) - preyskurant, tovar bozoriga chiqish narx strate­giyasi, chegirmalar, savdo ustamasi, narx diskrimi­natsiyasi, kredit va tqlov shartlarini qamrab oladi.
3. Taqsimot (place) – sotuv kanallari, bozorni segmentlash, mintaqalar, bozor ulushi, sotuv nuqtalari va omborlarni joylashtirish, logistika.
4. Harakatlantirish (promotion) – sotuvni rag’batlantirish, rekla­ma, reklama vositalarini tanlash, tashviqot, shaxsiy sotuv.
Marketing majmui elementlari tavsifnomasini o’zgartirib, firma o’z faoliyatini tashqi muhit omillariga moslashtirib oladi va rqy beruvchi o’zgarishlarga o’z vaqtida javob qaytaradi. Marketing majmuini ishlab chiqishda shuni e’tiborga olish kerakki, uning ayrim tarkibiy qismlari (narx, ta’minot, rag’batlantirish xarajatlari) osonlik bilan o’zgartirilishi mumkin, ayrimlari uchun esa (nomenklatura, tovar markasi, sotuv kanallari) kqp vaqt talab qilinadi.



Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling