Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
Tovar diversiflkatsiyasi firmaning tovar siyosatida alohida o‘rin tutadi. Bu strategiya firma yangi sotuv bozorlariga taklif etishni rejalashtirayotgan, qo‘shimcha tovarlarni ishlab chiqarishni bosh-lagan paytda qo‘llanadi. Diversifikatsiya firma faoliyati barqarorli-gining o‘sishini ta’minlashning samarali vositasi sifatida xizmat qiladi. Diversifikatsiya yordamida firma yangi bozorlar uchun yangi tovarlarni taklif qilish tufayli oborotni qayta tiklash va foyda olishda yaxshi natijalarga erishishi mumkin, bu esa yakuniy hisobda tadbirkorlik tavakkalchiligini pasaytirish siyosatining samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.
Diversifikatsiyani amalga oshirishda tovar, bozorlar va ularning kombinatsiyasi o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Maqsadli bozor-larni egallash usullarini izlab topishda muqobil strategiyani aniq-lash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif qilingan ,,tovar-bozor" matritsasi qo‘llanadi. Unga ko‘ra firma ustunliklari o‘sishining manbalarini egallashning quyidagi to‘rtta asosiy stra-tegiyasi mavjud bo‘lishi mumkin: bozorga kirib borish, tovarning rivojlanishi, bozoming rivojlanishi va diversifikatsiya. Diversifikatsiya savdo va daromad hajmining strategik va joriy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqlarni yo‘qotishga ko‘maklashadi. Bunga mavjud bozorlarga yangi tovarlarni olib kirish yordamida erishiladi hamda strategik ,,luk" turlaridan birini berkitishni va korxonaning raqobatchilik muhitidagi barqaror holatini ta’min-laydi. Tovar diversifikatsiyasi biznes-kommunikatsiya tarmoqlari yetarlicha rivojlangan, yangi tovarlar va yangi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha ishbilarmonlik qobiliyatlari va zarur salo-hiyatga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Diversifikatsiyaning uch turi mavjud: gorizontal, vertikal va markazlashtirilgan. Gorizontal diversifikatsiya mavjud tovarlarga ishlab chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga ko‘ra juda yaqin bo‘lgan tovar ishlab chiqarishni, mavjud xomashyo va materiallar, kor-xona personali, bozordagi aloqa kanallaridan foydalanish mum-kinligini anglatadi. Vertikal diversifikatsiya ishlab chiqarilayotgan tovarlarni sotish yo‘nalishida hamda firma hozirgi paytda ishlab chiqarayotgan to-varlarning tarkibiy qismi bo‘lgan xomashyo va ishlab chiqarish vositalarini sotish yo‘nalishida tovar dasturini chuqurlashtirishni anglatadi. Masalan, go‘sht mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan do‘kon qoramol boqish va seleksiyachilikni qo‘llab-quvvatlaydi; kompyuter ishlab chiqaruvchi firma televizion priyomniklar uchun sun’iy yo‘ldosh antennalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Markazlashtirilgan diversifikatsiya korxona uchun mutlaqo yangi bo‘lgan hamda firma hozirgi paytda ishlab chiqarayotgan mahsulotga hech qanday texnik va tijorat aloqasi bo‘lmagan yangi tovarlar ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Masalan, avtomobil korxonasini maishiy elektr uskunalari ishlab chiqaruvchi yirik korxona egasi sotib oladi; yirik po‘lat quyish korxonasini kompyuter texnikasi ishlab chiqaruvchi zavod sotib oladi. Amaliyotda diversifikatsiya mahsulotni rivojlantirishdan tash-qari, litsenziyalar, korxonalarni sotib olish, kooperatsiya (masalan, qo‘shma korxonalar tuzish) yordamida amalga oshiriladi. Biroq ko‘pincha, mutlaqo yangi tovar ishlab chiqilayotganda diversifikatsiyaning tovarni rivojlantirish, ishlab chiqish kabi usuli foydalanish mumkin bo‘lgan yagona usul hisoblanadi. Bu raqobatchilar oldida ustunlikka erishish yoki ulardan ilgarilab ketish maqsadi qo‘yilganda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tovarlar guruxi va turkumlanishi Marketing operatsiyalarining predmeti tovar va xizmatlardir. Ular marketing orqali sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsulidir. Marketingda tovar birinchi navbatda ma’lum ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan «vosita» sifatida, keyin esa sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli sifatida o‘rganiladi. Marketing tovarlarni eng avvalo ikki guruhga bo‘lib o‘rganadi: Yakka tartibda foydalaniladigan tovarlar. Ishlab chiqarishga oid tovarlar. Yakka tartibda foydalaniladigan tovarlarni esa o‘z navbatida quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - uzoq foydalaniladigan tovarlar, masalan: muzlatgich, televizor, avtomobil va boshqalar. - qisqa muddatlarda foydalaniladigan tovarlar. Masalan: oziq-ovqat, pardoz buyumlari va boshqalar. - turli xizmatlar. - Eksklyuziv xilli tovarlar: agar biror xil tovar sotuvda bo‘lmasa, xaridor uning paydo bo‘lishini kutadi, agar bunday tovarni topolmasa, boshqasini umuman sotib olmaydi. Eng ko‘p manzur bo‘ladigan ishlab chiqarishga oid tovarlar quyidagi xillarga bo‘linadi: Biotibbiyot uskunalari; Kompyuterlar va periferik qurilmalar; EHM dastur ta’minoti; Qurilmalarni sinab ko‘rish uchun elektron uskunalar va qurilmalarning o‘zi; Poligrafiya texnikasi; Radioelektronika apparati tarkibiy qismlari; Yuqori aniqlikdagi metallni qayta ishlash uskunalari; Oziq-ovqat mahsulotlari uchun uskunalar; Qadoqlash mashinalari; 10. Texnologik havo va suyuqlikni tozalaydigan qurilmalar; 11. Atrof-muhitni himoyalash uchun uskunalar; 12. Laboratoriya uskunalari; 13. Aloqa apparatlari; 14. Qurilish materiallari; 15. Qurilish uskunalari; 16. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling