Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Tovarni xarid qilishning to‘la qiymati
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
Tovarni xarid qilishning to‘la qiymati. Ilgari aytib o‘tilganidek, xaridorning asl xarajatlari faqat to‘langan narx emas, balki ayir-boshlash shartlari bilan ham belgilanadi. Bu xarajatlar egalik hu-quqining o‘tishidagi muayyan jarayonni: to‘lov tartibi, yetkazib berish shartlari va muddatlari, sotishdan keyingi xizmat ko‘r-satish va hokazolarni to‘lig‘icha qamrab oladi. Ba’zi hollarda, ma-salan, agar sotuvchi boshqa mintaqada boisa, xaridor narxlarni taqqoslash, muzokaralar olib borish va bitimni imzolash jarayo-nida katta mablag‘larni sarflaydi. Xuddi shunga o‘xshab, agar xaridorning texnik talablari muayyan ishlab chiqaruvchiga moi-jallangan bo‘lsa va u shu paytda yetkazib beruvchilarni almashtir-sa, o‘tish xarajatlari uning uchun katta bo‘lishi mumkin. O‘tish xarajatlarining asosiy manbalari quyidagilardir:
ishlab chiqarilayotgan tovarlarni yangi yetkazib beruvchining mahsulotiga moslashtirish maqsadida yangilash xarajatlari; tovarni iste’mol qilish yoki undan foydalanish odatlaridagi o‘zgarishlar; foydalanuvchilarni o‘qitish yoki qayta tayyorlash xarajatlari; yangi tovarlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yangi asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiyalar; qayta tashkil qilish va o‘zgarishlar bilan bog‘liq ruhiy muammolarga ketadigan xarajatlar. O‘tish xarajatlari mavjud bo‘lganda xaridor uchun aniq qiy-mat tovarning sotuv narxidan bir necha baravar yuqori bo‘ladi, Shunday qilib, xaridorning nuqtayi nazaridan qaraganda, narx tushunchasi nominal baho doirasidan chetga chiqib, xaridor oladigan barcha foydalarni va uning barcha xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun xaridorning narxga sezgirlik darajasida monetar narx bilan bir qatorda barcha ko‘rsatib o‘tilgan foyda va xarajatlar hisobga olinishi lozim. Narx bo‘yicha strategik qarorlarning muhimligi quyidagilardan iborat: o‘rnatilgan narx-talabning darajasi va sotuvning hajmini aniqlaydi. Juda yuqori yoki past narx tovarning muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin; sotuv narxi butun ish faoliyatining rentabelligini aniqlaydi, faqatgina foydaning darajasini emas, balki uning sotuv hajmi orqali aniqlaydi. Narxning ma’lum bir darajada o‘zgarishi rentabellikka katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin; sotuv narxi umumiy qabul qilinishiga yoki markasiga ta’sir etadi va potensial sotib oluvchilarning ko‘z oldida markaning imijini tashkil etuvchilardan biri hisoblanadi; narx markaning boshqa komponentlariga qaraganda bu raqobatli tovarlar va markalarni taqqoslash uchun qulay asos hisoblanadi. Narxning ozgina o‘zgarishi bozor orqali tezgina seziladi va bu holat bozorning muvozanatini buzishi mumkin. Narx bu raqobat sirlarining o‘zaro bog‘lanishida asosiy nuqta hisoblanadi. Narx strategiyasi marketing strategiyasi tashkil etuvchilari bilan o‘zaro bogiiq bo‘lishi kerak. Narxning ichida tovar pozitsiyasini mustahkamlaydigan tovarni qadoqlash, rivojlanishi-va reklama xarajatlari bo‘lishi shart. Har bir firmaning maqsadi shuki, u o‘zining rentabelligini ta’minlash va foydaning katta hajmda kelishiga qaratiladi. Bu keng maqsadlar turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling