Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet170/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

4. Yangi tovar tushunchasi
Yangi tovar kontseptsiyasini qanday ishlab chiqish va amalga oshirish kerak?
Hozirgi kunda yangi tovarlarni yaratish va ishlab chiqarish firmalarning gullab-yashnashi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi.Tijoriy yutuqqa ega bo‘lgan tovarni yaratish uchun o‘rtacha 60 ga yaqin yangi g‘oyalarni o‘rganib chiqish zarur. Shundagina bozorning kelajakdagi talablariga to‘laroq javob beradigan yagona tovarni yaratsa bo‘ladi.




12-rasm. Yangi tovar yaratishning ketma-ket bosqichlari.

Yangi tovar o‘zi bozorga kiradigan paytga kelib yuzaga chiqadigan xaridorlarda shakllanadigan ehtiyojlarga so‘zsiz javob berishi kerak.


Bozorga yangi tovar tayyorlash va ishlab chiqarishda ikkita talabni hisobga olish lozim bo‘ladi:
1. Yangi ehtiyojlarni oldindan aytib berish va imkoniyatga qarab shakllantirish.
2. G‘oyani ko‘tarib chiqish va tovarning ilk nusxalarini sotish o‘rtasidagi muhlatni iloji boricha qisqartirish.


Eng istiqbolli g‘oyani ko‘tarib chiqish va tanlash.
Bu jarayonning texnologiyasi ehtiyoj va ularni qondirishga, tovarlarnin konstruktiv xususiyatlariga va boshqalarga taalluqli iloji boricha ko‘proq g‘oyalarni ko‘tarib chiqishdan boshlanadi. Korxonalarning barcha xodimlarini mavjud tovarlarni yaxshilash va ayniqsa yangi buyumlar yaratishga bog‘liq yangi g‘oyalarni ko‘tarib chiqish uchun rag‘batlantirish zarur.
Ekspertlarning tuzilgan guruhlarida ish tashkil etish.
Yangi tovar yaratish yoki yangi g‘oyalarni qidirib topish uchun aqliy hujum usuli bo‘yicha ekspertlar guruhi tashkil etiladi.
Bu etakchi (aqliy hujumni tashkil etish bo‘yicha mutaxassis) boshchiligida 8-12 nafar bir-biridan mustaqil ekspertlar to‘planadi. 2-3 soat mobaynida iloji boricha ko‘proq yangi g‘oyalarni jamlash kerak bo‘ladi.
Mezonlar ro‘yxati bo‘yicha g‘oyalarni baholash va solishtirish.
Eng istiqbolli g‘oyalar tanlab olinganidan so‘ng quyidagi masalalar o‘rganiladi:
- foyda olish mumkinligi;
- mavjud va ehtimoli bor raqiblar;
- bozorning sig‘imi;
- kerakli sarmoyalar darajasi;
- patent himoyasi darajasi;
- muammoning konstruktorlik va texnologik echimi ehtimoli;
- tajriba o‘tkazish bosqichidagi ko‘zda tutilgan xarajatlar va yangi ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjudini modernizatsiya qilishda kerak bo‘ladigan sarmoyalar;
- ish bosqichlarini tugallash muddatlari;
- texnik, moliyaviy, kadrlar va boshqa xarakterda bo‘lishi mumkin qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari;

- raqobatbardosh narxlar bo‘yicha ishlab chiqarishning mumkinligi;
- tovarga talabgor bo‘lgan tashqi va ichki bozorning segmentlari;
- yangi tovar mazkur loyihasining o‘zini oqlashi darajasi va muddati.
Barcha ilgari surilgan g‘oyalarni o‘zaro solishtirish tovarlarning raqobatbardoshligini baholashda bo‘lgani kabi yuqorida tilga olingan mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ijobiy natijalarga erishilganda tegishli loyihani amalga oshirishga qaror qabul qilinadi.
Yangi tovarlar yaratish uchun maqsadli guruhlar tuzish. Yangi tovarlar yaratish uchun bir necha xodimlardan tashkil topadigan «Maqsadli guruhlar» usuli muvaffaqiyatli qo‘llaniladi, bunga korxanining vazifalarni bajaruvchi bo‘limlarining mutaxassislari jalb etiladi. Guruh rahbari-yaxshi tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan va mazkur texnik sohada so‘zsiz yirik mutaxassis bo‘lgan kishilardan bo‘lishi kerak.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling