Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Voyaga etish bosqichi
2. O‘sish bosqichi - mahsulotni keng miqyosda seriyali ishlab chiqarishning boshlanganligi tufayli ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq bandligi yoki etishmasligi bilan xarakterlanadi.
Etuklik bosqichiga kelib tovar ancha qayta ishlangan va mukammallashtirilganligi tufayli uning sifati juda yuqori. Tovar takomillashtirishi sifat va funktsional farqiga ega, ya’ni bu turli mahsulot sotuvda turli shakllarda chiqariladi. Bahorda bu tovar ommaviy sotiladi, ammo raqobatchi tovarlar qolgan, baholar ancha yuqori bo‘lib turgan bo‘lsada, ular darajasi bozorga kirish bosqichidagidan ancha past. Tashkilot bu davrda tez o‘sib boruvchi va bosqich oxirida o‘zining maksimal ma’nosiga ega bo‘luvchi foyda ola boshlaydi. Bunday foyda olishning boshlanishini marketologlar o‘sish bosqichiga o‘tish deb qabul qiladilar. Iste’molchi turi ko‘payadi. Bozorda tovar obro‘si osha boshlaydi. Iste’molchilar tovarni turli miqyosda, turli sifatlisini sotib oladilar. Tovar taqsimoti ommoviy sotuv kanallari orqali amalga oshirilada. Reklama xarajatlari juda yuqori, ammo hayot tsiklining birinchi bosqichiga qaraganda sotish hajmining juda kam qismini qamrab oladi. Endi reklama informatsion xarakterda emas, balki agressiv xarakterga ega bo‘ladi: Tovar xususiyatlarini reklama qilish endi raqobatchilarga ham foyda keltiradi, shu sababdan ham tashkilot xaridorni aynan o‘z tovari zo‘rligiga ishontirishga harakat qiladi, bunda u aholi diqqatini o‘zining bozorda liderligi, tovar markasi, alohida raqobatchi ustunliklari orqali jalb qiladi. Bu bosqichda marketing vazifalari: Tovarni zamonaviylashtirish va qisman mukammallashtirish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatdan qochish; aynan o‘z tishkiloti tovarining agresiv reklamasi samaradorligini ta’minlaydi; tovarni ommoviy sotish bo‘yicha keng sotuv tarmoqlaridan foydalanish: 3. Voyaga etish bosqichi - ishlab chiqarish quvvatining keragidan ortiq bilan va stabil, to‘la ko‘rib chiqilgan texnologiyalar ishlatilishi bilan bog‘liq. Tovar katta partiyalarda chiqariladi. Assortimentni kengaytirish bo‘yicha xarajatlar ancha yuqori. Tovar yuqori sifati bilan ajralib turadi hamda uning xarakteristikasida o‘zgarishlar odatdagidek yo‘q. Iste’molchilar talabini qondirish maqsadida tishkilot mahsulotning keng miqyosdagi turlari va modifikatsiyalarini taklif etadi. Maksimumga erishguncha-sotuvchining sekin va doimiy o‘sishi kuzatiladi. Tovarga bo‘lgan talab ommaviy va standart xarakter kasb etadi, ommoviy bozorni to‘yinishi kuzatiladi, shu tovarning qayta va ko‘plab sotib olinishi kuzatiladi. Xaridor tovarning bir necha xil maxsus markalaridan keng miqyosda tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. TXTsning bu bosqichida marketingning asosiy vazifasi TXTsni imkon boricha uzaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishdan iborat: bozorning chuqur segmentatsiyalanishi hamda yangi bozorning egallanishi, xususan eksport bozorlarining; mahsulot assortimentini ko‘paytirish; raqobatdosh reklamalar chiqarish; tovarni sotib olayotan xaridorlarni yanada ko‘proq sotib olishga undash va ishontirish; tovarni yanada turli shakllarda ishlatish yo‘llarini izlash; yangi iste’molchilar guruhini jalb qilish hisobiga bozorni kengaytirish; Voyaga etish bosqichining oxirida bozorning ushbu tovardan to‘yinish bosqichi kuzatiladi. Sotuv hajmi va foyda kamayadi. Asosiy talab faqat konservator xaridorlardan bo‘lib, novatorlar yangi o‘rinbosar tovar izlayotgan bo‘ladi. Tashkilotlar mahsulotni yanada takomillashtirish va uni ishlatish bo‘yichi yangi sohalarni izlashga harakat qiladilar. Tadbirkorlik faoliyati natijalariga konyuktura ta’siri kuchayadi. Baholar nostabil, talab esa oshganda yuqori elastikligi bilan va kamayganda past elastikligi bilan ajralib turadi. Raqobat tirik qolish uchun olib boriladi. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling