Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Buyumning kam-ko‘stini to‘ldirish


Download 2.21 Mb.
bet172/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

Buyumning kam-ko‘stini to‘ldirish
Test natijasida olingan ma’lumotlar buyumning muvaffaqiyatsiz chiqib qolgan xususiyatlarini o‘zgartirish va pirovardida uni ma’lum bir bozorga moslashtirish uchun kerak bo‘ladi. Javob olinishi kerak bo‘lgan savollar quyidagilar:
- Tovarlarning tashqi ko‘rinishi xaridorga yoqdimi?
- O‘rami o‘z rolini bajaradimi?
- Tovarning nomi to‘g‘ri tanlanganmi?
- Tovar do‘konda mavjud bo‘lgan shunday tovarlarning orasida ajralib turibdimi?
- Reklamani tarqatish uchun ommaviy kommunikatsiyaning qanday vositalarini tanlash kerak?


Tovarning raqobatbardoshligi
Har bir xaridor o‘ziga yoqqan tovarni sotib oladi, sotuvchilar esa raqiblar tovariga nisbatan ko‘proq ijtimoiy ehtiyojlarga mos keluvchilarini tanlashadi. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog‘liqdir.
Xaridorlarning tovar va xizmatlar sotib olishlari uchun qilgan sarf-xarajatlari ikki qismdan iborat. Birinchisi, tovarga to‘langan baho va uni topish uchun ketgan vaqt va ishlatish xarajatlaridir. Ularning hammasi jamiyat uchun iste’mol xarajatlarini, ya’ni bahosini tashkil etadi. Iste’mol bahosi tovarning xarid qilib olish narxidan ancha ko‘p. Masalan: yuk mashinasining xarid narxi umumiy iste’mol bahosining 15 foizini, samolyotniki 11 foizini, sovitgichniki 10 foizini, traktorniki 19 foizini tashkil etadi. Shu sababli tovarlar ichida eng raqobatbardoshi bo‘lib, boshlang‘ich bahosi pasti emas, balki iste’molchi qo‘lida ishlatilishi qulayligi, kam sarfligi va umumiy xarajati kamroqligi bilan farqlanadigani hisoblanadi.
Xaridorlar tovarlarni taqqoslashda, qaysinisini ishlatish samaradorligi (R) sotib olish xarajatlariga (S) nisbatan yuqori bo‘lsa, o‘sha tovarni ko‘proq tanlashadi. Demak, tovarni raqobatbardoshligi (K) umumiy ko‘rinishda K=R/S bo‘ladi. Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- bozorni tahlil qilib, korxonada ishlab chiqarilayotgan tovarga o‘xshash tovar namunasini topib olish;
- korxonada ishlab chiqarilayotgan tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‘rsatkichlarni belgilash;
- korxonada ishlab chiqarilayotgan tovardagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling